Huawei ta'lim tizimida evolyutsion taklif bilan chiqmoqda

Maktablar ushbu semestrda qay tarzda «bulut»ga o‘tdi
2020 yil boshida COVID-19ning birdan avj olib ketishi Xitoyning jadal va barqaror taraqqiyotini to‘xtatib qo‘ydi. Virus ta’lim sohasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi: 12 fevralda, Ta’lim vazirligi Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi bilan birgalikda maktablarning yopilganligi, lekin eng muhimi, o‘qish davom etishini e’lon qildi.
Bunday o‘ziga xos vaziyatda butun mamlakat bo‘yicha yuz millionlab talabalar uchun keng ko‘lamli onlayn o‘qishni joriy qilish iloji yo‘q vazifadek tuyuldi. Biz dunyodagi eng yirik loyihalardan biri – Xitoy axborot infratuzilmasini modernizatsiya qilish hodisasiga guvoh bo‘ldik. Ushbu loyiha butun jahonda onlayn ta’limning, shu jumladan o‘qituvchilar va talabalar tayyorgarligining eng katta sinovlaridan biri bo‘ldi.

Imkoniyatlarni sinash
Masofaviy o‘qishga o‘tish barchaga, ta’limni boshqarish organlari, maktablar va universitetlardan tortib, o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalarigacha ta’sir ko‘rsatdi. Yangi o‘quv semestrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya, o‘qish uchun oddiy maydoncha sifatida o‘quv sinflarining o‘rnini egalladi. Doskalar ekranlar bilan almashtirildi, o‘qituvchilar esa bo‘rni bir chekkaga surib, o‘z talabalarining gadjetlarida bilim tashuvchilarga aylandi. Offlayn-maktablarni onlayn-o‘qishga o‘zgartirish yangi ta’lim ssenariylarining paydo bo‘lishiga olib keldiki, ular o‘z navbatida ulkan qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
Tarmoqlar trafikning nihoyatda katta keskin o‘zgarishlarini yenga oladimi? Yuz millionlab talabalarning onlayn-darslarni ko‘rish paytida axborot tizimlariga tushadigan yuklama, hattoki Xitoydagi «Bo‘ydoqlar kuni», Buyuk Britaniyadagi «Super shanba», shuningdek AQShdagi «Qora juma» kunlaridagi ommaviy xaridlar paytida tushadigan yuklamadan ham yuqori.
O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro aloqalari kafolatlangan bo‘lishi mumkinmi? Onlayn-o‘qishning asosiy xususiyati o‘qituvchi va o‘quvchining bir-biridan jismonan olis masofada turishi va internet orqali o‘zaro aloqa qilishi zarurligini ko‘rsatadi. Tovush tiniqligini pasaytiruvchi shovqinlar, tasvirning xiraligi yoki noaniqligi, shuningdek audioning videodan orqada qolishi kabi muammolar o‘quvchilarning vaqtini olishi va o‘qishga xalaqit berishi mumkin. Sinfda real vaqt rejimida o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichini monitoring qilish – o‘qituvchilar uchun imkonsiz vazifa bo‘lib, u osongina kelgusida ta’lim usullari va natijalarini noto‘g‘ri baholanishiga olib kelishi mumkin. Onlayn-sinf bo‘yicha yaxshi tajriba aniq va to‘xtovsiz video- va audioaloqaning mavjud bo‘lishini, shuningdek erkin axborot almashinuvini talab qiladi. Multi-terminal imkoniyatlarning qo‘llab-quvvatlanishi ham zarur bo‘lib, u o‘qituvchilarga maqsadli ta’lim olib borishga imkon beradi.
Biroq, kuchli texnik yechimsiz ushbu talablarga javob berish mushkul.

