“Huawei” Boshqaruv Raisining o'rinbosari Ken Xu: "5G turli tarmoq korxonalariga yangi daromad manbalarini va yangi o'sish imkoniyatlarini ochib beradi"

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” Boshqaruv Raisining o'rinbosari Ken Xu: "5G turli tarmoq korxonalariga yangi daromad manbalarini va yangi o'sish imkoniyatlarini ochib beradi"

2020.11.17

Shanxay, Xitoy, 17 noyabr 2020 yil. Keng polosali uyali aloqalar bo’yicha yillik o’n birinchi forumda (MBBF 2020) “Huawei” Boshqaruv kengashi raisining o'rinbosari Ken Xu raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar soha rahbarlari bilan 5G ni qo’llash dunyo bo’ylab turli iqtisod tarmoqlarida qanday yangi qadriyatlarni shakllantirayotganini muhokama qildi. 5G texnologiyasi kishilarning turmush tarzi va muloqot hamda ish uslubini o'zgartira olishi tufayli telekommunikatsiya sohasi iste'mol bozoridan tashqarida qadriyatlarni yaratishga jalb etilgan.

Sanoatning turli tarmoqlarida 5G ni joriy etish usullarini muhokama qilish chog’ida "Innovatsiyalarga tayyor yondashuv yo'q", dedi Ken Xu. “Biz real stsenariylarda aniq ehtiyojlarga e'tibor qaratishimiz va ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun salohiyatimizni oshirib borishimiz kerak. Bu bizning vazifamiz. Ammo hammasidan-da muhimi shuki, ushbu jarayonga jalb qilingan har bir kishi uchun bu ulkan imkoniyat demak".

 

Ken Xu “MBBF 2020”da ma’ruza qilmoqda

5G texnologiyasi butun dunyo bo’ylab faol tatbiq etilmoqda. Ushbu soha peshqadami bo’lgan Xitoyning 300 ga yaqin shaharlarida mamlakat bo'ylab 5G tarmoqlariga 160 milliondan ortiq ulanishlarni qo'llab-quvvatlaydigan 600 000 dan ortiq tayanch stantsiyalari o'rnatildi. Hozirgi kunda Xitoydagi 5G tarmoqlari soniyasiga yuzlab megabit tezlikda ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlaydi. 5G xizmatlarining keng ko’lami mamlakat bo'ylab 20 dan ortiq sohalarda, jumladan sog'liqni saqlash, dengiz portlari sanoati, po'lat quyish sanoati, elektr energiyasi, tog'-kon sanoati va ishlab chiqarish sanoatlarida qo'llaniladi.

"5G ni turli sanoat korxonalarida joriy etish texnik sinovdan tijorat joylashuviga o'tdi, - dedi Ken Xu. - 2020 yil 30 sentyabr holatiga ko'ra, Xitoyning uchta yirik aloqa operatorlari 5G sohasida 5000 dan ortiq innovatsion loyihalarni amalga oshirib, 5G tarmoqlarini joylashtirish uchun 1000 dan ziyod tijorat shartnomalarini imzoladilar.

5G ni keng sohalarda muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga to'liq ishonch bildirgan Ken Xu shunday dedi: "Universal yechim yo'q, chunki turli tarmoqlarning talablari turlicha". U 5G ni qo’llagan holda tarmoqqa joriy etishning eng samarali usullari yuzasidan to’rtta tavsiyasi bilan o'rtoqlashdi.

Birinchidan, sanoat tanlangan biznes stsenariylari asosida asl ehtiyojlarni aniqlashi kerak. Ko'pgina korxonalar 5G texnologiyasidan foydalanish istagi borligi va tayyor ekanligini bildirganini hisobga olib, Ken Xu muayyan stsenariylar uchun aniq mezonlarni ishlab chiqish va 5G ish jarayoni uchun haqiqatda to'g'ri vosita ekanligini baholash zarurligini ta'kidlab o’tdi: “Sarmoya kiritishga arzigulik asl ehtiyojlarni aynan shu tariqa aniqlay olamiz".

“Huawei” asl ehtiyojlarni baholash uchun to'rtta mezonni taklif qildi: texnik jihatdan asoslanganlik, biznes salohiyati, qiymatni tashkil etish zanjirining yetukligi va standartlashtirish. Ushbu mezonlarga asoslanib, 5G ga ehtiyojini ko'rsatadigan 4 ta odatiy stsenariy yuzaga chiqadi: masofadan boshqarish, videoni uzatish, avtomatik ko'rish va real vaqtda joylanish.

Ikkinchida, tarmoqlarni turli stsenariylarga moslashtirish zarur. Tarmoqlar raqobatbardosh 5G xizmatlarining asosidir, shuning uchun tarmoq uskunalari, shuningdek tarmoqlarni rejalashtirish, barpo etish, texnik xizmat ko'rsatish va optimallashtirish sanoatda tatbiq etishning nihoyatda xilma-xil variantlari ko’lami talablariga javob berishi kerak. Natijada, aloqa operatorlari va provayderlari sanoat muammolarini chuqur anglash asosida birgalikda faoliyat yuritishlari va innovatsion yechimlarni joriy etishlari zarur.

