5G shahar Makro-pole tarmoqlarining qurilishi, China Telecom Shenzhen Book RRUs yordamida aʼlo darajadagi uch oʻlchovli 5G qoplamga erishmoqda.
China Telecom Shenzhen va Huawei Xitoydagi macro-pole bazaviy stansiyalardan ham foydalaniladigan global ulkan uch oʻlchovli tarmoqlarni yaratishdagi asosiy vazifani oʻz zimmalariga oldilar. Tarmoqni kengaytirishdagi yuzlab RRU 5G C-Band Bookdan foydalanish tufayli, operator 5G qamrov zonalarining uzluksizligini taʼminlay oladi.
Book RRU - oʻlchami uncha katta boʻlmagan, oson va oddiygina oʻrnatiladigan innovatsion mahsulotdir. Bu joriy obyektlar resurslarining yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal qilishda samarali yondashuv boʻldi. 5G Book RRUs 5G qamrovining chuqurligini va bir vaqtning oʻzida tarmoqning oʻtkazuvchanligini oshirib, turar joy maskanlaridagi foydalanuvchilar uchun qulaylikni sezilarli tarzda yaxshilash imkonini beradi.

China Telecom Shenzhen 5G Book RRUni simyogʻochlarga oʻrnatadi
Shahar tipidagi posyolkalarning, tor koʻchalar va aholi zich joylashgan uxlash xonalari va eng sara tumanlarning butun maydonini har tomonlama qamrab olish – operatorlar anchadan buyon toʻqnashib kelayotgan eski muammo sanaladi. Resurslarning yetishmovchiligi va xarid qilishning murakkabligi qamrab olish sohasini murakkab tarzda va uzoq vaqt davomida kengayishiga olib keladi.
Yengil vaznli Book RRU 5G oddiy devorlar va simyogʻochlaridan mahkamlagich maydonchalar sifatida foydalanish, qamrab olish zonalaridagi uzilishlarni bartaraf etishga va tarmoq trafikini boʻshatishga yordam bergan holda, tezroq kengayishga erishish uchun asosiy afzalliklardan hisoblanadi.

5G Book RRUs bilan China Telecom Shenzhendan maʼlumotlar uzatish tezligini testdan oʻtkazish
2019-yilning dekabr oyida China Telecom Shenzhen birinchi 5G Book RRU kengaytirishni va tekshiruvini yakunladi. Loyihada 4R4R 5G Book RRU modellaridan foydalanildi.
Yaqinda oʻtkazilgan 5G Book RRU kengaytirish testlari natijalariga koʻra, tarmoq spektri 100 MGs tashkil etgan holda, tijorat uyali qurilmalarida (Mate30 Pro) yuklab olish tezligi 1,2 Gbit/s dan oshib ketdi. Book RRU kengaytirilganda koʻchalardan 150–200 m masofada ochiq joylar bartaraf etildi va yer ustidan 50–100 m balandlikda joylashgan binolarning ichki tomonini toʻliq qamrab olishga erishildi.
Bu esa operatorga, maktab kampuslari, ofis binolari, xizmat maskanlari va manzarali bogʻlari kabi Shenchjenning eng koʻp talabchan tumanlarida quvvatga boʻlgan talabni qondirishning noyob imkoniyatini yaratdi. Book RRU har tomonlama oʻrab olish va ulanish nuqtasining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bilan macro-bazaviy stansiyalarni toʻldiradi va bu trafik miqdorini ko’taradi va umumiy sifatni yaxshilaydi, bu esa investitsiyalarning daromadliligini oshiradi.
Shenzhen Telecom raqamli qurilishda yetakchi hisoblanadi. Yangi infratuzilma qurilishining umumiy rejasiga binoan, kompaniya macro-pole yechimlarni qoʻshma ravishda kengaytirish hisobiga, 5G standalone (SA) texnologiyalari asosida tezkor uch oʻlchovli tarmoqlar yaratish, shuningdek 5G texnologiyasining yetakchiligini kafolatlagan holda ishlatishdagi maksimal qulaylikni taʼminlovchi xonalar uchun yechimlar borasida Huawei bilan hamkorlikni davom ettiradi.