Kutilmagan holatlardan ham ortiq
Xitoyda yetarli miqdorda onlayn ta’lim resurslari mavjudligiga qaramay, milliy markaz, g‘arbiy mintaqalar va qishloq hududlaridagi o‘qituvchilar ta’lim sohasidagi texnologiyalar yoki onlayn-resurslardan foydalanishga odatlanmagan. Ko‘plab mintaqalar hali ham talabalar tomonidan ma’ruzachi passiv kuzatiladigan bosqichda turibdi, masofaviy ta’limning ushbu turi «sahnadagi dono» deb ataladi. Koronavirusning avj olishi natijasida onlayn o‘qishga o‘tish sun’iy intellekt, 5G va bulutli kabi yangi texnologiyalar uchun sinov maydonchasi yaratilishiga sabab bo‘ldi. Ta’limni yakka ehtiyojlarga moslashtirish, sinfda ishlash samaradorligini oshirish va ta’lim resurslari bilan ta’minotni optimallashtirish vazifalarini haqiqatan ham uddalash mumkinmi? Buning asl javobi hali oldinda ulkan muammolarni hal qilish turganligidan iborat.

Pandemiya rivojlanishni tezlashtiradi
Guandun provinsiyasining Ta’lim departamenti, o‘zida Guandun eksperimental o‘rta maktabidan tortib, Janubi-Xitoy pedagogika universitetining sho‘ba o‘rta maktabigacha qamrab oluvchi yuqori sifatli onlayn-fanlarni birlashtiruvchi masofaviy ta’lim platformasini ishga tushirdi. Talkweb platformasi negizida yaratilgan, HUAWEI CLOUD bulut servislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va Ta’lim vazirligining umumiy raqamli transformatsiyalash strategiyasiga mos keladigan yechimdan butun mamlakatda foydalanish mumkin.
Platforma Guandun maktablari resurslarini birlashtirib, onlayn-o‘qitishni va o‘qishni ta’minlaydi hamda butun provinsiya bo‘ylab 25 000 ta maktab va 17 million o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun onlayn-ta’lim xizmatlarini taqdim qiladi.
O‘qituvchilar va talabalar onlayn rejimida savol berish va ularga javob berish uchun matnli va audio/video-xabarlar yordamida real vaqt rejimida o‘zaro aloqa qilish maqsadida o‘quv markazining interfaol platformasidan foydalanadi. Bu o‘quvchilarning ishtirokini yaxshilaydi hamda o‘qituvchilarga o‘quvchilar axborotni qanday o‘zlashtirayotganligini tushunishga imkon beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda berilayotgan darslar avtomatik ravishda yozib olinadi va talabalar ularni mashg‘ulotlardan keyin ko‘rish imkoniyatiga ega. Shuningdek, o‘qituvchilar ham bevosita dars paytida asosiy jihatlarni ko‘rsatish uchun interfaol ruchkadan foydalanishlari mumkin. Talaba izohlar borasida savolga javob berish yoki onlayn rejimida o‘qituvchi bilan o‘zaro aloqa qilish uchun virtual tarzda qo‘l qo‘tarishi mumkin. Ushbu funksiyalar o‘qish ssenariylarini oddiy sinflarda kuzatiladigan ko‘rinishga keltirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Platforma ehtiyojlarga qarab besh xil rejimda sinfda o‘qishni ta’minlaydi. Tizim kelgusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar uchun ma’lumotlar ko‘magini ta’minlash maqsadida dars tugagandan keyin real vaqt rejimida onlayn-ko‘ruvchilar soni, o‘zaro aloqalar soni va onlaynda bo‘lish davomiyligi kabi o‘lchovlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik ravishda to‘liq tahlil qiladi.
Talkweb shuningdek, Huawei bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘ydi hamda tezda Guandun provinsiyasining Ta’lim Akademiyasi uchun HUAWEI CLOUD WeLink onlayn-ofis platformasini o‘rnatdi. Platforma onlayn-ofis, masofaviy konferensiyalar, o‘qitish, tadqiqotlar va ta’lim ko‘magi bilan olib boriladigan ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘quv muassasalarining ma’murlari va o‘qituvchilari onlayn-majlislarni o‘tkazish, onlayn-o‘qish va mashg‘ulotlardan oldin o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida axborotni o‘zaro moslab olish uchun HUAWEI CLOUD WeLink platformasida masofaviy ofis funksiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega. WeLink talabalarga xabarlar to‘g‘risidagi har kungi bildirgilarni tekshirishga imkon beradi va kichik onlayn videoaloqalarni ta’minlaydi. Ular onlayn-sinflarga WeLink Ilovalar markazidagi Talkweb onlayn-o‘qish ilovasi orqali kiradi. Bu universal onlayn o‘qish va o‘zaro aloqalarni ta’minlaydi. Bu talabalarga real vaqt rejimida yirik ko‘lamli fanlarda qatnashish hamda ilovalarni yoki hisobga olish yozuvlarini almashtirmasdan o‘zaro aloqa o‘rnatish imkoniyatini beruvchi tez va samarali usul sanaladi.
O‘qishni onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha umummilliy sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Talkweb Huawei bilan birgalikda butun mamlakat uchun onlayn-o‘qish markazi platformasini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. Hozirgi vaqtda u Xunan, Guandun, Shansi, Shensi, Gansu, Anxoy, szyansu va Xubey provinsiyalarida joriy qilingan. 2020 yil 29 fevral holatiga ko‘ra platformaga 170 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan, tashrifchilarning umumiy soni 16 milliondan ortib ketdi, hamda bu, ham o‘qishning, ham epidemiyalarnihg oldini olishning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minladi.

