Sohada ilk “EdgeGallery” ochiq dastlabki kodga ega 5G MEC platformasi real vaqt rejimida ishga tushdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Sohada ilk “EdgeGallery” ochiq dastlabki kodga ega 5G MEC platformasi real vaqt rejimida ishga tushdi

2020.08.06

[Pekin, Xitoy, 6 avgust 2020 yil] Sohada ilk “EdgeGallery” ochiq dastlabki kodga ega 5G MEC platformasi endilikda “Gitee”da ham foydalanish uchun ochiq taqdim etiladi. “EdgeGallery” 5G MEC stsenariylariga yo’naltirilgan. Ochiq dastlbaki kod bilan ishlash natijasida “MEC” tashqi manbalari, ilovalar, xavfsizlik, boshqaruv va tarmoqning ochiqligi kabi xizmatlari uchun amalda qo’llaniluvchi standartlari uchun asos yaratadi hamda jamoat buluti bilan ish yuritadi. Qolaversa, differentsiatsiyalangan, turli xil chegara infratuzilmasi bilan o'zaro mosligiga asoslangan MEC-ilovalari markazlashtirilgan ekotizimini yaratadi. Oxir oqibat, “EdgeGallery” 5G ning imkoniyatlarini ochish va minglab sanoat tarmoqlarining ishlashiga imkon yaratuvchi vositadir.

“EdgeGallery”ning rasman ishga tushirilishi

5G tarmoq trafigini o'n baravarga ko'paytiradi va uning 80 foizdan ortig'i tarmoq chegarasida bo'ladi. Shunday qilib, MEC 5G uchun birlamchi texnologiya hisoblanadi. U bulutli yechimlar darajasida hamkorlik imkoniyatlari va xizmat ko’rsatish sohasida innovatsiyalarni ta’minlash uchun tarmoq, hisoblash, xavfsizlik va ekspluatatsiya kabi platforma imkoniyatlarini birlashtiradi. Bu operatorlar uchun katta iqtisodiy afzalliklar hosil qiladi. Ochiq dastlabki kodlar boshqariladigan, nazorat ostida bo’luvchi va doimiy foydalanishda bo’ladigan 5G MEC barpo etilishini optimallashtiradi.

“EdgeGallery” loyihasi sakkizta a’zo-ta'sischilar tomonidan yuritiladi, ular qatorida Xitoy Axborot va aloqa texnologiyalari akademiyasi (CAICT), “China Mobile”, “China Unicom”, “Huawei”, “Tencent”, “Purple Mountain Laboratory for Network Communication and Security”, “99Cloud” va “DBAPPSecurity” kompaniyalari joy olgan. Loyihaning maqsadi “ulanish + hisoblash” funktsiyalariga ega umumiy 5G MEC platformasini yaratish, tarmoq imkoniyatlarining ochiqligini standartlashtirish (ayniqsa 5G tarmoqlarida) va MEC dasturlarini ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish, ko'chirish va ishga tushirish kabi hayotiy tsikl jarayonlarini umumlashtirish kabilar kiradi.

“EdgeGallery” ochiq dastlabki kodga ega hamjamiyati 2020 yil aprel oyida tashkil etilib, uning birinchi direktorlar kengashi yig'ilishi 30 iyulda bo’lib o’tdi. Yig'ilish “EdgeGallery” hamjamiyatini boshqarish nizomini tasdiqladi va Ren Xudongni direktorlar kengashi (BOD) raisi etib sayladi. Direktorlar kengashi CAICT katta ilmiy xodimi Ma Junfengni tashkilot bosh kotibi, “Edge Computing” Xitoy mobil tadqiqotlar instituti Kompyuter tadqiqotlari boshqarmasi direktori Geng Liang, “China Unicom”ning MEC loyihalari menejeri Chen Dan, “Huawei Cloud Network Source” guruhi marketing bo'yicha direktori Yang Bangwenlarni bosh kotib o’rinbosarlari etib tayinladi.

“EdgeGallery” faqatgina MEP platformasi bo’libgina qolmay, u kelgusi ilovalar va dastur ishlab chiqaruvchilari uchun keng qamrovli yechim hamdir. U dasturdan foydalanish va xizmat ko'rsatishga mas'ul bo'lgan turli hamkor soha xizmatchilari va ilova ishlab chiqaruvchilari uchun keng qamrovli xizmatlarni taqdim etadi. “EdgeGallery” hamjamiyati ishlab chiquvchilarga 5G tarmoq imkoniyatlaridan qulay foydalanish va ularni chegarada qo’llash uchun ochiq qilish, chegarada shaxsiy platforma arxitekturasi asosida ishonchli va boshqariladigan xizmatlarni taqdim etish, kodsiz integratsiya orqali chegarada diversifikatsiyalangan va ochiq ekotizimni yaratish, IDE online-vositalari va ilovalarni markazlashtirilgan holatda ishga tushirishga intiladi, shu bilan ilovalarning foydalanishda qulay va biznes uchun o’xshash nusxasini yaratishga imkon yaratiladi. Ushbu harakatlar 5G ToB ekotizimining rivojiga olib keladi va korxona hamda jamiyat uchun iqtisodiy foyda keltiradi.

Ochiq dastlabki kodga ega “EdgeGallery” “Apache 2.0” tijorat litsenziyasidan foydalanadi. Uning kodining birinchi partiyasi “Gitee”da chiqarildi. “EdgeGallery” sohadagi o'nlab sheriklarning 30 dan ortiq ilovalarini o’z tarkibida birlashtirgan. Ular “aqlli kampus”, sanoat ishlab chiqarishi, transport logistikasi va o'yinlarda raqobat kabilarning ko'plab stsenariylarini qamrab oladi. Mazkur ilovalar “EdgeGallery App Store”da taqdim etilgan.

“EdgeGallery” hamjamiyati Shenjen va Sianda ikkita avtomatlashtirilgan sinov markazlarini tashkil etdi va shu yil oxirida Pekin, Nanjing, Shanxay va Dongguanda stsenariylar asosida beshta sinov va verifikatsiya markazlarini ochadi. Hozirda “EdgeGallery” hamjamiyati 8 nafar katta va 14 ta doimiy a'zolardan iborat. Ochiq dastlabki kod - gitee.com/edgegallery saytida joylashgan. “EdgeGallery” haqida batafsil ma'lumotni www.edgegallery.org/en saytidan olish mumkin