Go Pin (Guo Ping) bayonoti: Tijorat yutuqlarini mustahkamlash uchun 5G salohiyatini ochib berish
[Shenchjen, Xitoy, 27-iyul 2020-y.] Better World Summit birinchi sammitining ochilish kunida, Huawei direktorlari kengashi raisi Go Pin (GuoPing) besh muhim texnologik sohalar o‘rtasidagi sinergiya tijorat muvaffaqiyatlariga erishish uchun 5G butun salohiyatini ochib berishga qanday yordam ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi. ChinaTelecom, Etisalat, MTN, GSMA va 3GPP/ETSIdan taklif etilgan ma'ruzachilarga shuningdek, hozirgi vaqtda hamda koronavirus infeksiyasi epidemiyasidan keyin ham jahonda yangi iqtisodiy o‘sishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qay tarzda yordam ko‘rsatishi mumkinligini o‘rganish maqsadida 80 dan ziyod mamlakatdan bir necha ming onlayn-tomoshabinlar ham qo‘shildilar.

Texnologiyalar yordamida pandemiyaga qarshi kurashishda birgalikdagi harakatlar
Pandemiya bizning hayot va ish tarzimizni o‘zgartirib yubordi hamda jahon iqtisodiyotiga og‘ir zarba yetkazdi. Baxtimizga, AKT juda ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha COVID-19ga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatish uchun muayyan vositalar to‘plamini taklif qilmoqda.
“AKT sohasida faoliyat ko‘rsayotgan kompaniya sifatida biz ushbu pandemiyani to‘xtatish va uni ustidan g‘alaba qozonish imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalanish uchun mas'ulmiz”, - deya tushuntiradi Go, “Biz hamkorlarimiz va mijozlarimiz bilan birgalikda, barcha tipdagi operatorlar va korxonalarni ham qo‘shgan holda, hamjamiyatlarimizga ijobiy ta'sir ko‘rsatish maqsadida texnologik qarorlardan foydalanishimiz zarur”.
"Avvalgi “qaynoq nuqtalardagi” ish tajribamizga tayangan holda, biz pandemiyaga qarshi kurashda AKT-texnologiyalardan foydalanadigan to‘qqizta qaror ssenariysini ishlab chiqdik. Bunda so‘z kasalxonalar tarmog‘ini kengaytirish, masofadan maslahatlar berish, onlayn-ta’lim yoki davlat va tijorat tuzilmalarinining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidami yoki boshqa masaladami, biz virusning tarqalishini to‘xtatish va iqtisodiyotni qayta yo‘lga qo‘yish harakatlariga doir o‘z tajribamiz va imkoniyatlarimiz haqida siz bilan o‘rtoqlashamiz”.
5G salohiyatini ochib berish: Beshta asosiy texnologik sohalarda sinergiya
Dunyoda 5G foydalanuvchilari hozirda 90 milliondan ortdi. “Modomiki, 5Gning global miqyoslarda keng yoyish o‘zining nihoyasiga yetib bormoqda ekan, biz uni tarmoqlarda qo‘llashga e’tiborimizni kuchaytirishimiz talab etiladi”, - deya izohlaydi Go. “ Bu bizga 5Gning butun salohiyatini ochib berishda yordam beradi”.
5G uchun biznes-model – bu aloqa sifatini oddiygina yaxshilashdan iborat emas. Qachonki 5G kabi texnologiyalar, hisoblashlar, bulutli qarorlar va SI (sun’iy intellekt) birlashtirilsa, ular bir birini kuchaytiradi va besh muhim texnologik sohada: aloqa, SI, bulutli qarorlar, hisoblash tizimlari va tarmoq ilovalarida ulkan imkoniyatlarga yo‘l ochib beradi.
"Huawei bu sohalarning har birida o‘zining kuchli tomonlari bilan ajralib turadi”, deya nutqini davom ettirdi Go. “Biz ularni uyg‘unlashtirish uchun mijozlarimiz va hamkorlarimizning noyob talablariga javob bera oladigan ssenariyli qarorlarni yaratishimiz mumkin, bu esa 5Gning butun salohiyatini ochib berishga va tijorat muvaffaqiyatlariga erishishga kalit bo‘lib xizmat qiladi”.
