Huawei 2019-yilga doir Barqaror Taraqqiyot hisobotini eʼlon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei 2019-yilga doir Barqaror Taraqqiyot hisobotini eʼlon qildi

Tarmoq barqarorligini taʼminlash va eng maqbul va munosib kelajakni birgalikda barpo etish yoʻlida.
2020.07.10

Huawei 2019-yilga doir Barqaror Taraqqiyot hisobotini eʼlon qildi. Hisobotda Huawei kompaniyasi oʻtgan yilda tarmoq barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlarni kamaytirish, iqlim oʻzgarishiga tezkor munosabat bildirish, TECH4ALL raqamli ulanishiga oid harakatlar rejasini amalga oshirish, shu bilan birga, BMT barqaror taraqqiyot jabhasidagi maqsadlarni qoʻllab-quvvatlash borasida erishgan yutuqlari haqida gap boradi.

Tarmoq barqarorligini taʼminlash Huawei kompaniyasining ijtimoiy masʼuliyati va missiyasining muhim qismi sifatida qolmoqda. Zilzila, tayfun, sunami va hatto qurolli ziddiyatlar singari favqulodda vaziyatlar paytida ham, Huawei xodimlari kommunikatsion tarmoqlarni tiklash va ularning hech qanday uzilishlarsiz ishlashini taʼminlash maqsadida inqiroz markazida boʻlmoqdalar. 2019-yilda Huawei kompaniyasi 200 dan ortiq yirik koʻlamli halokatlar va tabiiy ofatlar paytida tarmoqlarning uzluksiz faoliyatini taʼminlashga muvaffaq boʻlgan.

“Oʻtgan yili biz avval hech qachon uchramagan muammolarga duch keldik.Ammo matonat bilan kurashdik”, - deydi Lyan Xua (Liang Hua), Huawei Boshqaruv kengashining raisi. “Nosozliklarni bartaraf etish uchun murakkab sharoitlarda tunu-kun mehnat qilib, biznesning uzluksiz faoliyatini taʼminladik hamda mijozlarimizga mahsulot va xizmatlarni oʻz vaqtida taqdim qildik. Dunyoning 170 tadan ortiq mamlakatlarida umumiy qiymati yuzlab milliard dollarga teng boʻlgan aloqa tarmoqlarini qurishda yordam berdik.Mazkur tarmoqlarning barqaror ishlashini taʼminlash va odamlarga eng ilgʻor va hamyonbop texnologiyalarni taqdim etish – bu nafaqat bizning maqsadimiz, balki ijtimoiy masʼuliyatimizning bosh gʻoyasidir”.

Shuningdek, Huawei kompaniyasi CO2 zararli gazining atmosferaga chiqarilishini kamaytirish, sirkulyar iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid oʻrta va uzoq muddatli maqsadlarini ommaga oshkor qildi, shu bilan bir qatorda, ushbu yoʻnalishda 2019-yilda erishilgan yutuqlar haqida axborot berdi.

Zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishini kamaytirish yoʻnalishida olib borilgan ishlar natijasida, Huawei kompaniyasi tayyorlaydigan asosiy mahsulotning energiya samaradorligi 22%gacha oshirildi.2019-yilda Huawei 1,25 mlrd. kVt/s toza energiyadan foydalandi, bu esa oʻz navbatida atmosferaga chiqariladigan 570 000 tonna CO2 gazining kamayishiga zamin yaratdi.

Sirkulyar iqtisodiyotga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida, Huawei kompaniyasi mahsulotga tegishli butun xizmat davri mobaynida resurslardan imkon qadar koʻproq foydalanishga intiladi. Masalan, kompaniya tomonidan qaytarilgan 86% mahsulot qayta ishlatilgan boʻlib, faqatgina 1,24% miqdoridagi elektron chiqindilar yaroqsiz deb topilgan.

Bundan tashqari, Huawei qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻproq tasarruf etishga harakat qilmoqda.Huawei kampuslari hududida qurilgan fotoelektr (FE) moslamalarning umumiy quvvati 19,35 MVtni tashkil qiladi, 2019-yilda esa 13,57 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Kompaniya oʻzining intellektual fotoelektrik yechimlarini yana-da kengroq miqyosda ham qoʻllamoqda. Xususan, bunga Argentinadagi Jujuy provinsiyasida qurilayotgan quvvati 300 Mvt boʻlgan quyosh elektr stansiyasiga tegishli loyihani misol qilish mumkin. Ushbu quyosh elektr stansiyasi yiliga 660 million kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarib, 160 000 ta uyni quvvat bilan taʼminlay oladi.

Huawei kompaniyasi raqamli texnologiyalarni kelgusida yana-da rivojlantirish va ulardan foydalanish imkoniyatini hamohang tarzda osonlashtirishga intiladi. 2019-yilda Huawei qurilishga oid sarf-xarajatlarni sezilarli darajada kisqartiradigan va uzoq aholi punktlarida yashaydigan 40 milliondan ortiq insonlarni aloqa bilan taʼminlaydigan RuralStar Lite yechimini ishga tushirdi. Mazkur yechim barcha turdagi relyeflarda, shu jumladan, tekislik, qoyali hududlar, sahro va orollarda yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Shu bilan birga, Huawei sheriklari bilan hamkorlik oʻrnatib, mobil DigiTruck raqamli tasnifi loyihasi doirasida uzoq hududlarda istiqomat qiladigan 800 nafarga yaqin keniyaliklarni raqamli texnologiyalarga oʻqitishda koʻmaklashdi.2019-yilning sentyabr oyida Huawei YUNESKO tashkilotining Sharqiy Afrikadagi mintaqaviy byurosi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi. Ikkala taraf "DigiTruck” loyihasini amalga tatbiq etib, imkon qadar koʻproq mamlakatlarni qamrab olish, hamda barcha afrikaliklar uchun raqamli koʻnikmalardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida birgalikda ish olib boradilar.

Huawei hisobotida yozilganidek, AKT BMTning barqaror taraqqiyot jabhasidagi Maqsadlariga erishishda hal qiluvchi vazifani bajaradi. Shu bois kompaniya butun sohani ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, atrof-muhit muhofazasi va insoniyat farovonligi yoʻlida hamkorlikda ishlashga chaqiradi.

“Huawei umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun ochiqlik va sheriklik kuchiga ishonadi.Biz gullab-yashnaydigan industrial ekotizimni barpo qilish maqsadida, taʼminotchilarimiz singari sohaviy hamkorlar bilan ishlamoqdamiz”, - deb taʼkidladi Tao Szinven (Tao Jingwen), Huawei kompaniyasining boshqaruv kengashi aʼzosi va Barqaror korporativ taraqqiyot boʻyicha qoʻmita raisi.“Biz ushbu qiyinchiliklarni yengib oʻtishimizga mutlaqo ishonchimiz komil. Ushbu yoʻnalishda olgʻa intilamiz hamda mijozlarimiz va dunyo aholisi uchun qiymatlar yaratishda davom etamiz”.

Oʻzbekistonda Huawei kompaniyasi 20 yildan buyon faoliyat yuritib, barqaror rivojlanish maqsadlariga amal qilgan holda, innovatsion texnologiyalarni taqdim etmoqda hamda taʼlimsogʻliqni saqlash va iqlim oʻzgarishlaridan yuzaga keladigan oqibatlar bilan kurashish kabi sohalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Toʻliq hisobot matnini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin www.huawei.com/en/sustainability/sustainability-report