Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
HUAWEI’ning yangi eKit MiniFTTO mahsulotlari “oxirgi mil”ni qisqartirib, intellektual dunyoga yo‘lni yanada yaqinlashtiradi
Mobile World Congress 2026 doirasida HUAWEI eKit kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun tarmoqning o‘zaro aloqa sifatini o‘zgartirishga qaratilgan yangi MiniFTTO mahsulotlar portfelini taqdim etdi. Yuqori foydalanuvchi tajribasi, soddalashtirilgan joriy etish va intellektual foydalanish (O&M) imkoniyatlari bilan ushbu yechimlar Huawei’ning tizimli innovatsiyalari va ssenariyga yo‘naltirilgan yondashuvini namoyish etdi. Asosiy mahsulotlar qatoriga StreamerKit, simmetrik 2.5G optik shlyuz va 3-in-1 optik AP kiradi. Ushbu yangi mahsulotlar mehmonxonalar, savdo markazlari va do‘konlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kichik va o‘rta bizneslarga raqamli va intellektual transformatsiyani tezroq, samaraliroq va kamroq xarajat bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Huawei kompaniyasining tijorat bo‘limi va tarqatish yechimlari bo‘yicha prezidenti Leonard Lyu shunday dedi: "Korporativ ssenariylarda mijozlar, ayniqsa, yechimlarni joriy etish xarajatlari va muddatlariga katta e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda yuqori aniqlikdagi videouzatishlar kabi yuqori trafik talab qiluvchi xizmatlarning jadal rivojlanishi tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyati va barqarorligiga yangi talablar qo‘ymoqda". Shuningdek, o‘z nutqida quyidagilarni ta'kidladi: "Huawei’ning yangi MiniFTTO mahsulotlari nafaqat ushbu o‘zgaruvchan ehtiyojlarini samarali qondiradi, balki kichik va o‘rta bizneslarga joylashtirish xarajatlarini kamaytirish va foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga yordam beradigan, aqlli dunyoga yo‘l ochadigan sodda, ishlatish uchun qulay yechimlarni taqdim etadi.".
Simmetrik 2,5G sig'imli optik shlyuz va StreamerKit: benuqson tarmoq tajribasi uchun kanalning "to‘siq"larini (bottleneck) bartaraf etish
StreamerKit F700C va simmetrik optik shlyuzi F1001 ilg‘or simmetrik passiv optik tarmoq texnologiyasi 2,5G PON (GS-PON)dan foydalanadi. Yuqori va quyi kanallarning o‘tkazish qobiliyati 2,5 Gbit/s ga yetishi tufayli yangi mahsulotlar an’anaviy optik tarmoq mahsulotlariga nisbatan yuqori kanalda uzatish tezligi 100 foizga oshishini ta’minlaydi. Ushbu qurilmalar nafaqat videouzatishlar, videokonferensiyalar va bulutli zahira nusxalash kabi ilovalar uchun yuqori o‘tkazuvchanlik talablariga javob beradi, balki 8K Ultra-HD va VR/AR kabi kelajakdagi xizmatlar uchun ham zamin yaratadi.
Funktsionallik nuqtai nazaridan StreamerKit video uzatishlarni tezlashtirish mexanizmi va SI rouming algoritmini chuqur integratsiya qiladi. Video uzatishlarni tezlashtirish funksiyasi video uzatishlar trafigini intellektual tarzda taniydi va unga dinamik ravishda eng yuqori ustuvorlikni belgilaydi, bu esa kadrlar qotib qolish sonini sezilarli darajada kamaytiradi. O‘z navbatida, AI-rouming algoritmi sun’iy intellekt boshqaruvi ostida ulanishni tez uzatishni ta’minlaydi, harakatlanuvchi obyektlar bilan bog‘liq stsenariylarda roumingning uzluksizligini oshiradi va videokonferensiyalar va videouzatishlar kabi dinamik ilovalar uchun ulanish barqarorligini kafolatlaydi.
3 tasi 1 da optik ulanish nuqtasi: ko‘plab xizmatlar uchun bitta tola - mehmonxonalarda tarmoqlarni qurishning yangi standarti
Mehmonxona xonalari kabi ko‘plab kirish xizmatlariga ega ssenariylar uchun HUAWEI eKit bo‘linmasi yangi 3 tasi 1 da F601D optik kirish nuqtasini taqdim etdi. Natijada tarmoqning umumiy xarajatlari taxminan 30 %ga kamayishi mumkin. Bundan tashqari, yangi qurilma 40 % ga kichikroq o‘lchamga ega bo‘lib, bu o‘rnatishni sezilarli darajada yaxshilaydi va joylashtirish samaradorligini oshiradi.
Kelgusida HUAWEI eKit ssenariyga yo‘naltirilgan innovatsiyalar yordamida kichik va o‘rta bizneslarning intellektual transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.