Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
China Mobile va Huawei MWC Shanghai 2026 ko‘rgazmasida RAN Intelligence yechimi uchun ikkita GLOMO mukofotiga sazovor bo‘ldi
2026-yil 25-iyun kuni MWC Shanghai 2026 ko‘rgazmasida China Mobile va Huawei kompaniyalari RAN Intelligence yechimini joriy etgani uchun ikki nufuzli xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi: “Sun’iy intellekt asosidagi eng yaxshi tarmoq yechimi” (Best AI-Powered Network Solution) va “Osiyoda iqlim o‘zgarishiga qarshi harakatlar bo‘yicha mobil aloqa sohasidagi eng yaxshi innovatsiya” (Best Mobile Innovation for Climate Action in Asia).

“Sun’iy intellekt asosidagi eng yaxshi tarmoq yechimi” mukofoti sun’iy intellektni tarmoqlar bilan chuqur integratsiya qilish orqali unumdorlik, tarmoq o‘tkazuvchanligi va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga erishgan ilg‘or yechimlarni e’tirof etadi. “Osiyoda iqlim o‘zgarishiga qarshi harakatlar bo‘yicha mobil aloqa sohasidagi eng yaxshi innovatsiya” mukofoti esa yuqori samaradorlikni ekologik va past uglerodli texnologiyalar tamoyillari bilan uyg‘unlashtirgan mobil sohadagi raqamli innovatsiyalar uchun beriladi. RAN Intelligence yechimi simsiz tarmoqlarni aqlli boshqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, optimallashtirish, energiyani tejash va xizmat sifati nazorati bo‘yicha imkoniyatlari, shuningdek, China Mobile tarmoq xizmatlarining barcha jarayonlariga muvaffaqiyatli joriy etilgani tufayli ushbu mukofotlarning asosiy mezonlariga to‘liq javob berdi va Osiyo mobil aloqa sanoatida intellektual transformatsiya namunasi sifatida e’tirof etildi.
Mazkur yechim digital twin (raqamli egizak) kabi ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalaridan hamda sanoatda birinchi bo‘lgan A2A-T (agent-to-agent interaction) agentlararo samarali o‘zaro hamkorlik protokolidan foydalanadi. Bu protokol China Mobile’ning RAN agenti va Huawei’ning RAN intellektual imkoniyatlari o‘rtasida xavfsiz hamkorlikni ta’minlaydi. Yechim ochiq kodli modellar va Huawei tomonidan ishlab chiqilgan modellarni o‘z ichiga olgan multimodel arxitekturaga asoslangan. Modellar o‘zaro o‘qitish va hamkorlik orqali bir-birining afzalliklaridan samarali foydalanib, umumiy ishlash unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, yechim operator darajasidagi birinchi gallyutsinatsiyalarni (SI tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot yaratish holatlari) bartaraf etish mexanizmini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu mexanizm digital twin va boshqa texnologiyalar yordamida ichki va tashqi gallyutsinatsiyalarni hamda ularning tarqalishini oldini olib, operator darajasidagi ishonchlilikni ta’minlaydi.
Hozirda China Mobile va Huawei Guangdong, Shanxay, Anhoy, Futszyan, Szzyansu hamda Xenan provinsiyalarini o‘z ichiga olgan oltita hududda RAN Intelligence yechimini sinov tariqasida muvaffaqiyatli joriy etmoqda. Loyihalar 200 mingta tayanch stansiya va 1 millionta uyacha(cell)ni qamrab olgan bo‘lib, 2 mingdan ortiq tarmoq muhandislarining imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarini China Mobile tarmog‘ining to‘liq ishlab chiqarish jarayoniga chuqur integratsiya qilish natijasida tarmoqni tezkor optimallashtirish, energiyani tejash va foydalanuvchi tajribasi sifatini oshirish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi. Foydalanuvchi tajribasi sifati (QoE) pastligi bo‘yicha murojaatlarni avtomatik yopish darajasi 15 foizgacha oshdi, butun tarmoq bo‘yicha energiya samaradorligi 5,5 % ga yaxshilandi, xizmatlarni taqdim etish aniqligi esa 90 % ga yetdi.
Huawei simsiz tarmoq mahsulotlari marketingi departamenti vitse-prezidenti Chen Shi shunday dedi: “Huawei RAN Intelligence platformasini ilg‘or texnologik innovatsiyalar orqali doimiy ravishda rivojlantirish va operatorlarga biznes qiymatini maksimal darajada oshirish imkonini berishga intiladi. GSMA GLOMO mukofotlarining ikkitasiga sazovor bo‘lishimiz hamkorlikdagi innovatsiyalarimizning soha tomonidan yuksak e’tirof etilganidan dalolat beradi. Huawei China Mobile bilan birgalikda mobil sun’iy intellekt davri uchun yuqori darajada avtonom va intellektual yangi avlod mobil tarmoqlarini yaratish yo‘lida texnologik hamkorlikni davom ettiradi.”
AKT sanoati tokenlarni monetizatsiya qilish davriga jadal kirib bormoqda. Huawei butun dunyo bo‘ylab aloqa operatorlari va hamkorlari bilan birgalikda 5G-Advanced (5G-A) tarmoqlarida yuqori uplink o‘tkazuvchanligi va xizmat sifati imkoniyatlarini monetizatsiya qilish, shuningdek, kengaytirilgan ulanish va hisoblash imkoniyatlari asosida sun’iy intellektdan foydalangan holda biznesni modernizatsiya qilish yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun havola orqali o’ting: https://carrier.huawei.com/minisite/mwcs2026/en/mwcs2026