Birgalikda intellektual dunyoni barpo etish yo’lida: “China Unicom”ning Pekin bo’linmasi va “Huawei” kompaniyasi “5G Capital” innovatsion loyihasidagi yutuqlari bilan o’rtoqlashmoqda
Shanxay, Xitoy, 16 noyabr 2020 yil – “Huawei” va “China Unicom”ning Pekindagi bo’linmasining “5G Capital” innovatsion loyihasiga bag'ishlangan matbuot anjumanida kompaniyalar vakillari "Birgalikda intellektual dunyoni barpo etish yo’lida" (Birgalikda - Aqlliroq) shiori ostida erishgan yutuqlari haqida so'zlab berishdi. Tadbirda, shu bilan birga, kompaniyalar sanoatdagi sheriklari “Yitong Century” va “Tencent Games” bilan hamkorlikda “E2E” tarmoq imkoniyatlarini va o'zaro manfaatli ekotizimni yaratishga qaratilgan “5G Capital Cube” loyihasi ishga tushirlganligi haqida e'lon qildilar.
“China Unicom”ning Pekin bo’linmasi Bosh direktorining o'rinbosari janob Yan Lifan, “China Unicom” Pekin bo’linmasi Bosh direktori o'rinbosari janob Van Chuanbao, “Huawei”ning 5G mahsulotlar liniyasining prezidenti janob Richi Pen, EASTONE CREATIVE Bosh direktori o’rinbosari va texnik direktori janob Lyu Vey, “Tencent Games”ning bulutli o'yinlar texnologiyalarini ishlab chiqish guruhi rahbari janob Fu Yabin “5G Capital” loyihasi bo'yicha asosiy ma'ruzalar bilan chiqish qildilar.
“China Unicom”ning 5G tarmog'ini o’zaro barpo etish va ekspluatatsiya qilish bo'yicha ishchi guruh direktori janob Myao Shoue, “China Unicom” tadqiqot instituti direktori o'rinbosari Chi Yunshen, “China Unicom” tarmoq texnologiyalari tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi janob Tan Syunyan, “Huawei”ning DIS mahsulotlari yo’nalishi prezidenti janob Chen Chuanfey va Xitoy aloqa operatorlarining simsiz tarmoqlari, bulutli ustun tarmoqlari marketing va “Huawei” yechimlarini sotish departamenti direktori janob Chjou I “5G Capital Cube” loyihasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
Intellektual dunyoni birgalikda barpo etish yo’lida
Pekin Xitoyning poytaxti o’laroq, muhim siyosiy maqomga ega va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish sifatiga, ekologik standartlar va tarmoqlar ishonchliligiga yuqori talablarni qo'yadi. “China Unicom”ning Pekindagi bo’linmasi asosiy funksional imkoniyatlarni yaratishga va tarmoqlarning keng ko’lamini qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratadi. 2018 yilda Xitoyning birinchi 5G baza stantsiyasini Xaydyan tumanida joylashtirilishidan boshlab, shu yil tarmoqlar slaysingini boshqarish 5G-platformasini rasmiy ishga tushirilishigacha kompaniya har bir bosqichda innovatsiyalarni joriy etish uchun samarali faoliyat yuritmoqda. “China Unicom” Pekin bo’linmasi mutaxassislari 5G sohasida davom etayotgan taraqqiyotni kuzatib borib, texnologiyani chuqurroq anglab yetmoqda.
Matbuot anjuman davomida “China Unicom” Pekin bo’linmasi Bosh direktorining o'rinbosari janob Yan Lifan shunday dedi: "Biz bosib o'tgan yo'limizga nazar tashlasak, taraqqiyot, innovatsiyalar va ilm-fan ruhiga sodiq ekanligimiz ayon bo’ladi. Biz biznes, ishlov berish va sifat sohalarida mukammallikka erishish uchun tarmoqlar, texnologiyalar va platformalar asosida birlamchi funksional imkoniyatlarni yaratamiz. Qolaversa, kompaniyaning ichki faoliyati doirasida biz doimo texnik xizmat ko'rsatish, optimallashtirish va o’zaro foydalanish jarayonlariga doimiy ravishda e'tibor qaratib kelmoqdamiz. Uskunalarni yetkazib beruvchilar va sanoat sheriklarimiz bilan birgalikda eng yuqori sifatli 5G xizmatlarini taqdim etish uchun kompleks E2E tarmoq imkoniyatlarini va o'zaro manfaatli ekotizimni yaratdik".
“China Unicom” Pekin bo’linmasi Tarmoqlar departamenti Bosh direktori o'rinbosari janob Yan Pen, “China Unicom” Pekin bo’linmasi Tarmoqlarni optimallashtirish va 5G innovatsiyalar markazi Bosh direktori o’rinbosari janob Syao Juy, “China Unicom” Pekin bo’linmasi Raqamlashtirish bo'limining Bosh direktori o'rinbosari janob Syuy Juy “China Unicom” Pekin bo’linmasining asosiy 5G funksional imkoniyatlarini yaratish tamoyillarini tarmoq, texnologiyalar va platforma nuqtai nazaridan tushuntirib berdilar. “5G Capital” uchun ushbu tarmoq imkoniyatlarini va operatsion platformani namoyish etish joylari etib poytaxtning Ijro san'atlari milliy markazi, Pekin moliyaviy ko'chasi va Pekin shaharlararo telefon aloqalari byurosi kabi diqqatga sazovor hududlari tanlandi. Sanoatdagi sheriklar tomonidan tarmoq imkoniyatlari va platformasi nuqtai nazaridan turli xil biznes yo'nalishlarini rivojlantirish tamoyillari, masalan, intellektual qurilish maydonlari, video, bulutli o'yinlar sig’imini kichraytirish texnologiyalari batafsil tushuntirib o’tildi.
