“Huawei” kompaniyasi sun’iy intellektning hisoblash va amaliy imkoniyatlari o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun “Ascend AI” dasturiy ta’minotini taqdim etdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“Huawei” kompaniyasi sun’iy intellektning hisoblash va amaliy imkoniyatlari o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun “Ascend AI” dasturiy ta’minotini taqdim etdi

2020.08.10

[Shenjen, Xitoy, 10 avgust 2020 yil] “Huawei Ascend Innovation” (HAI 2020) konferentsiyasida “Huawei” va uning hamkorlarining sun’iy intellekt imkoniyatlarini rivojlantirish yo’lidagi intilishlarida yangi bosqichni belgilab, “Ascend AI” dasturiy ta'minotini namoyish qildi. Ushbu nashr neyron tarmoqlar uchun hisoblash arxitekturasi (CANN) 3.0, “Ascend” uchun “MindX” ilovasini ishlab chiqish va qo’llash uchun “MindStudio” vositalar to'plamini o’z ichiga oladi. Dasturiy ta'minot portfeli asosiy dasturiy ta'minotni ishlab chiqishdan tortib, haqiqiy ma’lumotlarda qo'llagan holda sun’iy intellektni keng tarqatishgacha bo'lgan butun jarayonni qamrab oladi.   

“Huawei Ascend Computing Business” prezidenti Toni Xu ushbu nashrning maqsadi “sun’iy intellekt hisoblash quvvatini iloji boricha sodda, ishlatishda qulay va yuqori unumdorlikni ta’minlashdan iborat”, deya izohladi. Sun’iy intellekt qiymatini faqat sanoat tarmoqlari sun’iy intellekt hisoblash va amaliy imkoniyatlari orasidagi tafovut bartaraf etilgandagina anglab, amalda his etish mumkin bo’ladi. Ushbu maqsadni amalga oshirish sanoatning aksariyat  tarmoqlari, ishlab chiqaruvchilar va startaplarga ham foyda keltiradi. 

 

Toni Xu “HAI 2020” davomida chiqish nutqi bilan

“Huawei” kompaniyasining sun’iy intellekt asosidagi hisoblash yechimlari yuqori darajadagi hisoblash quvvati, ochiqlik, foydalanishdagi qulayligi, xavfsizligi va energiya harajatining kamligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu sun'iy intellekt yechimlari sog'liqni saqlash, transport, moliya, oliy ta'lim, ilmiy tadqiqotlar, astronomik tadqiqotlar, “aqlli shahar” va geologik qidiruv ishlari kabi sohalarda keng qo'llaniladi. 

CANN 3.0: Hisoblash arxitekturasining samaradorligi va unumdorligini qayta anglash 

Asosiy arxitektura apparat va dasturiy ta'minotni birlashtiradi hamda sun’iy intellekt hisoblash quvvati imkoniyatlarini aniqlashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. “Huawei” kompaniyasi “HUAWEI CONNECT 2018” asosida “CANN 1.0”ni taqdim etdi. “CANN 3.0” birlashtirilgan turli tarkibli hisoblash arxitekturasigacha yangilanishni nazarda tutadi.

“CANN 3.0” teskari o’zaro mos kelish xususiyatini qo’llaydi. “CANN”ni qurilmalar, chegara va bulutlar o'rtasidagi hamkorlik uchun hisoblash bazasi sifatida qo’llagan holda, korxonalar bitta kod to'plamini 10 dan ortiq qurilmalarni shakllantiruvchi omillar, 14 dan ortiq operatsion tizimlar va ko'p sonli sun’iy intellekt infratuzilmalari bo'ylab tarqatishlari mumkin bo’ladi. Bu sun’iy intellektni barcha stsenariylar uchun rivojlantirishga imkon beradi. Inklyuzivligidan tashqari, “CANN 3.0” foydalanishda yanada sodda va qulaydir. “Ascend CL” ishlanmalarning samaradorligini ta'minlagan holda, foydalanuvchi infratuzilmalar va operatorlariga ishlab chiqaruvchining qo’ygan  talablariga javob beradigan yagona dasturiy interfeysni taqdim etadi. “CANN 3.0” operatorlar uchun ishlanmaning ikkita rejimini taqdim etadi: TBE-DSL va TBE-TIK, bular to’liq unumdorlikni ta'minlab beradi. 

