TATU talabalari «Seeds for the Future» dasturi bo‘yicha Xitoyda amaliy mashg‘ulotlarni boshlashdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

TATU talabalari «Seeds for the Future» dasturi bo‘yicha Xitoyda amaliy mashg‘ulotlarni boshlashdi

2018.06.06

Joriy yilning may oyi oxirida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 10 ta talabasi Huawei  kompaniyasining har yilgi  «Seeds for the Future» loyihasi doirasida ikki haftalik stajirovkaga yo‘l olishdi.

Stajirovka dasturi Xitoyning Pekin va Shenchjen shahriga  tashriflarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning doirasida talabalar nafaqat xitoy tili va xattotlik kurslari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirish, balki Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek,  Huawei ning innovatsion yechimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, 5G, hajmli ma’lumotlar, Cloud services va  IoT bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

 Bugungi kunda talabalar  kompaniyaning Shenchjen  shahrida joylashgan shtab-kvartirasida bo‘lib,  bu iqtidorli yoshlar  «Seeds for the Future»  dasturining Kanada va Singapurlik talabalari bilan birgalikda ta’lim olishadi.

«Men  Seeds for the Future loyihasining bir qismiga aylanganimdan xursandman va tashkilot safari uchun  Huawei kompaniyasiga minnatdorchilik bildiraman. Dunyo bo‘ylab iqtidorli talabalar ushbu dastur orqali, telekommunikatsiya sohasida yangi bilimlarga ega bo‘lish uchun Xitoyga tashrif buyurishadi, bu esa o‘z navbatida ularga  Xitoy madaniyati bilan yaqinlan tanishish imkonini ham beradi.  Biz Pekinning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, Xitoy Buyuk devorining go‘zalligidan baxramand bo‘ldik. Hozir biz  Huawei  shtab-kvartirasining laboratoriyalarida 2020-ga kelib  dunyoda keng tarqaladigan 5G texnologiyalarini o‘rganyapmiz. Jamoamizning barcha a’zolari Seeds for the Future loyihasining bir qismiga aylanganlaridan baxtiyorlar. Umid qilamizki, kelgusida olgan bilimlarimiz mamlakatimiz AKT  sohasi rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi» - deydi TATU talabasi Sarvar Kulmatov.

seeds9