Huawei o’z texnologiyalari yordamida dunyo bo’ylab insonlar salomatligini asrashga hissa qo’shmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei o’z texnologiyalari yordamida dunyo bo’ylab insonlar salomatligini asrashga hissa qo’shmoqda

2020.03.26

Huawei kompaniyasi dunyoning 170 ta mamlakatida va mintaqalarida oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda va bugungi kunda ushbu davlatlarning ayrimlarida, shu jumladan Oʻzbekistonda ham faoliyatining 20 yilligini nishonlamoqda. Koʻplab davlatlarning AKT infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish bilan Huawei kompaniyasi qiyin paytlarda ham ularning barqaror rivojlanishi va qoʻllab-quvvatlanishiga katta eʼtibor qaratmoqda. Koronavirus pandemiyasi sharoitida kompaniya zarur boʻlgan joylarga, ham texnologik, ham sof insoniy nuqtayi nazardan oʻz vaqtida yordam qoʻlini choʻzishga harakat qilmoqda.

Xitoyda COVID-19 jadal tarqala boshlagan, shifokorlar va barcha tibbiyot xodimlari qoʻli qoʻliga tegmay tinimsiz ishlagan vaqtda, koronavirus boʻyicha tashxis oʻtkazish uchun HUAWEI CLOUD bulutli yechimlariga asoslangan sunʼiy intellekt yordamga kelgan edi.

Oʻpkaga yetadigan jiddiy kasallik va uning rivojlanayotgan pnevmoniya fonida tez oʻzgarishi tufayli qisqa vaqt ichida koʻp martalab takroriy tekshiruvlar va tasvirlarni sinchkovlik bilan oʻrganish talab etiladi va bu kompyuter tomografiyasi natijalarini tekshirish bilan shugʻullanadigan shifokorlarning ishini sezilarli darajada koʻpaytiradi. Xitoyda joriy etilgan tezlashtirilgan diagnostika xizmati bir necha soniyada bitta holat boʻyicha yakuniy natijani chiqarish uchun sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan Huawei Ascend seriyasiga oid mikrosxemaning kuchli hisoblash imkoniyatlaridan foydalanadi. “Sunʼiy Intellekt + Shifokor koʻrigi” yechimi tasvirlarni qoʻlda miqdoriy baholashdan oʻn baravar tezroq boʻlib, bu tashxisning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.


(HUAWEI CLOUD asosidagi COVID-19 diagnostika tizimi, Ekvador)

Yaqinda, sunʼiy intellektga ega Huawei bulutiga asoslangan xuddi shunday COVID-19 yordamchi diagnostika tizimi Ekvadordagi ikkita umumiy shifoxonada ham oʻrnatildi.

Huaweiʼning video-konferensiyalar tizimi shifokorlarga butun dunyo boʻylab shifokorlarni birlashtirishga, shuningdek epidemiya bilan kurashish boʻyicha vaziyat markazlari rahbarlariga selektorli video-yigʻilishlarni oʻtkazishga imkon beradi. Shu kunlarda Huawei tomonidan bepul taqdim etilgan video-konferensiya aloqalari tizimlari Pokistonda, Keniyada, shuningdek, Oʻzbekistonda ham bosh idoralar, institutlar va sogʻliqni saqlash vazirliklarini bir-biriga bogʻlashga imkon berdi.

(Xitoylik hamkasblar bilan masofaviy video-yigʻilish)

Yaqinda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida oʻrnatilgan asbob-uskunalar asosida xitoylik mutaxassislar bilan mamlakatda virus tarqalishining oldini olish masalalarini muhokama qilish uchun masofaviy aloqa oʻrnatildi. Shuningdek, Huawei mutaxassislari tez tibbiy yordam xizmatining call-markazi, Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi va Toshkent shahridagi Virusologiya instituti oʻrtasida video aloqani yoʻlga qoʻyishga yordam berdi.

(Cloud Link aqlli doskasi)

            Shu kunlarda taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash va oʻquv jarayonini barcha taʼlim muassasalari yopilishiga qaramay barchaning taʼlim olishini taʼminlash juda muhimdir. Taʼlimni sinf xonasidan tashqarida ham olish imkoniyati paydo boʻlganiga ancha vaqt boʻlgan va hozirda masofadan olish ancha rivojlangan va shu bilan birga u yanada qiziqarliroq boʻlishi ham mumkin. Xozirgi kunda Huawei kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ochilgan International House litseyida “aqlli” oʻquv xonasi asosida litsey oʻquvchilarini masofadan turib oʻqitish amalga oshirilmoqda va Uzreport telekanali tomonidan barcha xohlovchilar uchun televizion darslar berib borilmoqda.


(Huawei kompaniyasining International House litseyidagi aqlli oʻquv xonasi)

            Oʻzining ijtimoiy masʼuliyatini ado etish Huawei kompaniyasida har doim birinchi oʻrinda turadi. Koʻpgina mamlakatlarda, kompaniya har tomonlama oʻzining yordamini taqdim etish va koʻmaklashishga harakat qilib kelmoqda. Bular qatorida uning Yaponiya va Oʻzbekistonda Ucell aloqa operatori bilan hamkorlikda insonparvarlik yordami koʻrinishida niqoblar taqdim etgani yoki Yangi Zelandiya klubi futbolchilari uchun Wi-Fi 4G mobil ulanish nuqtalarini taqdim etgani, yoki tibbiyot muassasalarini texnologik jihozlagani yoki oʻz xodimlarining xavfsiz ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratib bergani kabi ishlarni sanab oʻtish mumkin.

“Huawei kompaniyasi 170 ta mamlakatda oʻz faoliyatini amalga oshirish bilan butun dunyo boʻylab mahalliy jamoalarga epidemiya tarqalishi davridagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda va aholini oʻzining texnologik yechimlari bilan qoʻllab-quvvatlash uchun davlat idoralari, aloqa operatorlari va tibbiyot idoralari bilan yaqindan ish olib bormoqda. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, korxona boshqaruvi kabi sohalar hozirda masofadan turib ishlashni taʼminlash uchun doimiy aloqaga avvalgidan ham koʻproq ehtiyoj sezmoqda va biz buni taqdim etishga qodirmiz. Bizning Huawei kompaniyamiz bugungi kunda butun dunyoda oʻzining ijtimoiy faolligini namoyish etishda oʻzi uchun uchun belgilab olgan shioriga amal qilgan holda, barchaga “salomat boʻlishlarini va aloqada qolishlarini tilayman” –  deb taʼkidladi, Huawei Uzbekistan PR-direktori Davron Azizov.