“CANN 3.0” raqobatbardosh imkoniyatlardan foydalanish evaziga sun’iy intellekt apparat ta’minoti unumdorligining salohiyatini to'liq ochib beradi. Ushbu funktsiyalarga “Ascend” uchun optimallashtirilgan 1000 dan ortiq operatorlarning yuqori samarali algoritmlar kutubxonasi, graflarning chuqur optimizatsiyasi, graflarning avtomatik ajratilishi va birlashtirishi hamda ma'lumotlarni uzatish kanallarini intellektual optimallashtirish kabilar kiradi. 

“CANN 3.0” bilan jihozlangan “Huawei Atlas” apparat ta’minoti yuqori moslashuvchan dasturiy va apparat ta'minot asosida bo'lib, asosiy ishlab chiqarish va o'rganish usullari bo'yicha tarmoqdagi analoglardan ustun turadi. Video stsenariylarda “Ascend ” chiplari asosida ishlaydigan “Atlas 300I” chiqish kartasi bir vaqtning o'zida 1080p 25FPS yuqori tiniqlikdagi videoning 80 ta kanallarini qayta ishlay oladi, bu esa sohadagi analoglar ko’rsatkichlaridan ikki baravarga ko’p ko’rsatkichdir. 

 

“Huawei” keng qamrovli “Ascend AI” dasturiy ta’minot platformasini chiqarmoqda

MindStudio 2.0: Asbob vositalari to'plami sun’iy intellekt rivojlanishidagi to'siqlarni kamaytiradi 

“MindStudio 2.0” operatsion ishlanmalarni, namunaviy ta’lim, xulosalar, dasturiy ilovalarni ishlab chiqish va ularni keng qo’llanilishini yo’lga qo’yish kabilarni qamrab olgan holda ishlanmalarni to’liq ishlab chiqarish jarayonini osonlashtirish uchun chiqarilgan. Ishlab chiquvchilarga sun’iy intellektni ishlab chiqishda misli ko’rilmagan qulaylik va turli xil vositalardan foydalangan holda bunday operatsiyalarni bajarishga hojat yo'qligi kafolatlanadi. 

“MindStudio” o’qitish va chiqish stsenariylarini qo'llaydi. “MindStudio” tarmoqda BN keraksiz operatorlarni intellektual aniqlash uchun noyob “Less BN” algoritmidan foydalanadigan “Ascend” ta’lim olishni tezlashtiruvchi vosita hamda namunaviy o'rganish samaradorligini keskin oshirish uchun tasodifiy muzlatish algoritmini taqdim etadi. Chiqish stsenariylari uchun “Ascend” modelining kompressiya vositasi chiqish jarayonini tezlashtirish uchun noyob intellektual algoritmlardan foydalanadi. 

“MindX: 2+1+X” sanoat ehtiyojlari uchun sun’iy intellekt ta’minoti bilan yordam beradi  

Sun’iy intellekt asosida hisoblash haqida gap ketganda, unumdorlikdan tashqari, “Huawei” kompaniyasi foydalanish qulayligiga teng ravishda ahamiyat qaratadi. “HAI 2020” konferentsiyasi davomida “Huawei” sun’iy intellekt va sanoatning yaqinlashishini tezlashtirish uchun “2+1+X” funktsiyalariga ega “MindX 1.0”ni taqdim etdi. Bunda, “2” raqami -  “MindX DL” chuqur o'rganish platformasi va “MindX Edge” intellektual platformasini; “1” raqami esa – “ModelZoo” dastlabki ta'lim kutubxonasini; “X” - sanoatning turli sohalari uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish to'plamlarini (SDK) anglatadi.  

“MindX DL” ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari va hisoblash manbalarini yagona boshqarish va rejalashtirishga yo'naltirilgan bo’lib, bu hamkorlarga chuqur o'rganish tizimini jadal rivojlantirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Sun’iy intellekt bo’yicha yetakchi startap bo’lmish “4Paradigm” kompaniyasi prezidenti James Pei “4Paradigm” va “Huawei” sun’iy intellekt uchun to’laqonli qurilmani qanday yaratayotganliklari haqida so’zlab berdi.

