Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi 5G xizmatlar sifati standartlari borasida qo’llanmani e’lon qildi

Huawei SmartCare® CEM qaroroi asosida Huawei kompaniyasi 5G davrida “Xizmatlar Sifati Standartlari Oq Qitobi B2B”ni e’lon qildi. 5G davrida operatorlar sanoatning minglab tarmoqlariga, shu jumladan, sog‘liqni saqlash, energetika, foydali qazilmalarni qazib olish hamda port sanoatiga xizmat ko‘rsatadi. Ular taqdim etgan xizmatlar bir-biridan keskin farq qiladi va korxonaga xizmat ko‘rsatish darajasi (SLA) ko‘rsatkichini yaxshilash va boshqarishda yagona standart mavjud emas. Huawei tarmoqlarning har biriga xizmat ko‘rsatishda har bir ssenaruy uchun individual modellashtirish tajribasini qo‘llaydi, bu esa aloqa operatorlariga xizmatlarni SLAga binoan, masalan, yuqori o‘tkazish qobiliyati, kechikishning kamligi, ishlab chiqarish xavfsizligining kafolatlanishi, samaradorlikni yuksaltirish va 2B yangi bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha taqdim etishga yordam beradi.

“Xizmatlar Sifati Standartlari Oq Qitobi B2B” — bu Huawei kompaniyasi, HuaweiSmartCare® va eLab’ning hamkorlikdagi nashridir. Kitobda videoni uzatish, sanoat kampusi, sanoatni avtomatlashtirish, sanoat uchuvchisiz uchuvchi apparatlari, fiksatsiyalangan simsiz ulanish, aqlli shaharlar va keng ko‘lamli ulanishlar kabi 5Gdan foydalanishning tipik ssenariylari xarakteristikalari tahlil qilingan. Indikatorlar va voqealarga asoslangan modellashtirishdan foydalangan holda, Huawei xizmat ko‘rastish tajribasining oltita asosiy indikatorlar tizimini yaratdi. Bular: ma’lumotlarni aloqaning o‘sib borish liniyasi (uplink) bo‘yicha multimediali uzatish,  ma’lumotlarni aloqaning kamayib borish liniyasi (downlink) bo‘yicha multimediali uzatish, to‘ldirilgan voqelik, real vaqtda o‘zaro ta’sir, ulanishning keng ko‘lamli imkoniyatlari va fiksatsiyalangan simsiz ulanish.

Intellektual port va sanoat kampusi ssenariylarida misol tariqasida aloqaning o‘sib borish liniyasi bo‘yicha multimediali uzatish va real vaqtda o‘zaro ta’sir indikatsiyalash tizimlari yordamida ishlaydigan port krani xizmatlarining ishi keltiriladi. Real vaqtda o‘zaro ta’sir indikatorlari tizimi kechikish 18 millisekunddan oshmasligini, aloqa liniyasining o‘nkazish qobiliyati esa 50 Kbit/sek dan yuqori bo‘lishini talab qiladi. Bunda ishonchlilik parametri 99,999 % ni tashkil etishi lozim, shunday ssenariygina har xil korxonalarning SLA talablari uchun qanoatlanarli hisoblanadi.

“Xizmatlar Sifati Standartlari Oq Qitobi B2B” operatorlarga yuqori darajada ishonchli va qulay xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash tizimini yaratishga yordam berish bilan korxona uchun xizmat ko‘rsatish darajasi (SLA) kafolatlangan ishonchli nazariy bazani ta‘minlaydi, 5G davrida biznesning gullab-yashnashi va yangidan-yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun platforma yaratadi.