Uchinchidan, 5G qurilmalarining yuqori samarali sanoat ekotizimi asosiy rol o'ynaydi. “Huawei” hisob-kitoblariga ko’ra, 5G modullarining o'rtacha narxi 2020 yil oxiriga kelib taxminan 100 AQSh dollarni tashkil etadi, ikki yildan so’ngra esa ularning narxi 40 AQSh dollariga tushadi, bu 5G qurilmalari ekotizimini sezilarli darajada boyitadi.

To'rtinchidan, aloqa operatorlari biznesga yo'naltirilgan 5G bozorlariga xizmat ko'rsatish uchun yangi imkoniyatlarni ishlab chiqishi kerak. 5G texnologiyasi raqamli transformatsiyaning muhim elementidir, ammo bu o'z-o'zidan kompleks yechim emas. Shu sababli, ulanish imkoniyatidan tashqari, telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari bulutli operatsiyalar, sanoat dasturiy tarmoqlarini ishlab chiqish va to’g’ridan-to’g’ri tizimli birlashtirish kabi sohalarda qator bir-biriga yaqin imkoniyatlarni yaratishi kerak. Hozirgi kunda ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun korporativ bozorda kompleks yechimlarning jiddiy tanqisligi kuzatilmoqda.

Aloqa operatorlari ushbu xizmatlarni taqdim etishda yutuqli holatga ega. Ulanish texnologiyalariga e'tibor qaratish orqali ular mavjud tarmoq yechimlari ehtiyojlarini qondira olmaydigan bozorlarda aloqa xizmatlarini yetkazib beruvchisi sifatida o'z mavqelarini mustahkamlashlari mumkin. Agar bunga qo'shimcha ravishda, aloqa operatorlari bulutli yechimlarni ishlab chiqib, integratsiya imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlasa, ular bulutli xizmatlar, aloqa va integratsiya xizmatlarining to'liq to'plamini taqdim etishlari mumkin bo’ladi. Har bir vazifa turli xil tarmoq funksiyalariga o’z talablarini qo’yadi va “Huawei” operatorlarga kerak bo'lganda texnik yechimlarini o'zgartirishga yordam berish orqali sa'y-harakatlarini ikki baravargacha oshiradi.

"Keyingi o'n yil ichida 5G turli sohalarga yanada sezilarli qiymat olib keladi, - dedi Ken Xu. - Bu telekommunikatsiya sanoatining yangi jadal rivojlanish davri boshlanishini anglatadi. Oldinga qarab harakatlanishda biz qator qiyinchiliklarni yengishimiz kerak bo’ladi va har bir qo’yilgan qadam muayyan o'zgarishlarni talab qiladi. Men eng qiyin vazifalar ustida yana ham ko'p ishlash kerakligiga qat'iyan ishonaman. Zero, bunda muvaffaqiyat qozonilganda, aqlbovar qilmaydigan natijalarni ko’rasiz. Biz innovatsiyalar chegaralarini kengaytirish va barcha uchun yanada yetuk kelajakni barpo etish yo’lida aloqa operatorlari, korporativ mijozlarimiz va sanoatdagi sheriklarimiz bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz va bunga tamoman tayyormiz".

MBBF 2020 haqida

2020 yilgi Keng polosali uyali aloqa Xalqaro forumida “Huawei” kompaniyasi global sanoat tendentsiyalari haqidagi qarashlari bilan o'rtoqlashib, bu yerda butun dunyodan to’plangan aloqa operatorlari, regulyatorlar, sheriklari va OAV tahlilchilari bilan dolzarb mavzularni muhokama qildi. Bu ularga 5G va Sun’iy intellektdek innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari turli sanoat korxonalari va butun jamiyat uchun qanchalik dolzarb bo'lishi mumkinligini tushunib yetishiga imkon berdi. Batafsil: https://www.huawei.com/minisite/mbbf2020/en/.

“Huawei" kompaniyasi

Huawei kompaniyasi infokommunikatsiya va infratuzilma yechimlari hamda aqlli qurilmalarning jahondagi yetakchi provayderidir. Uning asosiy ish yo'nalishlari telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari, aqlli qurilmalar va bulutli xizmatlardir. “Huawei” raqamli texnologiyalarni ham biznes va hamda oddiy iste'molchilarga taqdim etishga intiladi va shu tariqa intellektual, mukammal aloqa dunyo yaratilishini yaqinlashtiradi.

“Huawei”ning keng qamrovli portfelidagi mahsulotlar, yechim va xizmatlar yuqori darajada ishonchli va raqobatbardoshdir. “Huawei” ekotizim sheriklari bilan ochiq hamkorlik yuritish orqali o'z mijozlari imkoniyatlarini kengaytirish bilan tijorat salohiyatini yaratadi.
“Huawei” kompaniyasi o’z sarmoyalarining sezilarli qismini global taraqqiyotga hissa qo’shuvchi fundamental tadqiqotlar o’tkazilishiga yo’naltiradi. Dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida kompaniyaning 188 mingdan ortiq xodimi ishlaydi. “Huawei” - 1987 yilda tashkil etilgan xususiy kompaniya bo’lib, u tamomila xodimlarining mulkidir.