“MindX Edge”ning afzalligi shundaki, u bir marta bosish bilan bir nechta moslamalarda chegaraviy bulut bilan o’zaro hamkorlik uchun zarur xizmatlarni ishga tushirishi mumkin. Buning uchun platforma dasturiy xotiraning 256MB hamda protsessordan 3%gacha foydalanishni talab qiladi xolos. 

“ModelZoo” stsenariylar va infratuzilmalar bo'yicha tasniflanadi. U ikkita chuqur o'rganish platformalari - “MindX DL” va “MindX Edge”ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Hozirgi kunda “Huawei” “ModelZoo”da 20 dan ortiq yuqori samarali modellarni taqdim etdi. Joriy yilning ikkinchi yarmida ularning soni 50 dan oshishi kutilmoqda. 

“Huawei Ascend” “Huawei”ning asosiy algoritmlari va sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi asosida sanoat turidagi “SDK”larini taqdim etish orqali sun’iy intellektni sanoat ko’lamida qo’llash uchun bir qadam ilgari tashlamoqda. Hozirgi vaqtda “Huawei” “Songshan Lake” ishlab chiqarish markazida “Atlas”ga asoslangan intellektual ishlab chiqarish yechimini tatbiq etdi. Sun’iy intellekt bir necha soniya ichida yorliqdagi nuqsonlar va yo'qolgan vintlarni aniqlashda qo’llaniladi. Ushbu yechim nazorat aniqligini 90% dan (an'anaviy mashinaviy ko’rish orqali) 99,9% gacha, “Atlas by Atlas” intellektual ishlab chiqarishni tatbiq etish orqali samaradorlikni 3 baravargacha oshiradi. 

“Sun’iy intellekt “Huawei” fabrikalarining ishchi stantsiyalarida, ishlab chiqarish liniyalari va ustaxonalarida keng qo'llaniladi", - dedi “Huawei Industrial Automation Lab”ning “Vision Lab” laboratoriyasi rahbari Vu Jiayun. “Huawei” fabrikalarida 80 dan ortiq ishlab chiqarish liniyalari serverlar, 5G mahsulotlari va terminallarni ishlab chiqarish uchun sun'iy intellektdan foydalanadi. Keng ko'lamli qo’llanishlar davomida to'plangan tajriba qayta ishlash sanoati uchun SDKda tatbiq etiladi. Mashinaviy ko'rish texnologiyasini ishlab chiqarish bilan birlashtirgan SDK ushbu yilning oktyabr oyida rasmiy ishga tushirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, sanoatning raqamli transformatsiyasini kuchaytirish uchun “Huawei Atlas”dan borgan sari ko’p sonli hamkorlar qo’llanila boshlamoqda. Bugunning o’zida “iFLYTEK” tomonidan taqdim etilgan “iFLYREC” tezkor tarjima xizmati “Atlas AI” yechimi asosida “HAI 2020” uchun onlayn tarjimani amalga oshirmoqda. 

Xitoyning sanoat va tijorat banki (ICBC) ham ushbu texnologiyalardan amalda foydalangan. “ICBC”ning Katta hajmdagi ma'lumotlar va sun'iy intellekt laboratoriyasining katta menejeri Chen Jianjunning so'zlariga ko'ra, ICBC “Atlas” apparat ta’minoti va moliyaviy industriya uchun yuqori samarali, uzatishlarda kechikishlarning kamligi, keng ko'lamli va yuqori konsentratsiyali hisoblashlarni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot platformasiga asoslangan “aqlli miya”ni ishga tushirdi. 

“Huawei” u yoki bu ishning eng qiyin qismini o’ziga qoldirib, mijozlar va hamkorlar uchun faoliyatni doimo iloji boricha osonlashtirishni afzal ko'radi. Tony Xuning ta'kidlashicha, “Huawei”ning keng qamrovli “Ascend AI” dasturiy ta’minoti sun’iy intellekti uchun apparat ta’minoti unumdorligini maksimal darajada oshirishga va sun’iy intellektni qo’llashda kirish to'siqlarni kamaytirishga yordam beradi. “Ascend” - sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun platforma bo'lib, u sun’iy intellektning sanoat tarmoqlarida ishlashini osonlashtiradigan vosita hamdir. “Huawei” “Ascend” dinamik hisoblash ekotizimini yaratish va keng qamrovli intellektga erishish uchun birgalikda ishlash uchun ekotizim bo'yicha sheriklar bilan hamkorlik yuritmoqda.