China Unicom va Huawei Pekinda yirik ko‘lamli 5.5G tarmog‘ini ishga tushirdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

China Unicom va Huawei Pekinda yirik ko‘lamli 5.5G tarmog‘ini ishga tushirdi

2024.02.13

China Unicom Beijing va Huawei kompaniyalari Pekinning uchta asosiy rayonida, jumladan Beijing Financial Street (Pekin markazidagi Moliya markazi ko‘chasi), Beijing Long Distance Call Building binosi va ko‘p funktsiyali Mehnatkashlar Stadionida uzluksiz qoplamni taʼminlash uchun, yirik ko‘lamli 5.5G tarmog‘ini ishga tushirdilar. Erishilgan yutuqlar tufayli bu avlodda birinchi bo‘lgan 5.5G tarmog‘i butun Xitoy bo‘ylab kelgusidagi tarmoqlar va ilovalar uchun namuna bo‘lishi kutilmoqda.

Dastlabki testlar tarmoqning maksimal downlink 10 Gbit/s tezligini va 5 Gbit/s dan yuqori uzluksiz tezlikni taʼminlashini ko‘rsatdi. Tarmoqda shuningdek yuqori va quyi chastotalar koordinatsiyasiga erishildi. Tashqi va ichki 5.5G uskunalarini moslab kuchaytirish imkoni, hamda ko‘plab yangi ilovalar, jumladan ko‘zoynaksiz 3D, real vaqtda yuqori aniqlikda uzatish (UHD), VR, AR hamda kengaytirilgan reallik (XR) ilovalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini namoyon etdi.

Sinovlarda tarmoq maksimal downlink 10 Gbit/s tezligi va 5 Gbit/s uzluksiz tezligini qayd etib, 5G dan 10 karra afzalligini ko‘rsatdi. Shuningdek, sinovlar 5.5G uzilishli qoplam sharoitida yuqori va quyi chastotalar koordinatsiyasini amalga oshirdi va tarmoqning uzluksiz ishlashini taʼminladi.

Pekin anchadan buyon raqamli iqtisodiyot borasida dunyoda yetakchi shaharga aylanmoqchi. Buning uchun 5G ilg‘or infratuzilma va uni qo‘llab-quvvatlovchi kuchli tarmoqlar talab etiladi. Shahar maʼmuriyati 5.5G tizimi raqamli iqtisodiyotning kelgusidagi taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga umid bog‘lamoqda.

China Unicom Beijing kompaniyasi operator sifatida Huawei bilan 5G tarmog‘i qurilishida 2019-yildan buyon loyihalar ustida hamkorlik qilib keladi. Bugungi kunga kelib bu hamkorlik ko‘plab ajoyib: gigabitli ulanish nuqtalari va dunyoda eng yirik sanalgan 200 MGts polosaga ega 5G shahar tarmoqlarigacha, shuningdek, foydalanuvchi tajribasi asosida tarmoqni baholash va intellektual tarmoq amaliyotlarini aniqlash standartlarini belgilash kabi yutuqlarni berdi. Har ikki taraf o‘zlarining yuqori sifatli 5G tarmoqlarini qurish va ekspluatatsiya qilish borasida dunyoda yetakchi hisoblangan yechimlari uchun ikki karra GSMA Global Mobile (GLOMO) mukofotiga sazovor bo‘ldi. XR ekotizimi sohasini rivojlantirish, sunʼiy intellekt va 5G qurilmalari tomonidan yaratiladigan kontentni konvergentsiya qilish (AIGC), shuningdek davlat korxonalari va muassasalarida 5G ilovalarni keng ko‘lamda joriy etish orqali live-stream iqtisodiyotini, Buyumlar interneti rivojini va turli sohalarda raqamli transformatsiya yuz berishini jadal rag‘batlantirdi, bu esa, o‘z o‘rnida ko‘p sonli foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishini, yuqori tezlikni, va tarmoqning uplink va downlink kanallaridagi kechikishni kamaytirishni talab etdi.

2024-yil boshida Pekindagi yangi 5.5G tarmog‘i Pekin aloqa instituti tomonidan tashkil etilgan tadbiri chog‘ida kompleks baholash bosqichidan o‘tdi. Pekin aloqa instituti 5.5G tarmog‘ini, shuningdek toB va toC turkumidagi qator ilovalarni China Unicom Beijing va Huawei kompaniyalarining Beijing Financial Street namoyish maydonida sinovdan o‘tkazish uchun, ushbu tadbirga GSMA, TD Industry Alliance (TDIA), Omida, China Media Group (CMG), China Global Television Network (CGTN), People's Posts and Telecommunication News (PPTN), C114 hamda Naojiti ning qator ekspertlarini taklif etdi.

Ilovalar namoyishi ichki 5.5G tarmog‘ining Pekindagi Beijing Long Distance Call Building binosida ko‘zoynaksiz 3D uchun downlink 4 Gbit/s tezlikni, real vaqt rejimida siqilgan UHD ishlab chiqarish tizimini, 8K yuqori uplink live-stream uzatish hamda XR rendering jarayonini qo‘llab-quvvatlay olishini tasdiqladi. Bu bilan ommaviy axborot vositalari hamda boshqa ko‘plab sohalarda raqamli transformatsiya uchun mo‘ljallangan texnologiyalarning salohiyati namoyish etildi.