5G tijorat muvaffaqiyati uchun butun tarmoqlarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi talab etiladi. Vertikal tarmoq ilovalari unifikatsiyalangan tarmoq standartlari va qo‘shma ekotizimlar mavjud bo‘lgan holatdagina keng miqyoslarda amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. ”Olg‘a harakatlangan holda, Huawei hamkorlarimizni kerakli imkoniyatlar bilan ta'minlash bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarini yanada kuchaytiradi”,- tasdiqlaydi Go. “Biz qo‘shma innovatsiyalarni olg‘a suramiz va ishlab-chiqarish-sotish zanjirning barcha ishtirokchilari uchun o‘sishlarni rag‘batlantiramiz”.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlar muvozanati: Maksimal qiymat uchun aniq keng joriy etish
Goning ta’kidlashicha: “Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitlarini e'tiborga oladigan bo‘lsak, aloqa yetkazib beruvchilari ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli maqsadlarga e'tiborlarini qaratishlari talab etiladi. Yanada aniq kengaytirish ularga o‘z tarmoqlari qiymatini maksimallashtirish imkoniyatini beradi”. Huaweida bu masalada uch xil taklif mavjud.
- Birinchidan, operatorlar foydalanuvchilar bilan ishlash davomida ustuvorliklarni o‘z o‘rniga qo‘yishlari va mavjud tarmoqlar qiymatini maksimallashtirish uchun ular eng ko‘p talab etiladigan joylarga mablag‘larni yo‘naltirishlari kerak bo‘ladi.
- Ikkinchidan, operatorlar mavjud 4G va FTTx dan maksimal darajada foydalanishlari hamda ularni bir butun qilib muvofivlashtirish va aniq rejalashtirish orqali yangi 5G tarmoqlari bilan birlashtirishlari kerak bo‘ladi.
- Uchinchidan, 5Gni keng yoyish rejalarida “qaynoq nuqtalar” ustuvorligi va muhim tarmoq ilovalari aniq belgilab olinishi shart.
1-kun ma'ruzachilari
LyuGuytsin (LiuGuiqing), ChinaTelecom ijrochi vitse-prezidenti va ijrochi direktori, pandemiya sababli kelib chiqqan amaliy cheklovlarga javoban raqamli iqtisodiyotni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida ChinaTelecom o‘zining bulutli qarorlari va tarmoqlarini qay tarzda bir butun qilib birlashtirgani haqida aytib berdi. Shuningdek, Lyu Xitoyning yangi infratuzilmalarni yaratish va iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir strategik chora-tadbirlari va operatorning maqsadlari haqida ham gapirdi.
Xatem Bamatraf (HatemBamatraf), EtisalatInternational kompaniyasining texnik direktori, Etisalat kompaniyasining pandemiyaga qarshi kurashishda va iqtisodiyotni tiklashni rag‘batlantirishda AKTdan foydalanish bo‘yicha tajribalari haqida o‘rtoqlashdi.
BernisSemyuels (BerniceSamuels), MTN marketing direktori, postpandemiya davrida barcha uchun aloqa imkoniyatlarining afzalliklarini keng tatbiq etish maqsadida qanday qilib MTN raqamli transformatsiyalar jarayonini tezlashtirishi haqida aytib berdi.
Aleks Sinkler (AlexSinclair), GSMA texnik direktori, qanday qilib AKT yangi iqtisodiy riojlanishga yordam ko‘rsatishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Adrian Skreyz (AdrianScrase), 3GPP MCC rahbari va ETSI texnik direktorining ta’kidlashicha, tarmoqdagi hamkorlik uchun ochiq, shaffof, teng va xolisona muhit yagona standartlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etishi va butun dunyoda umumiy muvaffaqiyatlarga erishishda yordam berar ekan.
“Better World Summit” anjumani xitoy, ingliz, ispan, fransuz, rus, koreys, yapon va arab tillarida to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilmoqda. Yanada batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun mana bu yerga bosing.
