OpenEuler hamjamiyati ko'p qirrali hisoblash stsenariylari uchun eng yaxshi operatsion tizim (OT) yaratishga intilmoqda
[Xitoy, 17 aprel 2020 yil] Bugun OpenEuler hamjamiyati mezbonlik qilgan birinchi virtual OpenEuler sammiti jonli efirda namoyish etildi. Sammitda hisoblash sanoatidagi eng so'nggi yutuqlar va openEulerning yangi versiyalarni ishlab chiqish bo'yicha hamjamiyat rejalari muhokama qilindi. O'zini ishlab chiquvchilar hamjamiyati sifatida namoyon etuvchi OpenEuler, aslida ham ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan, ochiq innovatsion platforma bo’lib, unda butun dunyo ishlab chiquvchilari yangi g'oya va yondashuvlarini taklif etishlari, amalda yangi yechimlarni qo'llashlari mumkin, bu esa OpenEulerni bozorda hisoblash tizimlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan har qanday stsenariy uchun mos bo’lgan eng yaxshi operatsion tizim darajasiga olib chiqishga yordam beradi.
Jiang Dayong kirish nutqi chog’ida
Jiang Dayongning ta'kidlashicha, openEuler bu shunchaki Linux distributivi emas, balki ochiq dastlabki kodga ega platformadir. “Biz OpenEuler innovatsion platforma sifatida dunyoning turli burchaklaridan ochiq dastlabki kodga ega dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilari, sheriklari va oddiy muxlislarini jalb qila olishiga ishonamiz. Birgalikda biz mijozlarga yo'naltirilgan innovatsiyalarni tatbiq etib, yangi kontseptsiyalarni aniqlab, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va uni qo'llash uchun yanada qulay muhitni yaratamiz, va shu orqali dastur ilovalari ekotizimining rivojlanishiga hissa qo’shgan bo’lamiz”, – dedi xitoylik ekspert.
OT ta’minotchilarining bir qatori allaqachon hamjamiyat tarkibida
OpenEuler hamjamiyatiga borgan sari ko’plab sheriklar qo'shilib bormoqda va ular birgalikda OpenEuler asosida operatsion tizimning tijorat versiyalarini ishlab chiqish yo’lida faoliyat yuritmoqda. Bular orasida, xususan, iSoft, Kylinsoft, Xitoy Fanlar akademiyasining Dasturiy ta'minot instituti (ISCAS) va TurboLinux. Infratuzilmani yaratish, GTK4 va Wayland ilovalarini dasturiy moslashtirish va kodlarni tahlil qilish jarayonlarini o’z nazoratiga olgan MATE Desktop loyihasini ishga tushirish tashabbuskori bo’lgan iSoft kompaniyasi bu yerda yetakchi rol o’ynaydi. Kylinsoft kompaniyasi OpenEuler hamjamiyatiga OVirt virtualizatsiyasi uchun yechim va UKUIning doimiy qo’l ostida bo’luvchi yengillashtirilgan versiyasini taklif qildi. ISCAS instituti ko'proq dasturiy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish va Xitoyda ochiq kodli dasturiy ta'minotni ilgari surishga yo’naltirilgan “Open Source Software Supply Chain Lightning Program” nomli maxsus dasturni ishga tushirdi.
Tarmoq doiralari bilan hamkorlik orqali faol rivojlanayotgan diversifikatsiyalangan hisoblash sanoatini yaratish
Tarmoqdagi barcha o’zaro bog’liq bo’lgan manfaatdor qatnashchilar rivojlangan, mukammal ekotizimni yaratish uchun birlashadi. Hisoblash mahsulotlarini yetkazib berishda yetakchi bo’lgan Tsinghua Tongfang kelib chiqishi turli bo’lgan ko'p qirrali tadqiqotlar bo'yicha 200 dan ortiq yetakchi mutaxassislarni jalb qilib tadqiqot o’tkazdi. Hisoblash ekotizimining diversifikatsiyasini qo’llash uchun Tongfang Xitoyda to'qqizta ishlab chiqarish bazasini tashkil etdi. Kompaniya, shuningdek, Pekin va Shenjenda ekotizimni moslashtirishga yo’naltlirilgan ikkita ilmiy-tadqiqot markazlarini ochdi. Hozirgi vaqtda Tongfang tomonidan ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar OpenEuler 20.03 LTS va operatsion tizimning operatsion versiyalarini qo’llab-quvvatlaydi.
OpenEuler hamjamiyati ekspertlarning malakasini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarni - ta'lim, muayyan yo’nalish bo’yicha tayyorlash va sertifikatlash, shu jumladan OT sohasida professional sertifikatlashni, dasturiy ta'minot mustaqil ta’minlovchi guruhlari uchun texnik salonlar, talabalar va ishtiyoqli dasturchilar uchun kurslar hamda eksperimental dasturlarni tashkil etish kabilarni o’z oldiga reja qilib olgan.
Diversifikatsiyalangan hisoblash mahsulotlarining ishlab chiquvchilari uchun eng yaxshi OT - hamjamiyatni barpo etish yo’lidagi maqsad sifatida
OpenEuler Virtual Summit 2020 tadbirida sohadagi muayyan muammolarni hal qilishga bag’ishlangan o’nlab seminarlar tashkil etildi. Hamjamiyat ekspertlari va qatnashchilari funktsionallarni rejalashtirish va ularni ishlab chiqish, infratuzilmaga texnik xizmat ko’rsatish (yadrosi, paketlarni boshqarish va xavfsizlik tizimlariga), dasturiy ilovalar (doimiy qo’l ostida bo’lgan, eng zarur versiyalari, kompilyatorlar, kompilyatsiya tili), virtualizatsiya vositalari va konteynerlar (iSula, oVirt va b.) har tomonlama muhokama qildilar. Sammit keyingi versiyasi - openEuler 20.09 LTS ning chiqarilishi uchun ishonchli asos yaratdi. Tadbir 17 va 18 aprel kunlari jonli efirda namoyish etildi. Har yili o'tkaziladigan mazkur openEuler tadbiri hamjamiyatning barcha ishtirokchilari uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Konferentsiya qo’yilgan maqsadga erishdi – tarmoq doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan dastur ishlab chiqaruvchilari va ularni yetkazib beruvchilari uchun ochiq platforma yaratildi. Uning asosida uchrashish, muammolarni muhokama qilish va dasturiy loyihalarning o'zaro bog'liq ekotizimini rivojlantirish mumkin. Sammit to’g’risida batafsil ma'lumot: https://openeuler.org/en/summit/2020-virtual-summit.html sahifasida o’rin topgan.