“Huawei”ning biznes-sinfdagi keng polosali mobil aloqalar uchun yechimi “China Unicom”ga uning “Wo MBB Acceleration” yangi xizmatini taraqqiy ettirishiga hissa qo’shmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei”ning biznes-sinfdagi keng polosali mobil aloqalar uchun yechimi “China Unicom”ga uning “Wo MBB Acceleration” yangi xizmatini taraqqiy ettirishiga hissa qo’shmoqda

2020.08.04

[Shijiajuang, Xitoy, 18 iyun 2020 yil] “China Unicom” (Xebey) kompaniyasi “Wo MBB Acceleration” xizmatini ishga tushirdi, bu foydalanuvchilarga kafolatlangan yuqori tezlik va ma’lumotlarning kechikib uzatilishi holatlari past bo’lgan aloqani taqdim etadi. Bu “Huawei”ning biznes-sinfdagi mobil keng polosali (MBB) tarmoqlar yechimining dunyoda ilk bor tijorat asosidagi joriy etilayotgan loyihasidir.

“Wo MBB Acceleration” - bu “China Unicom” (Xebey) kompaniyasining biznes-sinfdagi MBB yechimiga asoslangan “Huawei” bilan birgalikda yaratilgan eng so'nggi ishlanma. 5G texnologiyalari va intellektual yechimlarni 4G tarmog'iga o’rnatilganligi ushbu xizmatning 5G tarmoqlari tomonidan taklif qilingan - 5G foydalanuvchilar uchun vaqtincha mavjud bo'lmaganda ham yuqori tezlik va ma’lumot uzatilishida kechikishlar vaqti kam bo’lishi kabi interfaol tajribani kafolatlaydi. Ushbu xizmat operatorlarga biznes jarayonlarini o'zgartirishga va qo'shimcha daromad olishga yordam beradigan foydalanuvchilarga yo’naltirilgan aniq operatsiyalarni va xizmat ko'rsatishning differentsial siyosatini qo'llab-quvvatlaydi.

“Wo MBB Acceleration” ishga tushirilishi hamda “China Unicom” (Xebey) va “Huawei” o'rtasidagi IPTV sohasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolanishi marosimi
“Wo MBB Acceleration” ishga tushirilishi hamda “China Unicom” (Xebey) va “Huawei” o'rtasidagi IPTV sohasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolanishi marosimi

“China Unicom” (Xebey) biznes-operatsiyalarni transformatsiya qilish – unumdorlikning asosiy ko’rsatkichlariga (KPI) asoslangan tarmoq modellaridan tortib, sifatning asosiy ko'rsatkichlariga (KQI) asoslangan buyurtmachilarga yo'naltirilgan modellarga qadar bo’lgan imkoniyatlarini o'rganib chiqdi. Kompaniyaning (“Huawei” bilan hamkorlikda) so'nggi yutug'i biznes-sinfdagi MBB yechimiga asoslangan yangi “Wo MBB Acceleration” xizmatidir.

Unga “China Unicom”ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markazlarida (Xebey) hamda “WeChat” rasmiy ilovasi va akkaunti orqali ulanish mumkin.

Yangi xizmat yordamida foydalanuvchilar videolarni uzluksiz HD formatida tomosha qilish hamda mobil qurilmalarda yuqori tezlikda o'yin o’ynashni ta'minlash uchun aloqa sifatini birgina tugmaga bosish orqali yaxshilashi mumkin. Hatto katta bosim ostida ishlayotgan zich tarmoq muhitida ham, masalan katta kontsert o'tkazish joyida, aloqaga to’siqsiz kirish imkoniyati saqlanib qoladi. Xizmat, shuningdek, operatorga foydalanuvchi bazasini kengaytirish va daromadlarni ko'paytirish uchun maqsadli marketingning yangi vositasini taqdim etadi, shu bilan bir qatorda, biznes-operatsiyalarning trafikni monetizatsiya qilishdan sifat monetizatsiyasiga o'tishi amalga oshiriladi.

