Huawei butun dunyo bo'ylab HiCampus innovatsion yechimini ishga tushirmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei butun dunyo bo'ylab HiCampus innovatsion yechimini ishga tushirmoqda

2020.05.08

Huawei kompaniyasi korxonalarga butun dunyo bo'ylab barcha kampuslarda simsiz ulanish, optik ulanish va intellektual xizmatlarni taqdim etuvchi Huawei 5G ilg’or texnologiyalari, optik uzatish va sun'iy intellektga asoslangan yangi innovatsion yechimni namoyish qildi. HiCampus tashkilotlarga takomillashtirilgan foydalanuvchi interfeysi, kam quvvatli energiya iste’moli va tezkor innovatsion xizmatlarni taqdim etuvchi beshinchi avlod tarmoqlarini yaratishda yordam berish uchun ishlab chiqilgan.

Huawei kompaniyasining korporativ yo’nalishidagi global marketing bo’limi rahbari, Tsyu Xeng: "Huawei kampus tarmog'ining faoliyatini sezilarli darajada yaxshilash uchun global miqyosda HiCampus yechimini yo’lga qo’ydi. Bu innovatsion imkoniyatlar, jumladan, kampuslarda simsiz ulanishni ta’minlash imkonini beruvchi 5G tomonidan quvvatlanuvchi AirEngine Wi-Fi 6 hisobiga amalga oshiriladi. Campus OptiX texnologiyasi sun’iy intellektga va Horizon raqamli platformasiga asoslangan, intellektual O&M xizmatlari bilan ta’minlovchi kampusdagi optik ulanishni taqdim etadi. HiCampus Huaweining 5G texnologiyalari, optik uzatish va sun'iy intellektdagi yetakchi afzalliklarini namoyon etadi. Ushbu texnologik yechim mijozlarga kampus hududida istalgan vaqtda va istalgan joyda yoqilgan Wi-Fi tarmog'idan 100 Mbit / s tezlikda bir tekisda foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa tarmoqning umumiy quvvat sarfini 30 foizga kamaytiradi va birgalikdagi ish samaradorligini 30 foizga oshiradi. Shunday qilib, ushbu innovatsiya korporativ kampuslarning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish imkonini beradi” – deya ta’kidlaydi.

Huawei Enterprise Group global marketing bo'limi prezidenti Tsyu Xen yangi HiCampus innovatsion yechimini namoyish etadi

To'liq simsiz ulanish: Huawei 5G texnologiyasi asosida ishlaydigan AirEngine Wi-Fi 6 seriyasidagi mahsulotlar barcha kampuslarda yuqori sifatli simsiz ulanishni ta'minlagan holda 10 Gbit /s tezlikda uzatishni, 10ms kutish vaqti va tarmoq standartiga nisbatan 20% ga kattaroq radius qamrab olinishini ta'minlaydi.

Huawei ichki va tashqi foydalanishning turli yo’nalishlarini qamrab oluvchi uch seriyada (AirEngine 8700, AirEngine 6700 va AirEngine 5700) jami 10 ta yangi Wi-Fi 6 (AP) ulanish nuqtalarini ishga tushirdi. AirEngine 8760 flagman mahsuloti radiointerfeys tezligini 10,75 Gbit / s gacha oshirish uchun 16T16R 5G texnologiyasi va 160 MGts o’tkazish polosasidan foydalanadi, bu esa tarmoqdagi standart unumdorlikni ikki barobar oshiradi. 5G texnologiyali intellektual antenna Huawei AirEngine Wi-Fi 6ga tarmoq standartiga nisbatan  20% ga kattaroq radius qamrab olinishi va 100% ko’proq signal barqarorligiga erishishga (o’sha joyda) imkon beradi.

