TECH4ALL: texnologiyalar yordamida raqamli integratsiya darajasini oshirish

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

TECH4ALL: texnologiyalar yordamida raqamli integratsiya darajasini oshirish

2020.11.19

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari raqamli texnologiyalarga ega bo’lish ko’rsatkichlarini oshirish uchun yangi afzallik va yondashuvlarni ochishi mumkin

HUAWEI CONNECT 2020 anjumanida “Huawei”ning AKT infratuzilmasi marketing bo'yicha direktori Kevin Chjan “TECH4ALL: Texnologiyalar yordamida raqamli integratsiya darajasini oshirish” onlayn-sammitida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Uning ta'kidlashicha, “Huawei” kompaniyasi mavjud texnologiyalar, ilovalar va tajriba yordamida ta'lim va atrof-muhit kabi sohalarda raqamli texnologiyalarga ega bo’lish imkoniyatini oshirish uchun butun dunyodagi sheriklari bilan hamkorlik qilishga sodiqdir.  


“TECH4All” onlayn-sammit doirasida raqamli texnologiyalarga ega bo’lish imkoniyatini oshirish uchun yangi afzalliklarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi

Sammitda Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi (IUCN) prezidenti Chjan Sinshen va YUNESKO bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Jannini ham so'zga chiqdilar. Tadbirning maqsadi turli mamlakatlardagi sheriklarning inklyuziv ta'limni targ'ib qilish va texnologiyalardan foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha muhokamalarni tashkil etishdan iborat.

Texnologiyalar inklyuziv ta'lim xizmatida

COVID-19 pandemiyasi Internetga ega va undan foydalanish imkoni bo'lmagan dunyo aholisi o'rtasidagi raqamli texnologiyalardagi tafovutni yanada kengaytirdi. 106 mamlakatning 1,6 milliardgacha o'quvchilari maktablarning yopilishidan zarar ko’rdi. Bu ta'lim olish imkoniyati hamda ta’lim sohasi sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Ushbu muammoni hal qilish uchun “Huawei” kompaniyasi “TECH4ALL” doirasida texnologiyalar yordamida teng huquqlilik asosida sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo’lishni ta'minlash tashabbusini ilgari surdi. Pandemiya tarqalishda davom etar ekan, “Huawei” uzluksiz ta’limni ta'minlash uchun sheriklari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda.

Xitoyda “Huawei” o’zining 100 dan ortiq ta'lim sohasidagi sheriklari bilan 50 milliondan ortiq talabalarning turli xil onlayn ta'lim platformalari va yechimlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan “Istalgan vaqt ta’lim ol” uyushmasini tashkil etdi.

Xitoydan tashqarida “Huawei”, YUNESKOning Ta'lim masalalari bo’yicha global koalitsiyaning asosiy a'zosi sifatida Senegal Xalq ta'limi vazirligi va mahalliy “Sonatel” operatori bilan hamkorlikda o'qituvchilarga kurslarni raqamli texnologiyalar yordamida yozib olishni tashkil qilishda yordam ko’rsatib kelmoqda.

"YUNESKO “Huawei” bilan birgalikda Misr, Efiopiya, Gana va boshqa mamlakatlarda murakkab vaziyatlarda barqaror, barchani birlashtiruvchi(inklyuziv), adolatli ta'lim platformasini ta'minlaydigan  texnologiyalar asosida “Ochiq maktab” tizimini yaratish ustida ishlamoqda", - dedi Stefaniya Jannini. 

“Ochiq maktab” tizimi o'qituvchilar va o'quvchilarga raqamli ta'lim resurslaridan sinfda va hamda maktabdan tashqarida foydalanish imkoniyatini beradi. Loyiha Afrika mamlakatlariga ta'lim sohasidagi muammolarni hal qilishga va pandemiya davomida uzluksiz ta’lim jarayonini ta'minlashga yordam berishi kutilmoqda.

Chekka hududlardan kelgan yoshlar uchun raqamli ko'nikmalarning yetishmasligi ularni raqamli dunyoga qo'shilishida jiddiy to’siq bo’lmoqda. Yevropa komissiyasining ma'lumotlariga ko'ra, bo’lg’usi ish joylarining 90% uchun raqamli texnologiyalar sohasida birlamchi ko'nikmalarga ega bo’lish talab etiladi, biroq yevropaliklarning 43% da bunday ko’nikma yo’q. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammo yanada keskin ko’rinishga ega.

“Huawei”ning “TECH4ALL” tashabbusi bilan kelajakda zarur bo’ladigan raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmalarga o’rgatish mobil sinflarga aylantiriladigan transport konteyner va avtobuslar - “DigiTruck” orqali ta’minlanadi. “DigiTruck” loyihasi 2019 yil oktyabr oyida ishga tushirilgandan buyon Keniyaning chekka hududlaridagi 1500 dan ortiq talaba va o'qituvchilar raqamli savodxonligini oshirish uchun mobil sinf xonalaridan foydalanishga ulgurdi.

Yer yuzidagi hayotni yaxshilaydigan texnologiyalar

Pandemiya ta'lim tizimi uchun juda katta muammolarni keltirib chiqardi, shuningdek, odamlar va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. IUCN prezidenti Chjan Sinshen sammitdagi nutqida: "To'g'ri va oqilona foydalanilganda, texnologiyalar ekologik inqirozga javob berish va barqaror rivojlanishga yordam beradigan muhim vositaga aylanishi mumkin", dedi.

