Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

China Mobile Tianjin va Huawei dunyoda ilk bor NG OTN premium toifasidagi xususiy tarmoqlarni tijoriy maqsadlarda tajribadan o’tkazdi

DoubleS-OTN dastlab sog’liqni saqlash sohasida tatbiq etiladi

China Mobile Tianjin (Tianjin Mobile) va Huawei kompaniyalari Tianjin Tibbiyot universiteti umumiy shifoxonasi tarmoqlarida yangi avlod optik transport tarmog’ida (NG OTN) premium xususiy tarmoqlarini ilk bor tijoriy maqsadlarda foydalanishga topshirganini e’lon qildi.

Xitoyning raqamli iqtisodiyoti ko’plab sohalarda davomli o’sishni va yangilanishlarni boshdan kechirmoqda. Bulutli (cloud) tarmoq integratsiyasi va asosiy tarmoq ulanishlaridan tashqari bir-biridan farqli tajribani taqdim etish uchun xususiy tarmoqlarning keng qo’llanilishida 5G dasturlari va bulutli saqlash xizmatlari muhim rol o’ynaydi.

Tianjin Mobile asosiy infratuzilma ishlab chiqaruvchisi bo’lib, u turli sohalarda mijozlarning talablari yuzasidan chuqur bilimlarga ega bo’lgan kompaniyadir. Ma’lumotlarning keng yo’lli uzatilishi va ekspluatatsiya sifatlari talablariga javob berishi uchun Tianjin Mobile kompaniyasi Huawei 200G, OXC va iMaster NCE kabi innovatsion texnologiyalarga ega bo'lgan OTN optik tolali uzluksiz tarmog'ini barpo etdi.

Endi Tianjin Mobile va Huawei hukumat, moliya, sog'liqni saqlash, ta'lim va sanoat sohalarining o’zaro aloqalari uchun dunyodagi yetakchi tezkor va aqlli (smart) xizmatlarni taqdim etish uchun hukumat/korxonalarning butunlay optik bo’lgan xususiy tarmog'ini ishga tushirdi. Tezlik: premium xususiy tarmog’i, imtiyozli ulanish, avtomatik sozlanadigan qurilmalar, nihoyatda yuqori tezlik ta’minoti; butunlay optik tarmoq, bir martali (qayta uzatishsiz) uzatish va MS-darajasidagi kutish vaqti; OTNning uzluksiz tarmog’i, 10M-100Gacha ulanish imkoniyati hamda ma’lumotlarning ultra yuqori tezlikda keng yo’lli uzatilishi.

Smart/Aqlli: aqlli va ishonchli ko'p darajali himoyaga erishish uchun aqlli, keng to’rli va 3D tarmoq arxitekturasi; mijozlarning o’zi-o’ziga xizmat ko’rsatishi, talabga ko’ra ma’lumotlarni keng yo’lli uzatilishini tanlash, bir marta bosish orqali o’zgartish kiritish, tezlikning aqlli oshirilishi va aqlli kafolat.

Tianjin Tibbiyot Universiteti Umumiy Shifoxonasi
va Tianjin Mobile o’rtasida shartnoma imzolanishi

Tianjin Mobile kompaniyasi Tianjin Tibbiyot universiteti umumiy shifoxonasi bilan yuqori sifatli Internet xususiy tarmoqlarini taqdim etish bo’yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. Tianjin Mobile ma’lumotlarni keng yo’lli uzatilishini taklif qilish bilan bir qatorda tezlikni aqlli oshirish va aqlli kafolat kabi qo'shimcha xizmatlarni ham taqdim etadi. Shu orqali E-Clinic (elektron klinika) xizmatlarini onlayn diagnostika, davolash va elektron tibbiy-sanitariya hujjatlarini yurgizish kabilar bilan yanada mukammallashtirishga ko’maklashadi hamda shifokorlar va bemorlar o'rtasida uzluksiz aloqani ta'minlab beradi.

Keyingi bosqichda, Tianjin Mobile sohadagi sheriklari bilan birgalikda, shu jumladan Huawei bilan butunlay optik OTN tarmoqlarini barpo etish, sanoat jarayonlarini boshqarishning ilovalari va sifat tajribasini rivojlantirish, turli sohalarda raqamli va bulutli transformatsiyani tezlashtirish, shuningdek Tianjinda yangi harakatlantiruvchi kuch sifatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’lida faoliyat yuritadi.