Korxonalarning Wi-Fi tarmog'iga ulanishini ta'minlash uchun Huawei AirEngine Wi-Fi 6 seriyasi mahsulotlari 10 ms davomida 50 mks ni tashkil qiladigan va tarmoq standartidan past hisoblanadigan o’ta past uzilishga erishish uchun SmartRadio aloqaning chiqish liniyasi ilovalarini tezlashtirish texnologiyasidan (Huawei 5G mahsulotlarining yana bir asosiy komponenti) foydalanadi, va shu tarzda tarmoqning juda muhim xizmatlar uchun eng maqbul ishlashini kafolatlaydi. Rouming sohasida yo’qotishlarsiz eksklyuziv SmartRadio texnologiyalaridan foydalangan holda, yechim asosiy xizmatlar roumingidagi paketlarni umuman yo’qotilmasligini va kampusda xizmat ko’rsatish uzilishining oldini olish uchun 100% rouming tezligini ta'minlaydi.

Huawei AirEngine Wi-Fi 6 texnologiyasi shunchaki ulanish nuqtasidan ko’ra ko'proq narsani anglatadi. Bu keng miqyosda uzluksiz Wi-Fi 6 tarmog'ini kafolatlashi mumkin, bu esa mijozlarga kampus hududida misli ko'rilmagan, barqaror ishlovchi Wi-Fi tarmog'ini istalgan vaqtda va istalgan joyda  100 Mbit / s tezlikda ishlatish imkonini beradi.

To'liq optik tarmoq: Campus OptiX yechimi apparat zalidagi bo’shliqni va quvvat sarfini kamaytirib, tarmoq arxitekturasini soddalashtiradi, mijozlarga ekologik toza kampus tarmog'ini yaratishda yordam beradi.

Tarmoqdagi o'n yildan ortiq tajribasi va optik uzatish sohasidagi tan olingan yetakchilik sharofati tufayli, Huawei mijozlarga xizmat ko'rsatish talablariga javob beradigan kampus tarmoqlarini taqdim etishga intilmoqda. Bu kompaniyaga 2020-yilning yanvar oyida simli va simsiz ulanish infratuzilmasi toifasida iste'molchilarning birinchi raqamli tanlovi deb e’tirof etilib, Gartner Peer Insights nominatsiyasini olishiga imkon berdi. Campus OptiX tarmoq yechimi korxona ofislarida, o'quv muassasalarida, mehmonxonalarda, aeroportlarda va boshqalarda oddiy o’rnatiluvchi, uzluksiz rivojlanuvchi va intellektual boshqaruvli optik tarmoqlarni yaratishga imkon beradi. Ushbu yechim mijozlarga bulutli xizmatlar va intellektual qurilmalardagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda, kampusning innovatsion tarmoq arxitekturasida Huaweining yetakchi olamshumul optik ulanish texnologiyasini joriy qilish imkonni beradi.

Huawei Campus OptiX tarmoq yechimi keyingi o’ttiz yilda o’ta keng polosali kanalning imkoniyatlarini ta’minlash va korporativ xizmat ko’rsatish ehtiyojlarini qondirish uchun optik arxitekturani va o’ta katta sig'imli IP kommutatorlari va AirEngine Wi-Fi 6 seriyasi mahsulotlari (optik portli) kabi IP tarmoq afzalliklarini birlashtiradi, bu esa ushbu sohada misli ko'rilmagan hodisa sanaladi. To'liq optik tarmoq arxitekturasi agregatlash darajasisiz, kam quvvatli uskunalar zallaridagi yechim uchun zarur bo'lgan bo’shliqni sezilarli darajada qisqartiradi va tarmoqning umumiy energiya iste'molini an'anaviy kampuslarga nisbatan 30 foizga kamaytiradi. Huaweining flagman markaziy kommutatorining kommutatsiya qobiliyati muqobil qurilmalarga qaraganda olti baravar yuqori. Korxonalarga xizmat ko'rsatish ehtiyojlarini qondirgan va investitsiyalarning qaytarilishini himoya qilgan holda, imkoniyatlar yanada kengaytirilishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu innovatsion yechim tarmoq muhiti sifatida optik tolalarni ishlab chiqaradi. Kremniy dioksiddan tayyorlangan tolalar mis simlarga qaraganda ancha chidamli va ekologik toza.

