Huawei va Artur D. Little kompaniyalari yangi hisobotida raqamli siyosat va davlat miqyosida raqamli transformatsiya haqida gap ketganda, universal yechimning mavjud emasligi qayd etilmoqda
[Shenjen, Xitoy, 29 iyul 2020 y.]. Bugun Huawei kompaniyasi "Raqamli miqyosda mulohoza qiling. Arxetiplar asosida fikrlang. Raqamli iqtisodiyotingiz modeli" deb nomlangan raqamli iqtisodiyot sohasida global siyosat xususida olib borgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Hisobotda raqamli transformatsiyaga yangicha yondashuv va barcha mamlakatlarda qo'llaniladigan batafsil ko'rsatmalar keltirilgan.
Huawei va Arthur D. Little raqamli infratuzilmani takomillashtirish milliy AKT siyosatining markazida bo'lishi va bu milliy iqtisodiyot tiklanishi hamda uning tashqi ta’sirlarga bardoshliligini oshirishga hissa qo'shadi, degan bir umumiy ishonchga asoslangan qo'shma tadqiqot hisobotini tayyorladilar.
"Huawei dunyo bo'ylab 170 dan ortiq mamlakatlarda va ularning aksariyat qismida uzoq yillardan buyon faol yuritib kelmoqda. Har bir mamlakat hamda uning rahbarlari yuzlashgan muammolar teng ravishda noyob ekanligini juda yaxshi tushunamiz. Ushbu hisobot siyosatdagi mavjud muhokamalarga o’zining bebaho hissasini qo'shishiga umid qilamiz hamda qarorlarning yanada samarali qabul qilinishi, davlat va xususiy sektorlarning hamkorligini chuqurlashtirishga ko’maklashadi", - deya qayd etdi Huawei Technologies Co. katta vitse-prezidenti va direktorlar kengashi a'zosi Ketrin Chen.
Raqamli iqtisodiyotga o'tishni jadallashtirish sanoat va mahsuldorlikning o'sishiga, jamiyat farovonligini oshirishga, xarajatlar va vaqt tejalishi natijasida iste'molchilarga foyda keltirishga yordam beradi. "Muvaffaqiyatli boshqariladigan raqamli iqtisodiyot bir qator infratuzilma obyektlari va imkoniyatlarning mavjudligini talab qiladi, ammo mamlakatlar aksariyat hollarda kam resurslar va cheklangan mablag'larga ega. Shuning uchun ham istiqbolli sohalarni tanlash va ularni belgilab olish nihoyatda muhim vazifadir", - deydi Rajesh Duneja, Artur D.Little sherigi.

Hisobot boshqa davlatlar o'zlarining hozirgi holatlariga qarab moslashishi mumkin bo'lgan namunaviy model sifatida xizmat qiladigan mamlakat arxetiplarini aniqlash va ifodalashdan boshlanadi. Raqamli iqtisodiyotning yettita arxetipi quyidagilardan iborat: innovatsion markazlar, samarali ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko'rsatish markazlari, global fabrikalar, biznes markazlari, homiylar va AKT sohasida yangiliklar. Ularning har biri AKT qiymatini ishlab chiqish zanjirida mavjudligi yoki ustuvor joylashuvi bilan ajralib turadi.
AKT sohasidagi siyosatning 7 mamlakat kesimidagi arxetiplari aniqlandi - dastavval, AKT qiymatini ishlab chiqishda birlamchi omil hamda ulardan foydalanish darajasiga ko'ra.
Davlatlar, ularda mavjud iqtisodiy va texnologik voqeliklariga asoslanib, o'zlarining kuchli tomonlaridan foydalangan holda, o'ziga mos keladigan arxetiplarga muvofiqlashtirilgan raqamli qiymat yo'llarini ishlab chiqishlari kerak.
"Mamlakat arxetipini aniqlash raqamli iqtisodiyot sohasidagi siyosatga nisbatan tavsiyalarni uning ehtiyojlariga eng mos keladigan tarzda moslashtirishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu tadqiqot doirasida 200 dan ortiq mamlakat/mintaqalarning arxetiplarini aniqlash vositasini ishlab chiqdik", - dedi Kurt Baes, Artur D. Little sherigi.
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi siyosatning ahamiyati arxetiplarga qarab tubdan farqlanadi. Turli arxetiplar uchun turli xil strategiyalar kombinatsiyasini ko'rib chiqish kerak. Rahbarlik qiluvchi doiralar siyosat, qonun va qarorlarni o'zaro bog'liq bo'lgan to'rtta siyosiy o’lchov - texnologiyalar, imkoniyatlar, ekotizim va sanoat kabilar bo’yicha ifodalashi zarur, zero bular raqamli texnologiyalar sohasida milliy o'zgarishlar asosidagi harakatlantiruvchi kuchlardir.
Ushbu hisobotda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mamlakatlarning potentsial arxetiplariga asoslangan strategik yondashuv tavsiflanadi. Unda shuningdek, har bir mamlakatga moslashtirilgan umumiy siyosiy mexanizmlar tavsiya qilinadi. Hisobotda mamlakatning arxetipiga ko’ra mazkur yo’nalishda muvaffaqiyatli o'tish namunalari ham taqdim etilgan. Xususan, raqamli asrda siyosatni shakllantirishga hukumat yondashuvini namoyon etuvchi, mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli strategiyani ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar aks ettirilgan. Tadqiqot tavsiyalariga – samaradorligi isbotlangan dunyodagi eng ilg’or raqamli iqtisodiyot siyosati to'g'risidagi ma'lumotlar bazasi ilova qilingan.
Hisobotning to'liq versiyasini bu yerda yuklab olishingiz mumkin
