Huawei XEI bilan qoʻshma hamjamiyat dasturini taqdim etdi va aholini raqamli qamrab olish sohasida muvaffaqiyatlari bilan bo’lishdi - Компания Huawei в Узбекистане

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei XEI bilan qoʻshma hamjamiyat dasturini taqdim etdi va aholini raqamli qamrab olish sohasida muvaffaqiyatlari bilan bo’lishdi

Huawei kompaniyasining XEI Partner2Connect raqamli koalitsiyasi oldidagi sodiqligi doirasida 90 million kishi tarmoqqa ulandi
2023.11.21

[Dunguan, Xitoy, 2023-yil 21-noyabr] Huawei kompaniyasi Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) Partner2Connect (P2C) raqamli koalitsiyasiga sodiqligiga muvofiq, dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidagi chekka hududlardagi 90 million kishini tarmoqqa ulaganini eʼlon qildi. Bu eʼlon Huawei kompaniyasi oʻtgan yili koalitsiyaga qoʻshilganidan buyon birinchi taraqqiyot hisobotining bir qismi sifatida eʼlon qilindi.

Bu haqda Huawei raisi doktor Lyan Xua kompaniyaning “Texnologiyalar bilan farovonlik: Barqaror rivojlanishni amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilayotgan Barqaror rivojlanish forumi 2023da ma’lum qildi. Tadbirda, shuningdek, XEI Bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin, BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i prezidenti va BMT Keng polosali taraqqiyot komissiyasining komissari Jeffri Saks, shuningdek, telekommunikatsiya vazirliklari va tartibga soluvchi organlar vakillari, jumladan, Pokiston va Ganadan ham ishtirok etishdi. Ishtirokchilar raqamli infratuzilma barqaror rivojlanishga va yanada yashil va inklyuziv intellektual dunyoni yaratishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini muhokama qilishdi.

“Aloqa va hisoblash quvvati kabi yangi avlod raqamli infratuzilmasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun jismoniy infratuzilma, masalan, yo'llar kabi muhim ahamiyatga ega. Bu yangi infratuzilma butun jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun juda muhim bo'ladi”, dedi doktor Lyan. “Hisoblash texnikalari raqamli iqtisodiyotda samaradorlikning asosiy omili hisoblanadi. Hisoblash infratuzilmasini jadal joriy etish ko‘plab tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini tezlashtirishga yordam beradi va raqamli va real iqtisodiyotning chuqurroq integratsiyalashuviga yordam beradi. Bu xalqaro iqtisodiyotning barqaror va jadal rivojlanishiga hissa qo‘shadi.”

XEI Bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin doktor Lyanning izohlarini to‘ldirib, shunday dedi: “Keling, texnologiya va barqaror rivojlanish o‘rtasida tanlov qilmaylik. Bizga ikkalasi ham kerak! Keling, texnologiyalar bilan yanada rivojlanaylik. Insonlar va sayyoramiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan raqamli kelajak quraylik".

Huawei kompaniyasi raqamli texnologiyalar sohasidagi iste'dodlar kelajakdagi texnologik innovatsiyalarning kaliti ekanligiga qat'iy ishonadi. Raqamli texnologiyalarni yanada kengroq qabul qilish va bo‘lajak yetakchilarning rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida kompaniya “ITU Generation Connect Young Leadership Programme in Partnership with Huawei" (“Huawei bilan hamkorlikda XEI yosh yetakchilik dasturi”) deb nomlangan hamjamiyat dasturini yo‘lga qo‘yish orqali XEI bilan hamkorlikni chuqurlashtirdi.

Kelgusi yil boshida hamjamiyatga a'zo bo'lish uchun arizalar qabul qilinadi, dastur uch yil davomida amalga oshiriladi. Har yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan 30 nafar intiluvchan yoshlar (visyonerlar) (18-28 yoshdagilar) mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha o'z loyihalarini amalga oshirish uchun qo'llab-quvvatlanadi.

Huawei Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar departamenti prezidenti Jeff Van shunday dedi: "Huawei ushbu muhim tashabbusda XEI bilan hamkorlik qilishdan va butun dunyo bo'ylab raqamli rivojlanishga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan intiluvchan yoshlarni (visyonerlarni) ko'rishdan faxrlanadi". Ishtirokchilar oʻz loyihalariga oladigan qoʻllab-quvvatlashlar moliyaviy hissalar, XEI va Huawei ekspertlarining ustozligi va qoʻshma tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini oʻz ichiga oladi”.

“XEI va Huawei ning birgalikdagi sa’y-harakatlari orqali yoshlar ta’lim oladi, raqamli dunyoga o‘z hissasini qo‘shadi va yetakchilik qiladi”, dedi XEI Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi direktori doktor Kosmas Lakison Zavazava. "Raqamli texnologiyalar BRMga erishishni tezlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Biz yoshlar rivojlanayotgan global raqamli ekotizimga kuch berishini va transformativ hissa qo‘shishini istaymiz. Men Huawei kompaniyasiga ushbu ajoyib hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman va ushbu innovatsion loyihaning global ta'sirini intizrolik bilan kutaman".

XEI tomonidan tashkil etilgan P2C koalitsiyasi butun dunyo bo‘ylab mazmunli ulanish va raqamli transformatsiyani targ‘ib qiladi, bunda raqamli foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan mamlakatlar va mintaqalardagi uzoq hamjamiyatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Huawei o‘tgan yili ushbu global majburiyatni imzoladi, 2025-yilga borib 80 dan ortiq mamlakatlardagi chekka hududlardagi 120 millionga yaqin aholini birlashtirish maqsadini ko‘zlagan. Bugungi kunga qadar Huawei mahalliy vazirliklar va universitetlar bilan hamkorlikda XEI ning P2C dasturi boʻyicha birinchi hamkor davlati - Kambodjada 2066 ta oʻquv imkoniyatlarini taqdim etdi.