Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
Huawei kompaniyasi O'zbekistonlik talabalarni "Huawei ICT Competition 2026-2027" global AKT tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarni har yili o‘tkaziladigan “ICT Competition 2026–2027” tanlovida ishtirok etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi. Mazkur tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining 10-yubiley mavsumida 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Ular qatorida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari ham bor. Bu ko‘rsatkich tanlov tarixidagi eng yuqori natija bo‘ldi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa global final bosqichiga yo‘llanma olib, turli nominatsiyalarda taqdirlandi.
Joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichida O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition tanlovining amaliy (Practical Competition) yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar:
- Network Track (tarmoq texnologiyalari) yo‘nalishida 1-o‘rinni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari jamoasi egalladi.
- Cloud Track (bulutli hisoblash) yo‘nalishida 3-o‘rinni TATU, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa egalladi.
Practice Competition asosiy bosqichlari:
- Huawei ICT Competition 2026-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish: Practice Competition
- Platformadagi onlayn kurslarni mustaqil o‘rganish Talent Platform
- Dastlabki imtihon (onlayn), 2026-yil 17-noyabr.
- O‘zbekistonda milliy final (onlayn), 2026-yil 15-dekabr.
- Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun mintaqaviy final, 2027-yil mart.
- Xitoyda global final, 2027-yil may–iyun.
Amaliy musobaqa yo‘nalishlari (Practice Competition):
- Network Track
- Cloud Track
- Computing Track
Tanlovda ishtirok etish shartlari va qoidalari:
- Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lishlari shart.
- Ishtirokchilar shaxsiy kompyuter va internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
- Har bir ishtirokchiga tanlovning faqat bitta yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi.
- Saralash bosqichida xalqaro HCIA sertifikatiga ega ishtirokchilarning natijasiga 50 ball, HCIP sertifikatiga ega bo‘lganlarnikiga 100 ball, HCIE sertifikatiga ega bo‘lganlarnikiga esa 200 ball qo‘shib beriladi.
Innovatsion tanlov (Innovation Competition) ishtirokchilarning sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari va boshqa AKT vositalaridan foydalangan holda, real hayotdagi muammo va ehtiyojlarni hal etishga qodir innovatsion loyihalarni yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirishni maqsad qiladi.
Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-oktabrgacha davom etadi.
Sizni Huawei Uzbekistan va Huawei Uzbekistan ICT Academy Telegram kanallari orqali AKT tanlovi bo‘yicha yangiliklarni kuzatib borishingizni so’raymiz.