Raqamli texnologiyalar atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishi hamda odamlarga tabiatni yaxshiroq tushunish va himoya qilishda yordam berishi mumkin. Sammitda O'rmon xo'jaligi va yaylovlar bo’yicha Xitoy milliy boshqarmasi huzurida Amur yo'lbarslari va Amur qoplonlarini monitoring qilish va tadqiqot o’tkazish markazi ekologi, doktor Fen Limin jonivorlarning yo'qolib borayotgan turlarini himoya qilishda texnologiyalarning innovatsion rolini tushuntirdi.

Ko'pgina texnologiyalar, jumladan, sun'iy yo'ldoshlar, o’zini o’zi boshqaruvchi uchish apparatlari va telekommunikatsiyalarni birlashtirish orqali Yo’lbars va qoplon Shimoliy-Sharqiy milliy parki xodimlari katta maydonni qamrab olgan tabiiy resurslarni kuzatish tizimini yaratishga muvaffaq bo'lishdi. “Huawei”ning 4G tarmoqlari uchun innovatsion yechim biologik xilma-xillik, hayvonlarning yashash muhiti va odamlarning ushbu muhitga aralashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar uzatilish tizimini qo'llaydi, bu esa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlariga masofadan turib ma'lumotlarga real vaqtda kirish va ularni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu ma'lumotlar ularga yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan turlarning populyatsiyasi va yashash sharoitlarini baholashga yordam beradi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, milliy bog'ning rahbarlari yanada mutanosib qarorlar qabul qilishi mumkin bo’ladi.

“Rainforest Connection” (RFCx), tropik o'rmonlarni muhofaza qilish bo’yicha Notijorat tashkiloti Kosta-Rikadan Filippinlargacha bo'lgan o'rmonlarni muhofaza qilish tadbirlarida “Huawei”ning innovatsion texnologiyalari va telefonlaridan foydalanadi. Ushbu telefonlar quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qurilmalarga o’zgartirilgan bo’lib, "Qo'riqchilar" degan nomga ega. Ular daraxtlarni noqonuniy ravishda kesish uchun ishlatiladigan arra va yuk mashinalarining tovushlarini aniqlash uchun tropik o'rmonlarida o'rnatilgan, bu o’z navbatida, o'rmon nazoratchilari ish samaradorligini sezilarli darajada oshirmoqda. “Qo'riqchilar” moslamalari, shuningdek tropik o'rmonlaridagi hayvonlarning tovushlarini to'plab, tahlil qiladi. Bu biologik xilma-xillikni saqlashga yordam beradi. 2020 yil avgust holatiga ko'ra, “Qo’riqchilar” 14 mamlakatda 3300 kv. km.dan ortiq tropik o’rmonlarni asrab qolish yo’nalishida keng joriy etilgan.


“Huawei” IUCN bilan “Tech4Nature” dasturi doirasida hamkorlik qilmoqda

“Huawei” tabiatni muhofaza qilishning qo'shimcha texnologik imkoniyatlarini o'rganish uchun “Tech4Nature” dasturi doirasida IUCN bilan hamkorlikni davom ettiradi. Mutaxassislar tabiatni muhofaza qilish sohasida innovatsion raqamli texnologiyalarni joylashtirish uchun odatdagi o'rmon va dengiz ekotizimlarini tanlaydi. Umuman olganda, dastur dunyodagi 300 dan ortiq qo'riqlanadigan hududlar foydasiga bilimlar, texnologiya va resurslardan foydalanishga imkon yaratadi.

Nutqi yakunida Kevin Chjan raqamli integratsiyani birgalikda yangi usullar bilan rivojlantirish va butun dunyo bo'ylab raqamli texnologiyalarning birtekisda rivojlanishini ta'minlash uchun yangi sheriklarni “TECH4ALL” dasturiga qo'shilishga da’vat etdi.

HUAWEI CONNECT 2020 bu “Huawei”ning global AKT sohasi uchun har yili o’tkazadigan asosiy tadbiridir. Mazkur yil u Shanxayda 23-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tdi. HUAWEI CONNECT - bu mijoz va sheriklarimizga joriy o'zgarishlar davrida to’g’ri yo’nalishni aniqlab olishlarida yordam berishga mo'ljallangan ochiq platforma. Bu yerda biz yangi qadriyatlarni yaratish uchun tajriba almashish va birgalikda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Mazkur yil tadbirda sohani raqamli isloh etish tendentsiyalari va imkoniyatlarini ko'rib chiqdik, AKT sohasidagi ilg'or texnologiya, mahsulot va yechimlarni namoyish qildik, ishtirokchilarni qo'shma innovatsion faoliyatimiz natijalari bilan tanishtirib, raqamli transformatsiyalarning eng mukammal usullari bilan o'rtoqlashdik. Istiqboldagi maqsadimiz barcha manfaatdor tomonlarga foyda keltiradigan va barcha sohalar uchun yangi qadriyatlar yaratadigan ochiq va ishonchli sanoat ekotizimini yaratishdir. Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi saytda o’rganish mumkin: www.huawei.com/en/events/huaweiconnect2020/