  •  Tugmaga birgina bosish orqali dinamik tezlikni oshirish
    • “Huawei SmartCare® SOC” platformasi asosidagi biznes-sinfdagi MBB yechimi operatorlarga o'zaro aloqalarni ko'rib chiqish, tarmoqni boshqarish va xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadi.

Biznes-sinfdagi MBB yechimida MBB xizmatlarini taqdim etish tezligini oshirish va maqsadli foydalanuvchilar bilan muloqot sifatini yaxshilashga ko’maklashuvchi dinamik imtiyozli kanallar va ustuvor simsiz interfeyslarni rejalashtirishdan foydalaniladi. Shu o’rinda, ma'lumotlarni uzatishning yuqori tezligi va uzatishdagi kechikishlarning ko’rsatkichi pasayishi kafolatlanadi.

  • 4G tarmoqlari uchun 5G-aloqa sifati

5G texnologiyasi ma'lumotlarni uzatish tezligining keskin o'sishiga, ekspluatatsiya qilishda ishonchlilikni oshirish va ma’lumotlar uzatilishida kechikish vaqtining pasayishiga turtki bo'ldi. Biznes sinfdagi MBB yechimi 4G iste'molchilariga 5G darajasidagi aloqa sifatini ta'minlaydi.

  • Foydalanuvchilar bazasining tez sur’atlarda o'sishi

Maqsadli marketing uchun “Huawei”ning “SmartCare” tizimidan foydalangan holda biznes-sinfdagi MBB yechimi ekspluatatsiya va texnik xizmatni optimallashtirish, o'zaro aloqani vizuallashtirish hamda maqsadli marketing faoliyatini real vaqtda amalga oshirish imkonini yaratadi. Operatorlar maqsadli mijozlarga eng maqbul xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Hozirgi kunda telekommunikatsiya operatorlari turli xil xizmatlarni taqdim etish bilan bog'liq ko'plab muammolarga duch kelmoqda, bozor esa bu orada, bir-biridan farq qilmaydigan mahsulotlar bilan to'lib toshgan. Operatorlar “Huawei”ning biznes-sinfdagi MBB yechimi yordamida differentsial aloqalar asosida tegishli xizmatlarni taqdim etishlari mumkin. Bu segmentlangan bozorlarda mijozlar bilan ishlash tajribasini yaxshilashga ko’maklashadi va 5G davridagi sanoat korxonalarida xizmat ko'rsatish uchun mustahkam asos yaratadi.

"Biz “Huawei” bilan 5G davrida foydalanuvchilarning turli xil ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli 5G tarmoqlarini qurish va ular asosida yangi xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz", - deb ma’lum qildi “China Unicom”(Xebey) bosh direktorining o'rinbosari Xu Lexin.

Xu Lexin xizmatning ishga tushirilishi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda nutq so'zlamoqda 
Xu Lexin xizmatning ishga tushirilishi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda nutq so'zlamoqda 

“Huawei”ning xizmat ko'rsatish sifati va tizimli integratsiya bo'yicha maslahatlashuv boshqarmasi direktori Liang Shiming: “5G paydo bo'lishi bilan operatorlar aloqa sifatini yaxshilash uchun ko'p qirrali imkoniyatlarni faol ravishda ishga tushirishni boshladi. “Huawei”ning biznes-sinfdagi MBB yechimi operatorlarga tegishli xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlar bilan o’zaro aloqalarni turli xil yo’nalishlarda davom ettirishga yordam beradi. Bu yangi 5G davrida biznesni isloh etish va sifat monetizatsiyasiga hissa qo’shadi".

Qolaversa, “China Unicom” (Xebey) kompaniyasi “Huawei” bilan hamkorlikda onlayn- va oflayn-operatsiyalarni birlashtirish uchun tegishli IPTV-videoning qo'shimcha xizmatlarini ishga tushirdi. Bu video translyatsiyalarning butunlay yangicha sifatini ta'minlab, biznes dunyosida brendning obro'sini oshiradi. “China Unicom” (Xebey) va “Huawei” bundan buyon ham bir-birlarining tajribalarini o'rganishda hamda “Wo MBB Acceleration” va video xizmatlarini ilgari surish bo'yicha qo’shma faoliyatni chuqurlashtirishda davom etadilar.