Huawei kompaniyasi vakili Ketrin Chen: umumiy kelajak uchun o’zaro mas’uliyat

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi vakili Ketrin Chen: umumiy kelajak uchun o’zaro mas’uliyat

2020.07.29

[Shenjen (Xitoy), 29 iyul 2020 y.] Bugun, Huawei kompaniyasi katta vitse-prezidenti va direktorlar kengashi raisi Ketrin Chen “Better World Summit 2020” onlayn sammitida nutq so'zladi. Uning so'zlariga ko’ra, telekommunikatsiyalar sohasida tartibga soluvchi organlar COVID-19 pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan umumiy muammolarni birgalikda hal qilishi hamda har kimning o’z o’rni bo'lgan dunyoni yaratishga intilishi kerak.

Sammitda ma'ruzachilar qatorida Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa sektori (XEI), Mobil aloqa uchun global tizimlar assotsiatsiyasi (GSMA), Yevropa Raqobatdosh telekommunikatsiyalar assotsiatsiyasi (ECTA), Janubiy Afrika Aloqa va raqamli texnologiyalar departamenti, Tayland Raqamli iqtisodiyot va jamoatchilik bo'yicha milliy komissiyasi, Xitoy Axborot va aloqa texnologiyalari akademiyasi (CAICT), Internet sanoati nemis assotsiatsiyasi (ECO) va ADL vakillari ishtirok etdi.

Mazkur ma'ruzachilarga qo'shimcha ravishda, 80dan ortiq mamlakatdan minglab ishtirokchilar qo’shildi. Maqsad - soha siyosati raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga qanday hissa qo'sha olish, inqirozni yengib o'tish va barchaga keng va teng imkoniyatlar yaratadigan kelajakni birgalikda qay usulda qura olish mumkinligi yuzasidan bilimlarga ega bo’lish.

Catherine Chen BWS speech
Ketrin Chen nutqi chog’ida

Barcha uchun farovon kelajak ta'minlash uchun o’zaro kelishilgan holda harakat qilish kerak

Axborot texnologiyalari so'nggi 30 yil ichida insonlarning hayoti va ish faoliyatini sezilarli darajada soddalashtirib, jadal rivoj topdi. COVID-19 pandemiyasi raqamli infratuzilma texnologiyalar taraqqiyoti bilan hamqadam bo’la olmayotganligini namoyon etdi. XEI ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining yarmidan ko'pi hanuzgacha Internet va boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Turli mamlakatlarda iqtisodiy o'sish pasaygani tufayli, ularning hukumatlari iqtisodiyotni tiklash strategiyalariga qiziqishi ortib bormoqda. "Biz kelajakda dunyo yanada chambarchas o'zaro bog'liq, intellektual va innovatsion bo'lib borishiga ishonamiz, - dedi Chen xonim. - Avvalo, birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan har bir inson uchun keng va teng imkoniyatlarni taqdim etadigan barqaror dunyoni barpo etish yo’lida harakat qilishimiz kerak."

Iqtisodiyotni tiklash uchun “yuqoridan-pastga” yondoshuvini qo’llash hayotiy muhim, va shuning barobarida, ijodiy energiya hamda hayotiy kuchlarni “pastdan-yuqoriga” yo'naltirish zarur.

Ko'plab davlat va mintaqalar COVID-19 infektsiyasi va uning tarqalishi bilan muvaffaqiyatli kurashar ekan, ularning iqtisodiy faoliyati normallashib bormoqda. Ko'pgina hukumatlar iqtisodiyotni rag'batlantirishning turli rejalarini ishlab chiqdi, bunda AKT doimiy ravishda asosiy o’rinni egallaydi, albatta. Xitoyda “Yangi infratuzilma” rejasini tatbiq etish uchun bir trilliondan ortiq yuan ajratildi, ushbu mablag’lar keyingi besh yil ichida faqat 5G texnologiyasiga investitsiya qilinadi. Shu tariqa Xitoy raqamli iqtisodiyoti 15,2 trillion yuanga o’sishi va ichki iqtisodiyot tiklanishining jadallashuvi kutilmoqda. Qayd etish joiz, Yevropa Ittifoqi ham iqtisodiyotni tez sur’atlar bilan tiklash dasturini e'lon qildi va unga 1,1 trillion yevro ajratildi.

"Iqtisodiyotni jonlantirish uchun “yuqoridan-pastga” yondashuvini qo’llashimiz va buning barobarida ijodiy energiya hamda hayotiy kuchlarimizni “pastdan-yuqoriga” yo'naltirishimiz zarur" – deya qayd etdi Chen xonim. - Butun tarmoqning faol raqamlashtirilishi bilan bog'liq hukumat siyosati homiyligida har bir tarmoq raqamli texnologiyalar afzalliklaridan foydalanishi, faoliyat samaradorligini oshirishi va rivojlanishda davom etishi mumkin bo’ladi".

"Kelajak poydevori" dasturi - AKT tatbiq etilishi orqali ertangi muvaffaqiyatli kun uchun umid bag’ishlaydi

Tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan global raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarni qo’llashda ko'nikmalarning yetishmasligi o'rtasidagi tafovut tobora kengayib borayotgani borasidagi Jahon Bankining hisobotiga Chen xonim to’xtalar ekan, Huawei kompaniyasi o’zining "Kelajak poydevori" deb nomlangan ulkan global dasturini amalga oshirishda davom etayotganligini qayd etib o’tdi. 2008 yilda ishga tushirilgan mazkur dastur AKT sohasida joylarda istiqbolli mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bugungi kunga qadar 108 mamlakat va mintaqalardagi 400dan ortiq universitetlarning 3000dan ortiq talabalari ushbu dastur doirasida tahsil oldi. Pandemiya tufayli har qachongidan ham ko'proq ilg’or talabalarning ushbu dasturga onlayn ravishda qo’shilishi uchun imkoniyat yaratmoqdamiz. Raqamli texnologiyalar barcha yangi sohalarda keng qo'llanilayotganligi sababli, bu “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilga qadar mo'ljallangan rivojlanishining strategik maqsadlari”ga, ayniqsa iqlim o'zgarishi bilan bog'liq bo'lganlariga erishishiga yordam beradi.

Tadbir davomida boshqa ma'ruzachilar ham kelajakda farovon dunyoni barpo etish bo'yicha o’z mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.

  • Xalqaro tashkilotlar jumladan, XEI, GSMA assotsiatsiyasi va AECT yetakchi xodimlari global miqyosda yagona AKT standartlarini ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli integratsiyani jadallashtirish va ushbu yangi iqtisodiy normalarni qabul qilish to'g'risida fikr yuritdilar.
  • Tartibga soluvchi milliy organlar vakillari o'z taqdimotlarida ilg'or tajribalarga ko'proq e'tibor berdilar. Janubiy Afrika, Tayland, Xitoy va Germaniya tartibga soluvchi organlar vakillari hamda ko'plab sanoat birlashmalarining rahbariyati raqamli infratuzilmaga sarmoyalarni va sanoatning turli sohalarida raqamli o'zgarishlarni rag'batlantirish borasidagi olib borayotgan sa'y-harakatlari va siyosati haqida so’zlab berdilar.
  • Sammitda bir nechta yetakchi tahlilchilar raqamli iqtisodiyotning qo’shimcha samarasi real iqtisodiyotni jonlantirishda qanday yordam berishi borasida batafsil ma’lumot berdilar.

“Better World Sammit” xitoy, ingliz, ispan, frantsuz, rus, koreys, yapon va arab tillarida jonli efirda namoyish etildi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bu yerga bosing.