“Huawei AirPON” Internetga keng tarmoqli ulanish bo’yicha 2020 yil Umumjahon forumida “Internetga statsionar ulanish uchun eng mukammal yechim” mukofotiga ega bo’ldi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei AirPON” Internetga keng tarmoqli ulanish bo’yicha 2020 yil Umumjahon forumida “Internetga statsionar ulanish uchun eng mukammal yechim” mukofotiga ega bo’ldi

2020.10.15

Shenjen, Xitoy, 15 oktyabr 2020 yil – “Huawei AirPON” yechimi uy tarmog'ining yuqori sifatini ta'minlaydigan va uyali aloqa operatorlariga statsionar ulanish tarmoqlarini o’rnatish imkoniyatini beradigan innovatsion xususiyatlarga ega. Ushbu afzalliklari evaziga “AirPON” Internetga keng tarmoqli ulanish bo’yicha 2020 yil Umumjahon forumi (Broadband World Forum, BBWF 2020) onlayn mukofotlash marosimida “Internetga statsionar ulanish uchun eng mukammal yechim” nominatsiyasida mukofotni qo’lga kiritdi.

“Huawei” ushbu mukofotni ketma-ket ikkinchi yil olib kelmoqda: o'tgan yili kompaniya uni “SingleFAN Pro” yechimi uchun olgan edi. Sanoatdagi bu kabi izchil davom etayotgan e'tirof “Huawei”ning yetakchiligini mustahkamlaydi va keng polosali butunlay optik tarmoqlarda doimiy innovatsiyalarga sodiq bo’lib qolishini qo’llab-quvvatlaydi.

2020 yilda ilk bor tamoman onlayn tarzda o'tkazilgan BBWF forumi 19 yildan beri statsionar tarmoqlar sohasida har yili o’tkaziladigan asosiy ko’rgazma bo'lib kelmoqda. “Internetga statsionar ulanish uchun eng mukammal yechim” mukofoti - BBWF tomonidan beriladigan eng muhim mukofot. U Internetga statsionar ulanish sohasini rivojlantiruvchi hamda yakuniy foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydigan yechimlarni rag'batlantirish uchun mo'ljallangan.

Statsionar va mobil aloqaning konvergentsiyasi (birlashishi) hamda optik tolali tarmoqlarning tezlashtirilgan barpo etilishiga yo'naltirilgan biznes tendentsiyalarini chuqur tahlil qilib, 2020 yil fevral oyida “Huawei” Londonda “AirPON” yechimini rasman ishga tushirdi. Bu uchta asosiy innovatsion afzalliklar bilan tavsiflanadi: saytlarni harajatsiz qidirish imkoniyati hamda optik tolalarni birlashtirish va uzluksiz aloqa uchun harajat bo’lmasligi. Ushbu yechim operatorlarga sarflangan mablag’larning qoplanishidagi uzoq muddatlar, optik tolali tarmoqlaning sekin o’rnatilishi hamda foydalanuvchilarga barqaror bo’lmagan sifatdagi xizmat ko’rsatish kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi.

“Huawei Network”ning ulanish tarmoqlari uchun mahsulotlar lineykasi prezidenti Jefri Chjou: “Statsionar va mobil moslamalarning konvergentsiyasi (birlashishi) sanoatda keng tarqalgan, optik tolalar esa eng muhim infratuzilma hisoblanadi. “Huawei AirPON” yechimi mobil aloqa operatorlariga optik tolali tarmoqlarni samarali va tejamkor ravishda barpo etishga yordam beradi hamda FTTH keng polosali aloqaning optimal sifatini ta'minlaydi. BBWFning statsionar ulanish bo’yicha eng mukammal yechim mukofotini qo’lga kiritish katta sharaf. “Huawei” yanada keng ko'lamli hamkorlik va qo'shma innovatsiyalarga umid qilib qoladi, zero biz global operatorlarga biznesda yanada ulkan yutuqlarga erishishda yordam berishda davom etmoqdamiz”, deya qayd etdi.

Rasmiy ishga tushirilgandan bor-yo’g’i 6 oy o'tgach, “Huawei AirPON” yechimi ushbu sohada allaqachon tan olinib, butun dunyo bo’ylab milliondan ziyod uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi 45 dan ortiq operatorlar tomonidan qabul qilindi. Kelgusida, Internetga tamoman ulangan intellektual dunyoni tezroq barpo etish uchun “Huawei” sanoatdagi sheriklari bilan hamma joyda optik tolali ulanishlarni o'rnatishda davom etadi.