Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
Shanxay, Hitoy, 2020-yil 2-iyul. – 30-iyunda GSMA Thrivening birinchi tadbiri chog‘ida o‘tkazilgan yangi infrastrukturalar va biznesni raqamlashtirish mavzusidagi forumda Huawei kompaniyasining simsiz tarmoqlar yechimlari marketingi bo‘yicha direktori j-b Gan Bin «5Gning kelgusidagi beshta yangi imkoniyatlari» nomli asosiy ma’ruzasini qildi. J-b Gan Bin nima uchun 5G – aloqa, SI, bulutli va hisoblash texnologiyalari, sanoat ilovalarini takommilashtirishning uddasidan chiqadigan, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga yangi rag‘bat beradigan yangi infrastrukturaning raqamli poydevori ekanligini tushuntirdi.
5G har qanday intellektual, shaxsiy va uy aloqalari ssenariylarini qo‘llaydi
«Aloqa sifatini xiyla yaxshilash bilan, 5G texnologiya foydalanuvchi smartfonidagi 4G dan foydalanish doirasidan chiqish hamda nafaqat smartfonlar, balki tashuvchi intellektual qurilmalar va aqlli uylarni ham qanrab oluvchi ssenariylar keng sohalarini amalga oshirish imkonini beradi. Buning natijasida bizning kundalik hayotimiz yanada qulaylashib boraveradi», – deya ta’kidladi j-b Gan.
Yangi Global Industry Vision (GIV) ma’ruzasida Huawei kompaniyasi 2020-yilga kelib bitta odamga o‘rtacha beshta aqlli qurilma to‘g‘ri keladi, deb prognoz qiladi. Bunga, sakkiz milliard smatfondan tashqari, 20 milliarddan ziyod SHK, planshetlar, virtual voqelik garniturlari, aqlli soatlar va aqlli ekranlar ham kiradi. Yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati tufayli 5G bu qirilmalarning xohlaganida videochaqiruvlar, ko‘ngilochar videolar va shaxsiy ma’lumotlardan bir-biriga hech qanday to‘siqlarsiz o‘ish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, 5G-aloqa yordamida odamlar real vaqtda ishlaydigan musiqa kolonkalari, proyektor, printer, bosim o‘lchagich kabi 20 milliarddan ziyod intellektual uy qurilmalaridan bemalol foydalana oladilar. Shaxsiy va uy xizmatlar sogalari yanada kengayadi.
5G-aloqa tufayli iste’mol, ta’lim, sayohat va ish uchun yangi intellektual infrastrukturalar platformalarini yaratish maqsadida uy va ofislar uchun fizik qurilmalarni regali ravishda raqamli muhitga integratsiyalash mumkin bo‘ladi. Bu platformalar negizida intellektual xizmatlarning yangi turlari paydo bo‘ladi.
Sanoatning turli tarmoqlari manfaatlari yo‘lida 5G SI imkoniyatlarini kengaytiradi
Bundan tashqari, foydalanishning har qanday ssenariysini qo‘llovchi 6G SIdan foydalanishni yengillashtiradi va uning funksiyalarini kengaytiradi.
5G narmoqlari ma’lumotlarni yuklashdagi cheklovlarni bartaraf qiladi. Bu esa yuz millionlab qurilmalar SI faoliyatini qo‘llash va uni o‘qitishga ketgan vaqtni ancha qisqartirish bilan bulutli serverlarga ma’lumotlarning ulkan ko‘lamini uzata oladi, demakdir. 5G sababli qurilmalar bulutli hisoblashlarni maksimal ravishda amalga oshirishi mumkin, bu esa local kompyuter tizimlariga hamda qurilma narxiga bo‘lgan talabni pasaytiradi. Bundan tashqari, 5G tarmoqlari orqali SI ishlari natijalarini qurilmalarga uzatish bilan, SI asosida funksiyalardan foydalanish imkoniyatlarini xiyla kengaytirish mumkin.
5G tufayli SI texnologiyalari to‘xtovsiz takommillashib, bizning shaxsiy va kasbiy hayotimizda muhim rol o‘ynashda davom etaveradi. Hamma joyga 5Gning keng kirib borishi natijasida, nutqni tanish, mashina orqali tarjima, raqam belgilarini tanish va ishlab chiqarish liniyalari nazorati kabi real vaqt texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga kirib boradi. Soha prognozlariga ko‘ra, 2025-yilga kelib SI bozorining potensial narxi bir trillion Amerika dollariga oshadi.
5G bulutli ombor va hisoblashlar samaradorligini talabga ko‘ra oshiradi
«Bulutli texnologiya va biznes-modellar bulutli sohaning tez rivojlanishi uchun katalizator xizmatnin bajaruvchi yuz millionlab ulanishlar va SI-servislardan foydalanish imkoniyatlari tufayli rivojlanmoqda», – deya ta’kidladi j-b Gan.
5G butun dunyo bo‘yicha ulkan ma’lumotlar ko‘lami omborlariga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi. Lokal tizimlar cheklanganligi sababli, 2019-yilda yaratilgan deyarli 40 0B ma’lumotdan 2 % dan kamrog‘i saqlanib qolgan. 5Gning keng yo‘lli tarmoqlari yangi imkoniyatlar eshigi – katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash uchun bulutli omborni kengaytirishga yo‘l ochmoqda. Huaweining GIV hisobotlariga ko‘ra, 20205-yilga kelib dunyo bo‘yicha 180 ZB hajmda yaratilgan yangi ma’lumotlar bulutda saqlanadi.
