Toshkent shahar hokimligi Huawei yechimlari asosida “Raqamli Toshkent”ni yaratish imkoniyatlarini oʻrganmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Toshkent shahar hokimligi Huawei yechimlari asosida “Raqamli Toshkent”ni yaratish imkoniyatlarini oʻrganmoqda

2020.09.22

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Sardor Abdullayev boshchiligidagi poytaxt hokimligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi innovatsion va integratsion yechimlari markaziga tashrif buyurdi.

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilida 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, aholi turmushining sifatini barqaror tarzda oshirish, shuningdek, tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun qulay sharoitlar yaratish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan “Raqamli Toshkent” nomli majmuaviy dastur tasdiqlangan boʻlib, uni amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi qoshida raqamli rivojlanish Departamenti tashkil qilingan.

Poytaxtni raqamlashtirishga oid majmuaviy dastur ijrosida davlat organlari va aholi orasidagi muloqotni tezlashtirish va yengillashtirishga qodir boʻlgan raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarning qoʻllanishi koʻzda tutilgan. Poytaxtning raqamli transformatsiyasi boʻyicha eng zamonaviy va samarali yechimlar bilan tanishish maqsadida, Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sardor Abdullayev boshchiligidagi poytaxt hokimligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi innovatsion va integratsion yechimlari markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar yoʻl harakatini huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan boshqarilishiga oid muammolarni bartaraf etish, harakat nazorati va boshqaruvini taʼminlash, shuningdek, tigʻiz paytda yoʻllardagi tirbandlikni kamaytirishga qodir shahardagi xavfsiz va intellektual harakat uchun moʻljallangan yechimlar bilan tanishishdi. Yechimning demo-versiyasi misolida koʻplab algoritmlarga ega boʻlgan va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bir qator qoidabuzarliklarni qayd qila oladigan bulutli qurilmalarni qoʻllash hisobiga shahar yoʻllarida qoidabuzarliklar sodir etilishini qisqartirish imkoniyati oʻrganib chiqildi.

 Shu bilan birga, tashrif davomida Shenchjen shahrining bitta tumanidagi intellektual boshqaruv misolida shahar boshqarmasiga har xil idora va davlat tashkilotlaridan uzatiladigan katta xajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishga oid imkoniyatlar namoyish qilindi.

Koʻrgazma majmuasiga tashrif yakunlangach, hokimlik vakillari Huawei Uzbekistan rahbariyati bilan muzokaza oʻtkazib, avval joriy etilgan tizimlarni inobatga olgan holda, shahar boshqaruviga doir intellektual tizimlarni istiqbolda tatbiq etishning eng maqbul variantlarini muhokama qildilar.