“5G Capital Cube” ishga tushirilishi marosimi
“5G texnologiyasi jamiyatni o'zgartirmoqda va yangi korxonalar tarmoq xizmatlariga tobora katta talablar qo'ymoqda. Tarmoqlarning o'zi mahsulot hisoblanmaydi. Foydalanuvchilarga qo’llanilishi qulay bo’lgan xizmatlarni taqdim etish masalasini hal qilish uchun biz sanoat ekotizimining rivojlanishiga hissa qo’shib, uning doirasida hamkorlikni rivojlantirishimiz zarur. Xususan, biz birgina tugmani bosish orqali joylashtirilishi mumkin bo'lgan tarmoqlarni ishlab chiqishimiz, ekotizim doirasida kengqamrovli hamkorlikni, bozorda keng ko'lamli faoliyatni ta'minlashimiz, kompleks boshqarish xizmatlarini va yangi ekotizimda turli sohalardagi kompaniyalarni birlashtirish uchun yagona AKT tizimini ishlab chiqishimiz kerak bo’ladi", deydi “China Unicom” Pekin bo’linmasi Bosh direktori o'rinbosari janob Van Chuanbao. "Soha vakillari bilan hamkorlikda biz kengtarmoqli intellektual xizmatlarni taqdim etish uchun platformalar, texnologiyalar va tarmoqlarga e'tiborimizni qaratishda davom etamiz".
“5G Capital” va hamkorlikdagi innovatsiyalar
2020 yil 5G tarmoqlarini qo’llashda birinchi yil bo'ldi va ularning asosiy ko'rsatkichi sifat bo’ldi. Pekindagi minglab uy xo'jaliklari va korxonalarda 5Gni joriy etish asosiy vazifa bo’lib qoldi. So'nggi olti oy ichida “China Unicom”ning Pekin bo’linmasi va “Huawei” qo'shma “5G Capital” innovatsion loyihasini (6 ta innovatsion yechim + 4 ta intellektual xizmatning monetizatsiyasi + 2 ta demo-loyiha) amalga oshirish orqali ilg’or 5G tarmog'ini barpo etdilar. Shuningdek, kompaniyalar sheriklarni Pekindagi 5G sanoatiga mustahkam poydevor qo'yish uchun qo’llash stsenariylarini ishlab chiqish va joriy etishga qo'shilishga taklif qildilar. Bu E2Ening 5G modelini ilovalardan terminallarga, tarmoqlar va korxonalarga qadar takomillashtirishga yordam berdi va Pekinni 5G texnologiyalarini joriy etishda xalqaro namunaga aylantirdi.
Foydalanuvchilar tajribasiga kelsak, ikkala kompaniya ham Pekin moliyaviy ko'chasi, Pekin Shoudu va Pekin Dasin Xalqaro aeroportlari kabi yirik shahar majmualarida 5G aloqasining misli ko'rilmagan imkoniyatlarini namoyish qilib kelmoqda. Qolaversa, kompaniyalar sanoatdagi sheriklari bilan birgalikda intellektual talabalar shaharchalari, intellektual qurilish maydonlari, intellektual sog'liqni saqlash, intellektual inshootlar va intellektual ta'lim kabi tarmoqlarda qo’llanish stsenariylari ko’lamini kengaytirish ustida faoliyat yuritdilar. Innovatsiyalar nuqtai nazaridan, kompaniyalar bu yil ichki va tashqi tarmoq ulanishlari uchun gigabit tezligini ta'minlab, birlashgan bulutli platforma va E2E-slaysing texnologiyasi bilan sanoat stsenariylarini ilgari surdilar. “Downlink” aloqa kanali tashuvchi chastotalarini birlashtirish, “Super Uplink” aloqa kanali optimizatsiyasi texnologiyalari hamda taqsimlangan “Massive MIMO” ichki yechimlari joriy tarmoqlarda sinovdan o’tkazilib, katta afzalliklarni keltirdi. Mazkur innovatsiyalar bilan “China Unicom”ning Pekin bo’linmasi o'z tijorat faoliyati chegaralarini muvaffaqiyatli ravishda kengaytirib kelmoqda.
“Huawei” kompaniyasining 5G mahsulotlar liniyasi prezidenti janob Richi Pen shunday dedi: "Biz “China Unicom”ning Pekin bo’linmasi bilan shahar tizimlari samaradorligini oshirish va 5G innovatsion texnologiyalari yordamida shaharni raqamli isloh qilishni davom ettiramiz. Biz “5G Capital” salohiyatini ochish, mustahkam 5G ekotizimini shakllantirish va kelajakda barcha qurilmalarni yagona tarmoqqa birlashtirishni ta'minlash uchun texnologiyalar, standartlar, ekotizimlar va biznes modellarini doimiy ravishda o'rganish uchun “China Unicom”ning Pekin bo’linmasi va sanoatdagi sheriklarimiz bilan ishlashdan nihoyatda mamnunmiz".