5G ulkan hisoblash quvvatiga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi. Foydalanilayotgan texnologiyalarning cheklanganligi bois, bugungi kungacha ma’lumotlarning 10 % dan kami tahlil qilindi va foydalanildi. 5G qurilmalarga har qanday joyda va sutkaning istalgan vaqtida qudratli bulutli hisoblash vositalariga murojaat qilish imkonini beradi. Huaweining GIV hisobotlariga ko‘ra, 20205-yilga kelib hisoblash mashinalariga bo‘lgan talab 2019-yildagiga nisbatan 150 000 marta, ma’lumotlar trafigi esa 10 % dan 80 % ga oshadi.
Bulutli texnologiyalar internet-tarmoqlar doirasidan chiqadi va davlat xizmatlari, moliya sohasi va boshqa sohalar tomonidan turli korxonalarda ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va boshqarish jarayonlarida foydalaniladi. Bitta Xitoyning o‘zida 2020-yilda bulutli texnologiyalar bir million korxonaga olib kirirlgan, bu esa kelgusida barcha sohalarning bulutga migratsiyasi muqarrar ekanligining isbotidir.
5G «bulut-periferiya-qurilma» modeli bo‘yicha birgalikda hisoblashlarni rag‘batlantiradi
Hisoblash vositalari inson imkoniyatlarini xiyla kengaytirdi. Hisoblash texnikalariga nisbatan tinimsiz ortayotgan talablar hisoblash modellarining rivojlanishiga olib kelmoqda. 5G hisoblash sohasi uchun yangi bulutli tugun, periferik tugun va qurilmaning o‘zaro samarali harakatini tasniflovchi intellektual davr kirib kelishini tezlashtiradi. Bu birgalikdagi hisoblashlarning yangi «bulut-periferiya-qurilma» modelida oxirgi bulutli muhit asosan «qo‘pol kuch» usuli bilan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun umumiy hisoblashlarni bajaradi, periferik qism kechikishining eng kam vaqti va konfidensial ma’lumotlar maxfiyligi kabi maxsus hisoblash ma’lumotlarini himoyalshni qanoatlantiradi, qurilma esa shaxsiy qurilmalar – garnitura, smartfon va h. k.lar hisoblash ehtiyojlarini amalga oshiradi.
Bugun haddan ziyod imkoniyatlarga ega hisoblash qurilmalarning ulkan bozoriga ishimiz tushmoqda. Gartner tadqiqot kompaniyasining prognoziga ko‘ra, 2023-yilga kelib kompyuter texnikalari bozorining hajmi ikki millard AQSH dollaridan ortib ketadi.
5G intellektual texnologiyalar asosida to‘liq ulangan raqamli biznes-muhit shakllanishini tezlashtiradi
«4G tarmoqlari bizning hayotimizni o‘zgartirib yubordi. 5G esa butun jamiyat hayotini o‘zgartira oladi. U biznesni raqamlashtirishdagi o‘zining hayotiy muhim vazifasini hamda barcha sohalar ish unumdorligini xiyla oshirish qobiliyatini isbotladi», – ta’kidlaydi j-b Gan.
Huaweining GIV hisobotlariga ko‘ra, mobil sohaning jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi yildan yilga oshib bormoqda. 5G texnologiya asosiy yurituvchi kuch bo‘lib qolmoqda, prognozlarga ko‘ra, unga kiritilgan investitsiyalar uzoq muddatli istiqbolda AKT bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarga nisbatan 6,7 marta ko‘p foyda keltiradi.
5Gdan foydalanishning aqlli sog‘liqni saqlash, masofaviy ta’lim va aqlli kampuslar kabi ssenariylari shakllandi. Shuningdek, 5G biznes, turizm va madaniyat sohalarida ham qo‘llanilmoqda. Xitoyning 330 dan ziyod shifoxonalarida 5G tarmoqlari foydalanilmoqda, ular yordamida masofadan turib V-rejimda tashhis qo‘yish, monitoring, ultratovush tadqiqiotlari amalga oshirilmoqda va davom etayotgan pandemiya bilan kurashishda o‘zining ahamiyatini isbotlagan boshqa ko‘plab onlayn-xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hozirgi paytda bir-ikki yil ichida Xitoq bo‘yicha 30 mingta shifoxonaga 5G tarmoqlarini foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari 5G tarmoqlarini butun Xitoy bo‘yicha 500 mingta maktab kampuslari, 300 mingta sanoat parklari, 100 mingta mehmonxona va o‘n minglab savdo markazlarida tijoriy kengaytirish boshlandi.
Bundan tashqari, 5G texnologiyalarining integratsiyasiga boshqa ko‘plab sohalar: elektr energetika, tog‘-kon, port, neft-gaz hamda sanoat va metallurgiya hamkorlik qilmoqda.
«5G tarmoqlari hamma-hammamizga foyda keltiradi. Biz 5G-tarmoqlari yordamida jipslahgan dunyoni binyod etishni tezlashtirish uchun birgalikdagi harakatlarimiz bilan jamiyatni biznes yuritish va xizmat ko‘rsatish modellarini o‘zlashtirishga, tegishli siyosat, innovatsion ilovalar va qurilmalar diversifikatsiasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz», – dedi so‘zining yakunida j-b Gan.