"Learn Anytime" ta’lim alyansi
Koronavirus pandemiyaga aylanganligi sababli, HUAWEI CLOUD ta’lim sohasidagi 100dan ortiq sheriklar bilan birga Learn Anytime ta’lim alyansini ishga tushirdi. Rag‘batlantirish siyosati alyans a’zolarini umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlariga turli onlayn-o‘qish xizmatlari taqdim qilishni rag‘batlantiradi. Bundan maqsad oflayn-ta’limni tezda onlayn rejimga o‘tkazish, yuqori sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash hamda mashg‘ulotlar to‘xtatilganligiga (maktablarda) qaramay, o‘qish davom etayotganligini kafolatlashdir.
HUAWEI CLOUD onlayn-o‘qish yechimi onlayn-darslar uchun to‘liq yechimlar to‘plamini, shu jumladan platforma, to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish, so‘rov bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, o‘zaro aloqalar va kontent kabilarni taqdim qiladi. U sinfda oflayn ishlashdan tashqari, istalgan vaqtda va istalgan joyda ulangan qurilmalardan foydalanish imkoniyatini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu yechim Learn Anytime ta’lim alyansi tashkil etilgan vaqtdan beri 5000 ta maktab va korporativ mijozlarga real vaqt rejimida bepul o‘rgatuvchi translyatsiyalarni taqdim etish, 50 milliondan ortiq talabalarga 240 000 onlayn-fanlarni taqdim etish orqali 2000 dan ortiq mijozlarga yordam berdi. Ularga Xubey (464 000), Guandun (2,71 mln) va Venchjou (78 000) talabalari kiradi. Yechim bir vaqtning o‘zida 11 milliondan ortiq o‘quvchilarga ko‘mak bera oladi.
Biz, har bir kishi ta’lim olish huquqiga va u taqdim etuvchi teng imkoniyatlarga ega deb hisoblaymiz. Xitoyda ham, xorijda ham har bir maktabga Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish chekka hududlarga global o‘quv resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratishi va butun dunyodagi bolalarga yanada keng imkoniyatlarni ta’minlashi mumkin. Tarmoqli, shaxsiylashtirilgan va uzluksiz o‘qish – bu zamonaviy ta’limning asosiy belgilari hisoblanadi, yaratilayotgan texnologiyalar esa tarmoqni ma’lumotlarga asoslangan intellektual sohaga raqamli transformatsiya qilishga ko‘maklashadi. HUAWEI CLOUD ta’lim resurslaridan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash va yuqori sifatli natijalarga erishish maqsadida bulutli, AI va 5G texnologiyalardan foydalanishni davom ettiradi. Biz bunga erishish imkoniyatini beruvchi sheriklik munosabatlari o‘rnatilishiga ishonamiz. Biz Education4ALL (barcha uchun ta’lim) ga ishonamiz.