“Huawei” va uning hamkorlari uy sharoitidagi simsiz keng polosali ulanishning yangi muvaffaqiyatli davriga kirib bormoqda
[Onlayn-konferentsiya, 22 iyul 2020 y.] “4G/5G FWA (Fixed Wireless Access - Statsionar simsiz ulanish) Texnologik forumi” muvaffaqiyatli bo’lib o’tdi, unda Global Mobil aloqa provayderlari uyushmasi (GSA) vakillari, chipset, modullar va terminallarning yetakchi ta’minotchilari, operatorlar va tahliliy agentlik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Huawei” sohadagi 20 ta hamkor tashkilotlari bilan birgalikda “4G/5G FWA Texnologik forumi”ni 4G va 5G FWA texnologiyalarini jadal rivojlanishini birgalikda qo'llab-quvvatlash bo’yicha sanoat va ekotizim sheriklarini birlashtiradigan platforma sifatida e'lon qildilar.
Keng polosali tarmoq raqamli iqtisodiyotning tayanchidir. 2019 yilga kelib, dunyo aholisining deyarli 50 foizi hali ham Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas edi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yo’lida keng polosali aloqa masalalari bo’yicha komissiyasini 2025 yilga borib raqamli tafovutni yengib o'tish uchun dunyo aholisining "qolgan yarmi bilan aloqa o'rnatish" mavzusiga e'tibor qaratgan holda maqsadli ko’rsatkichlarni joriy etishga undadi. 4G/5G FWA butun dunyo bo'ylab keng qo'llanilib kelinmoqda, bu Internetga ishonchli va arzon narxlarda keng polosali ulanish imkoniyatini beradigan texnologiya hisoblanadi. 2019 yilga kelib, FWA 4G va 5G 100 milliondan ortiq foydalanuvchilarni birlashtirdi.
Bu FWA sanoatida chuqur texnologik hamkorlikni rivojlantirish uchun maxsus platformani yaratish muhimligidan dalolat beradi. Shuningdek, forum doirasida “Huawei” va uning sohadagi hamkorlari, jumladan ASR, Atel, Esound, Fibocom, FROG, GOSUNCN, HAIOT, Lintron, MaxComm, MobiWire, MOBOT, Neoway, NOTION, QUECTEL, Sequans, Tigercel, TozedKangwei, UNISOC va Zmtel tomonidan qo'shma deklaratsiya chiqarilishi qo'llab-quvvatlandi. Unga binoan forum quyidagilarni amalga oshirishga imkon yaratadi:
- Tarmoqdagi tendentsiyalar yuzasidan tajriba almashish, texnik rivojlanish yo'nalishlarini aniqlash, muvaffaqiyatli tajriba to'plash va biznes vazifalarni hal qilish.
- Simsiz keng polosali ulanishlarning yuqori unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan 4G va 5G FWA texnologiyalarini takomillashtirish.
- Soha ekotizimini yaxshilash va biznesning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlash uchun FWA-yechimlar provayderlari va uyali aloqa operatorlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
- FWA sanoatining muvaffaqiyatini dunyo aholisining "qolgan yarmi bilan aloqa o’rnatish" maqsadida har kimga, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, keng polosali tarmoqqa ulanishini tezlashtirishda ko’maklashish.
Qolaversa, forumda 4G/5G FWA Sanoat katalogi taqdim etildi. U provayderlar va operatorlar o'rtasida mahsulot bo’yicha ma'lumotlar almashinuvini soddalashtirish uchun asosiy FWA-provayderlar va ularning qo’llanilishi to'g'risidagi asosiy ma'lumot materiallarini birlashtiradi. Forum ishtirokchilari FWA industriyasi, hamda texnologik tendentsiyalar va texnik xususiyatlar haqida fikr almashdilar. Ular xarajatlarni kamaytirish bilan birga tadqiqot faoliyati samaradorligi va mahsulot unumdorligini doimiy ravishda oshirishga yanada kattaroq tayyorgarlik va hamjihatlikka da’vat etdilar.
WTTx mahsulotlar liniyasining bosh direktori Chjan Yiqu nutqi davomida shunday dedi: "Dunyo aholisining qariyb 50 foizi hanuzgacha Internet qamrov zonasidan tashqarida. Bu ham katta qiyinchiliklar va hamda ulkan bozor potentsialidan dalolat beradi. Yechimlarni ishlab chiqish uchun butun sanoatning birlashishi talab etilmoqda". 4G/5G FWA Texnologik forumi orqali “Huawei” 4G va 5G FWA tarqatilishini tezlashtirish va dunyo aholisining "qolgan yarmi bilan aloqa o’rnatish " yo’lida sheriklar bilan hamkorlik qila olishidan xursand. Bu FWA sanoati uchun uy sharoitida simsiz keng polosali ulanishning yangi davrida katta yutuq bo'lib qoladi".