Hisoblash quvvatlaridan hamma yerda foydalanish – intellektual jamiyatning tamal toshi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Hisoblash quvvatlaridan hamma yerda foydalanish – intellektual jamiyatning tamal toshi

2020.04.17

Rossiya, Moskva – 2020 yil 2 aprel: Hisoblashlar va aloqa negizidagi texnologiyalar ulkan qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Tez orada bu texnologiyalar yangi dunyo uchun asos soladi, bu dunyoda barcha qurilmalar atrofdagi yuz berayotgan hamma narsani qabul qiladigan, o’zaro bir-biri bilan aloqada bo’ladigan va intellektga ega bo’ladi . Hisoblash quvvatlaridan hamma yerda foydalanish mumkinligi kelajak dunyosini qurish uchun tamal toshi bo’lib qoladi. Industriya vakillarining fikriga ko’ra kompyuterda hisoblash tarmoqlarining rivojlanishini faqat hisoblashlarning diversifikatsiyalangan ekotizimini shakllantirishga ko’maklashish orqaligina tezlashtirish mumkin.

Birinchidan, hisoblash quvvatlaridan bemalol foydalanish mumkinligi – intellektual jamiyatning tamal toshidir. Aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan YaIM— har qanday mamlakat iqtisodiyoti holatining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanishi barchaga ma’lum. Analogiya bo’yicha yuqori texnologik mamlakatlarning rivojlanish bosqichlarini farqlash uchun aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hisoblash quvvatlari hajmi ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. Bugungi kunda yirik mamlakatlar va mintaqalarda hisoblash quvvatlari hajmi aholi jon boshiga 100 dan 2500 Gflop/s gacha o’zgarib turadi, bu esa intellektual jamiyat qurishning eng dastlabki bosqichlari uchun xosdir. Rivojlanish bosqichiga bunday mintaqalar faqatgina mazkur ko’rsatkich 10 ming Gflop/s dan oshgandagina kiradi.

Ikkinchidan, kompyuterda hisoblash tarmoqlarini rivojlantirishni tezlashtirish uchun hisoblash quvvatlarining diversifikasiyalangan ekotizimini qurish zarur. Intellektual dunyoda ma’lumotlarning tiplari va ularni qo’llanishning misli ko’rilmagan katta miqdordagi turli variantlari paydo bo’ladi. Shu munosabat bilan hisoblash quvvatlarining yanada diversifikasiyalangan arxitekturasiga (tuzilmasiga) zaruriyat paydo bo’ladi.

Hisoblash quvvatlarining rivojlangan diversifikasiyalangan ekotizimini muvaffaqiyatli qurish uchun asos soluvchi arxitekturaga innovatsion yondashuv va iste’molchilar, tarmoqning sheriklari va ishlab chiquvchilari o’rtasida o’zaro aloqani kuchaytirish zarur. Faqat shunday qilibgina qisqa muddatlarda ekotizimni kengaytirishga va kompyuterda hisoblashning barcha tarmoqlari uchun yangi harakatlantiruvchi kuchlarni ta’minlashga erishiladi.

Uchinchidan, hisoblash quvvatlariga investisiya kiritish innovatsiya faoliyatiga ko’maklashadi, iqtisodiy o’sishni kuchaytiradi va ko’plab millatlarning umumiy raqobatbardoshligini oshirib, odamlarning hayotini yaxshilaydi. Ko’plab mamlakatlarda o’tkazilgan vaziyat tahlili bunday investitsiyalar iqtisodiyotning rivojlanishini ikki usul bilan: mahalliy AKT tarmoqlarining rivojlanishini bevosita kuchaytirib va boshqa tarmoqlarning, shu jumladan ishlab chiqarish, tashish, energiya tizimi, chakana savdo va qishloq xo’jaligining innovatsiya faoliyatiga hissa qo’shib  jadallashtirishini ko’rsatdi.

Manba: https://www.huawei.com/ru/press-events/news/ru/2020/huawei_ubiquitous_computing_availability