Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi va TIQXMMI hamkorligida “Aqlli qishloq xoʻjaligi” loyihasi amalga oshirilmoqda

2021.05.10

Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq xoʻjaligi va suv xojaligi tizimlari sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish haqida oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

            Korporativ ijtimoiy masʼuliyatni bajarish va qishloq xoʻjaligi hamda suv xo’jaligi tizimlarini boshqarish sohasida innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, Oʻzbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Huawei kompaniyasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandum doirasida Huawei kompaniyasi va TIQXMMI 5G texnologiyalari, jihozlar Interneti, aqlli uzatgichlar va katta xajmdagi maʼlumotlarni intellektual platforma asosida boshqarish, monitoring qilish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda aqlli qishloq xoʻjaligi loyihasini ishga tushirmoqda.

            “Aqlli qishloq xoʻjaligi” loyihasini tadbiq qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish darajasini oshirish, hosilning holatini nazorat qilish va boshqarishni soddalashtirish, ob-havo haroratini, tuproqning namligini, sugʻorish tizimlarining holatini tahlil qilish hisobiga tashqi muhitning hosilga taʼsir qilish ehtimoli darajalari haqida ogohlantirish, shuningdek real vaqt tartibida “aqlli” maydondan video-maʼlumot olish imkonini beradi. Loyiha TIQXMMI mutaxassislari va professorlari tarkibi tomonidan Huawei kompaniyasining ekspert va texnik koʻmagi bilan, hamda Suv va Qishloq xoʻjaligi vazirliklari koʻmagi bilan, "O'zbektelekom" AK "O'zMobayl" filiali mobil operatori tarmoqlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

            Tadbirda TIQXMMI rektori O’ktam Umurzoqov bu kabi loyihalar kata o’zgarishlar uchun kichik bir debocha ekanini ta’kidlab o’tdi. Oʻzbekistonda qishloq va suv xoʻjaligini raqamlashtirish ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligiga urg’u berildi. “Mazkur yondashuv boshqa qishloq va suv xoʻjaligi korxonalarida katta maqsadlarga erishish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishga yaqqol namuna boʻlib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek yosh avlod tarbiyasida, yuqori malakali muhandis va mutaxassislarni yetkazib berishda institutimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning bir ko’rinishidir. O’ylaymanki Huawei kompaniyasining innovatsion yondashuvi O’zbekistodan ishlayotgan boshqa kompaniyalarga o’rnak bo’la oladi”, - deya fikr bildirdi janob Umurzoqov.

           

“Bizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorligimiz koʻp yillik tarixga ega va shu yillar davomida biz koʻp jihatdan oʻzaro bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab kelmoqdamiz. Joriy yilning boshidan biz hamkorlikda institut Maʼlumotlar markazini ishga tushirdik, shuningdek oʻqituvchilar uchun amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdik va ularning raqamli koʻnikmalarini oshirdik. Memorandumni imzolash marosimi bizning hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqadi va bizga beshinchi avlod tarmoqlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish hisobiga qishloq va suv xoʻjaligi sektori uchun ochiladigan istiqbollarni namoyish etish imkonini beradi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – Oʻzbekistondagi dehqonlarning koʻp mehnat talab qiladigan ishlarini soddalashtirish va shu bilan birga ularning samaradorligini oshirish, hamda atrof-muhitga gʻamxoʻrlik qilish, mamlakatning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish darajasini oshirish”, – deya taʼkidladi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Lyu Tszyasin.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va turli iqtisodiy sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholining ijtimoiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va foyda keltirishga harakat qilmoqda. 2020-yilda kompaniya bir qator ijtimoiy loyihalarni va taʼlim loyihalarini, jumladan, Toshkent shahridagi ikkita maktabni raqamlashtirish uchun uskunalar bilan taʼminlash ishlarini, IT-universitetlari talabalari uchun “Seeds for the Future” oʻquv loyihasini, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning AKT sharhlovchisi” tanlovini, shuningdek, “Ezgu Amal” jamoatchilik fondi  bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirdi va UNDP Uzbekistan bilan birgalikda Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish b