Huawei vakili Li Peng: yangi 5G o'sishi va yangi 5.5G tijoratlashuvini yo'lga qo'yish

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei vakili Li Peng: yangi 5G o'sishi va yangi 5.5G tijoratlashuvini yo'lga qo'yish

2024.02.25

MWC Barcelona 2024 doirasidagi ko‘rgazmada Huawei kompaniyasi “5G Beyond Growth Summit”ini o‘tkazdi. Sammitda Huawei ning korporativ katta vitse-prezidenti, sotuvlar va АKTga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha prezidenti Li Peng operatorlarning qanday qilib muvaffaqiyatli 5G biznesga erishishi hamda 5.5G ning qay tarzda tarmoqlarning salohiyatini yanada ko‘proq ochib berishi va rivojlanishda yangi imkoniyatlarni yaratishi haqida batafsil tahlil taqdim etdi.

«5G muvaffaqiyatli biznes sari to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda», — dedi janob Li. 5G ning tijoratlashuvi 2019-yilda boshlangan, o‘tgan besh yil davomida 5G  foydalanuvchilari soni dunyo bo‘yicha 1,5 milliardga yetdi. 4G texnologiyasini joriy etishda bunday ko‘rsatkichga erishish uchun to‘qqiz yil kerak bo‘lgan edi. Hozirgi vaqtda global mobil aloqa abonentlarining 20%i 5G texnologiyasidan foydalanmoqda. Bu foydalanuvchilar barcha mobil trafigining 30%ni tashkil etadi va mobil aloqa xizmatlaridan tushadigan daromadning 40%i ularning hissasidir.

Janob Lining izohlashicha: “5.5G ning tijoratlashuvi 2024-yilda boshlanadi va 5.5G, SI (Sun’iy intellekt) hamda bulutli texnologiyalarning bir-biriga yaqinlashgani sayin operatorlar uning yangi yo‘nalishlarda qo‘llanishi bo‘yicha salohiyati va imkoniyatlarini ochib boradilar”.

U so‘zini davom ettirar ekan, ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun butun dunyodagi operatorlar o‘z diqqatlarini Internetga yuqori sifatli ulanish, ko‘p o‘lchovli to‘lov tizimini shakllantirish, yangi xizmatlar va generativ SI imkoniyatlariga qaratishlari kerak bo‘ladi, deya taʼkidladi.

Li-Pen-iz-Huawei-Obespechivayem-novyy-rost-5G-i-novuyu-kommertsializatsiyu-5-5G

Yuqori sifatli tarmoqlar avvalgidek biznes muvaffaqiyatning asosi bo‘lib qolmoqda

Mobil xizmat foydalanuvchilari, agar tarmoqlar sifati imkon bersa, mobil xizmatlar paketlari doirasida aloqa yaxshilanishi uchun pul to‘lashga tayyorligini tasdiqlashmoqda. Shunday qilib, ushbu foydalanuvchilar tomonidan generatsiya qilingan trafik sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, bu esa operatorlarga trafikdan maksimal darajada foyda olish imkonini beradi. Bu ko‘proq operatorlar tomonidan yuqori sifatli 5G-tarmoqlarini qurishni o‘z ichiga olgan strategik maqsadlarni taklif qilinishiga olib keldi.

Misol uchun, Yaqin Sharqdagi baʼzi operatorlar allaqachon Massive MIMO tarmoqlarini o‘rnatgan va bu tarmoqlar tomonidan yaratilgan eng optimal tajriba 5G FWA ning muvaffaqiyatli ommalashuviga olib keldi. Hozirda 5G FWA texnologiyasidan 3 millionga yaqin uy xo‘jaliklari foydalanadi va bu operatorning daromadini oshirishda kuchli vositaga aylanadi.

Ko‘p o‘lchovli monetizatsiya har bir bitning qiymatini oshiradi

5G global operatorlarining 20% dan ortig‘i allaqachon maʼlumotlar uzatish tezligiga bog‘liq narxlash modellarini joriy qilgan. Misol uchun, Taylanddagi bir operator yaqinda abonentlarga bajarilgan vazifa uchun eng mos tezlik darajasini tanlash imkonini beruvchi 5G Boost Mode qo‘shimchasini chiqardi. Ushbu model operatorga har bir abonent uchun o‘rtacha daromadni (ARPU) taxminan 23% ga oshirishga yordam berdi. Boshqa xitoylik operator jonli efirchilarni uzluksiz yuqori aniqlikdagi translyatsiyalar bilan taʼminlash uchun abonent tomonidan maʼlumotlar uzatishning kafolatlangan tezligi bo‘lgan paketni ishga tushirdi. Ushbu paket maʼlum darajada mashhurlikka erishdi va operatorga har bir abonent uchun oladigan o‘rtacha daromadini (ARPU) 70% dan ko‘proqqa oshirishga yordam berdi.

Li-Pen-iz-Huawei-Obespechivayem-novyy-rost-5G-i-novuyu-kommertsializatsiyu-5-5G

Yangi xizmatlar uzoq muddatli istiqboldagi barqaror o‘sishni taʼminlaydi

Yangi xizmatlar, masalan New Calling, bulutli telefonlar va ko‘zoynaksiz 3D-tasvir kabilar isteʼmolchilar eʼtiborini tobora ko‘proq jalb qilmoqda. Masalan, “New Calling”ning virtual avatarlar kabi qo‘shimcha funksiyalari mashhurlikka erishmoqda. Foydalanuvchilar, shuningdek, avtomobil sug‘urtasi bo‘yicha daʼvolar uchun “bir darcha” kabi real vaqt rejimida bajarilganlik taassurotini beruvchi xizmatlar uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor.

5G texnologiyasi ko‘plab sohalarda ham joriy etilmoqda. Xitoyda 50 mingdan ortiq xususiy 5G-tarmog‘idan foydalanish holatlari 50 dan ortiq sohalarda tijoratga aylangan. 5.5G ning yangi imkoniyatlari, jumladan, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kechikish, aniq geolokatsiya va passiv buyumlar Interneti bilan operatorlar B2B bozorida yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kutilmoqda.

Generativ sunʼiy intellekt mobil aloqa sohasi uchun umumiy intellektuallik davrini ochib beradi

IDC maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan mobil telefonlarning global yetkazib berilishi 170 millionga yetadi. Bu barcha smartfon yetkazib berishning 15% tashkil qiladi. Sunʼiy intellektga asoslangan telefonlarning yangi avlodi yanada kuchli xotira, displey va vizualizatsiya imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Ushbu telefonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan AIGC ilovalari yuzlab, milliardlab GB maʼlumotlarni generatsiya qiladi va operatorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Janob Li sammitdagi nutqini shunday vaʼda bilan yakunladi: «Operatorlar bilan birgalikda biz 5G va 5.5G salohiyatini ochamiz va mislsiz yangi o‘sishni taʼminlaymiz».