Huawei raisining vazifasini almashtirib turish
Huawei Bosh direktorlarini almashtirib turish tizimiga muvofiq janob Guo Pin 2020 yil 1 apreldan boshlab 2020 yil 30 sentyabrgacha almashinuvchi va Huawei raisining vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlashga kirishdi. Uning vakolatlari muddati mobaynida janob Guo kompaniyaning yuqori rahbari bo’ladi va direktorlar kengashi hamda uning ijro qo’mitasini boshqaradi.
Janob Guo Pinning tarjimai holi

Janob Guo, 1966 yilda tuǵilgan, magistr darajasini Xuajong Fan va texnika universitetida olgan. U Huawei ga 1988 yilda kelgan va tadqiqotlar va rivojlantirish (ITTKI) sohasidagi loyihalar menedjeri, yetkazib berish zanjiri bo’yicha bosh menedjer, Huawei ijro ofisi direktori, bosh yurist, biznes-jarayonlar va axborot texnologiyalari departamenti prezidenti, korporativ rivojlantirish departamenti prezidenti, Huawei Device raisi va Prezidenti, Huawei bosh direktori va FK Raisi lavozimlarini egallagan. Hozirgi vaqtda janob Guo Huawei boshqaruv raisi o’rinbosari va almashinuvchi raisi hisoblanadi.
Manba: https://www.huawei.com/en/press-events/news/2020/4/notice-rotating-chairman-tenure