To'liq intellektual xizmatlar: sun’iy intellektga asoslangan tarmoq boshqaruvi yuqori samarali foydalanish va texnik xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi, buning sharofati bilan bitta texnik  mutaxassis butun kampus tarmog'iga xizmat ko'rsatishi mumkin. Horizon raqamli platformasi ilova innovatsiyalarini tezlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish uchun yagona kampus ssenariysidan umumiy darajaga yangilanishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

HiCampus yechimi kampusdagi turli xil qurilmalarni markazlashtirilgan boshqarish va xizmat ko'rsatish, o'tmishdagi tarmoq harakatlarini tahlil qilish va modellarni o’rganish asosidagi radio chastotalarni (RF) avtomatik optimallashtirish uchun  sun’iy intellektga asoslangan birxillashtirilgan boshqaruv platformasi bo’lgan eSight-dan foydalanadi.. eSight yordamida mijozlar 10 daqiqa davomida 85% dan ortiq xatolarni topishlari va aniqlashlari mumkin bo’ladi, bu esa foydalanish va xizmat ko'rsatish samaradorligini 80% ga oshiradi.

Tarmoq uzilishini qisqartirish maqsadida, Huawei AirEngine Wi-Fi 6 atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarni to’g’ri aniqlay oladigan mustaqil radiozondlardan va butun tarmoq uchun sun’iy intellektga asosangan intellektual O&M ni ta’minlash uchun iMaster NCE tizimidan foydalanadi. Ushbu jarayon oxir-oqibat real vaqt rejimida tarmoq sifatini kuzatib borish va qaytarilish chastotasini pasaytirish uchun tarmoqni avtomatik ravishda optimallashtirishga imkon beradi. Shu asnoda, bitta texnik mutaxassis butun kampus tarmog'i faoliyatini ta’minlab turishi mumkin.

Kampusning kelgusidagi yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash uchun operatsiyalarda ovoz, yuz, tasvirni aniqlash, shuningdek avtonom haydash, ma'lumotlarni tahlil qilish va bilimlar jadvali kabi texnologiyalar birlashtiriladi. Bularning barchasi belgilangan talablar bo’yicha ma'lumotlarning, AT xizmatlari tizimlarining yaxlitligini va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. Horizonning kampuslar uchun raqamli platformasi 10 ta yangi texnologiyalarni, jumladan sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va Internet buyumlarni biznes aktivlari, integratsiya va mijozlarga muvaffaqiyatli xizmat ko'rsatish natijasida to'plangan ma'lumotlarni qamrab oluvchi yuzlab xizmatlarni taqdim etadi, bu esa xizmat ko’rsatishdagi innovatsiyalar tezligini va kampus faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shunday qilib, sinalgan innovatsiyalar tufayli, Horizon platformasi umumiy energiya iste’molini 10 foizga pasaytirgan holda hamkorlikdagi ish samaradorligini 30 foizga va boshqaruv samaradorligini ham 30 foizga oshirdi.

Huawei ma'lumotlariga ko'ra, dunyo yalpi ichki mahsulotining 80 foizidan ortig'i va innovatsiyalarning 90 foizdan ortig'i kampuslarda ro'y beradi; shu sababli kompaniyaning asosiy maqsadi: kampuslarni raqamli dunyoning poydevoriga aylantirish. HiCampus yechimidan foydalanish orqali Huawei mijozlarga eng maqbul tajribalarga, ekologik toza operatsiyalarga, moslashuvchan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va xizmat ko’rsatishga erishishda yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida ekotizim bo'yicha sheriklar bilan birgalikda ishlaydi.