“Huawei”ning Moskvadagi "Raqamli hamjamiyat - 2020" konferentsiyasida AKT yutuqlari va sohada hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei”ning Moskvadagi "Raqamli hamjamiyat - 2020" konferentsiyasida AKT yutuqlari va sohada hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi

2020.09.10

Moskva, Rossiya - 30 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Moskvada “Huawei”ning “Raqamli hamjamiyat 2020” (Huawei Digital Community Conference 2020 yoki HDCC 2020) nomli keng ko'lamli konferentsiyasi bo'lib o'tadi. HDCC 2020 - bu “Huawei” tomonidan Rossiyada shu paytgacha kompaniya tomonidan ushbu mamlakatda o'tkazilgan AKT sohasidagi eng yirik tadbir bo'lishi kutilmoqda. Anjumanda kompaniya vakillari “Huawei”ning Yevrosiyo mintaqasidagi strategiyasi va Rossiyada aloqa, hisoblash va bulut texnologiyalari, shuningdek terminal qurilmalari sohasida tarmoqdagi hamkorlik natijalari haqida o’rtoqlashadilar.

HDCC 2020 shuningdek, tashrif buyuruvchilar soha mutaxassislari bilan aloqa o'rnatishi, potentsial hamkor va mijozlar bilan yangi biznes imkoniyatlarini o'rganishi va sanoat ko’lamida qo’llanilishi uchun AKT-innovatsiyalarini o'rganishi mumkin bo'lgan ochiq maydon bo’lib xizmat qiladi.

Tadbirning asosiy mavzusi - "Yagona raqamli kelajak hamjamiyati"ni yaratish. “Huawei” strategiyasi mazkur nomga ega bo'lib, uning doirasida kompaniya rossiyalik sheriklari bilan yaqin hamkorlik qilish orqali Rossiyada xavfsiz va mustaqil sanoat ekotizimini barpo etishda ishtirok etish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishni tezlashtirishga ko’maklashish rejalashtirilmoqda.

“Huawei” konferentsiyasining "Raqamli hamjamiyat 2020" dasturiga kompaniya rahbariyati, Rossiya biznes va hukumat vakillarining ma’ruzalari, shuningdek AKT sohasi va raqamli iqtisodiyotning ayrim jihatlari - "Raqamli iqtisodiyot", "Aloqa texnologiyalari", "Hisoblash texnologiyalari", "Mobil terminallar" kabilarning muhokamasiga bag’ishlangan tematik forumlar o’tkazilishi kutilmoqda. Taklif qilingan ma'ruzachilar orasida “Huawei” bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan Rossiyaning yirik kompaniyalari vakillari – “Yandex”, “Sberbank”, “QIWI”, “Kasperskiy laboratoriyasi” kabilar joy olgan.

Oflayn tadbirga qo'shimcha ravishda HDCC 2020 dasturining jonli efiri ham ishga tushiriladi. Uning interaktiv xususiyatlari asosida tomoshabinlar barcha sessiyalar, ko'rgazma va konferentsiyalarda to'liq shaklda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

“Huawei”ning Yevrosiyo mintaqasidagi prezidenti Eyden Vu aytishicha, "HDCC 2020 - bu mijozlarimiz va sheriklarimizga raqamli transformatsiyalar bilan bog’liq o'zgarishlarda eng to’g’ri yo’nalish tanlay olish, sanoat ekotizimining rivojlanishini tezlashtirish uchun tajriba almashish hamda birgalikda ishlashga da’vat etuvchi ochiq platformadir".

“Huawei”ning Rossiyadagi operatorlik biznesi bosh direktori Chjao Ley konferentsiyasining asosiy mavzularidan biri - FN5G statsionar aloqa texnologiyasi haqida gapirib berdi. “Barchaga ma’lum va mashhur bo’lishga ulgurgan 5G texnologiyasidan tashqari, konferentsiyada biz beshinchi avlod statsionar aloqa vositasi - FN5G haqida batafsil to’xtalamiz. FN5G - 5G tarmoqlari uchun asos bo'lib xizmat qiladi, u uylarda va korxonalarda kafolatlangan SLA xizmatlarini taqdim etib, shu bilan intellektual jamiyat paydo bo'lishiga imkon yaratadi, - dedi janob Ley. – Aloqa operatorlari bilan biz yangi avlod telekommunikatsiya infratuzilmasi asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarini raqamlashtirishni jadallashtirish imkoniyatlarini batafsil muhokama qilamiz".

“Huawei”ning “Raqamli hamjamiyat 2020” konferentsiyasi “Hyatt Regency Moskva Petrovskiy Park” biznes-mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Tadbir haqida ko'proq ma'lumot olish va uning kun tartibi bilan tanishish uchun konferentsiyaning rasmiy saytiga murojaat qiling: https://hdcc2020.huawei.ru/. Tadbirning onlayn-translyatsiyasiga ham rasmiy sayt hamda Huawei Russia  Youtube kanali va kompaniyaning “Facebook” va “ВКонтакте”dagi rasmiy sahifalari orqali qo'shilish mumkin bo'ladi.