Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Ozarbayjon Fan va Ta’lim Vazirligi yangi avlod ta’lim kampus tarmoqlarini barpo etish uchun Huawei bilan hamkorlik qiladi

Yevropa va Osiyo chorrahasida joylashgan Ozarbayjon Absheron yarimorolida tabiiy ravishda uzluksiz yonib turadigan alangalari tufayli butun dunyoda “Olovlar mamlakati” sifatida mashhur.

Poytaxt Boku shahri yaqinida joylashgan qadimiy Ichki shahar ming yillik tarixga ega bo‘lib, UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning zamonaviy ramziga aylangan ulkan Flame Towers esa Ozarbayjon xalqining ruhi va intilishlarini o‘zida mujassam etadi. Bundan tashqari, ko‘p asrlik gilamdo‘zlik san’ati va Ozarbayjon mug‘omi UNESCOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Buyuk shoir Nizomiy ijodi mamlakatning boy madaniy merosini tarannum etsa, anor va choy madaniyati esa ushbu tarixiy an’analarni xalqning kundalik hayotida davom ettirib kelmoqda.

Qadimiy sivilizatsiya raqamlashtirish to‘lqini bilan uyg‘unlashganda, ta’lim kelajakni yorituvchi "uchqun"ga aylanadi. 2022-yilda Ozarbayjon avvalgi Ta’lim vazirligini qayta tashkil etib, Fan va ta’lim vazirligini tuzdi. Ushbu islohot ilmiy tadqiqotlar va ta’limni yanada uyg‘unlashtirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda raqamli transformatsiya orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan edi. "Olovlar yurti" intellektual ta’limni rivojlantirish yo‘lida yana qanday qadamlarni tashlamoqda?

Kelajakka tayyor ta’lim infratuzilmasi tarmoqlarini barpo etishning asosiy talablari

Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi (“Vazirlik”) uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri — ochiq x va inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi ta’lim resurslari tafovutini qisqartirishdir. Shu sababli Vazirlik gavjum shaharlarda yoki olis qishloqlarda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir umumta’lim maktabi o‘qituvchisi va o‘quvchisiga interaktiv onlayn sinflar va masofaviy ta’lim kabi yuqori sifatli raqamli resurslardan teng foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qat’iy sodiqdir.

Ta’lim sohasidagi missiyasini inobatga olgan holda, Vazirlik keng qamrov, yuqori samaradorlik va kuchli barqarorlikka ega bo‘lgan, kelajakka tayyor ta’lim kampus tarmog‘ini zudlik bilan barpo etishi zarur edi. Ushbu infratuzilma yaratilgach, u ta’limni raqamli transformatsiya qilishni jadallashtiradi, umumiy ta’lim sifatini oshiradi hamda ilm-fan va ta’limning strategik integratsiyasiga undaydi.

Yana bir muhim ustuvor vazifa ma’lumotlarni mamlakat hududida saqlash va me’yoriy talablarga muvofiqlikni ta’minlash edi. Buni amalga oshirish uchun Vazirlik ta’lim ma’lumotlari mamlakat hududida saqlanishi va qat’iy tartibga solish talablariga javob berishini ta’minlaydigan, mahalliy joylashtirilgan hamda mustaqil boshqariladigan tarmoq boshqaruvi yechimini izlayotgan edi. Shuningdek, o‘ta tezkor va barqaror ta’lim hamda ofis tarmoqlarini yaratish maqsadida ilg‘or Wi-Fi 7 texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan edi. Intellektual ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish (O&M) modellari yordamida Vazirlik butun tarmoq bo‘ylab markazlashtirilgan vizual nazorat va avtomatlashtirilgan ommaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Maqsad uzoq muddatda ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish murakkabligini keskin kamaytirish, xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish hamda mamlakat bo‘ylab 4500 dan ortiq maktab kampus tarmoqlarini yagona tarzda joriy etish, tez yangilash va barqaror ishlashini ta’minlash edi.

Xulosa qilib aytganda, Vazirlik tarmoq infratuzilmasini zudlik bilan modernizatsiya qilishi zarur edi. Sohadagi yetakchi uskunalar va texnik ko‘makni joriy etish orqali u o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun mustahkam poydevor yaratishga hamda yuqori sifatli raqamli ta’limni rivojlantirishning barcha talablarini to‘liq qondirishga intildi.

Raqamli va intellektual ta’limni yangi bosqichga olib chiqish uchun Huawei’ning Xinghe AI High-Quality 10 Gbps Campus Network yechimini tanlash

Puxta tanlov jarayonidan so‘ng Vazirlik o‘zining muhim talablarini qondirish uchun Huawei’ning Xinghe AI High-Quality 10 Gbps Campus Network Solution yechimini tanladi. Huawei yechimi yordamida ishonchli simli infratuzilma kampus tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlaydi, simsiz ulanish esa raqamli sinf xonalarga yangi hayot bag‘ishlaydi.

Mazkur yechim CloudEngine S5735-L8P4X-QA-V2 kommutatori va AirEngine 5773-21 Wi-Fi 7 AP qurilmalaridan iborat integratsiyalashgan simli va simsiz mahsulotlar portfeliga asoslangan bo‘lib, quyidagi asosiy afzalliklarni taqdim etadi:

• Moslashuvchan va ishonchli simli ulanish, shovqinsiz hamda energiya tejamkor dizayn: S5735-L8P4X-QA-V2 kirish kommutatori sakkizta GE PoE+ downlink portiga ega bo‘lib, sinfxonalar va ofislardagi turli terminallarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kampus kabel infratuzilmasini soddalashtiradi va PoE talablarini to‘liq qondiradi. Uning to‘rtta 10GE uplink optik porti eski 100 Mbit/s va 1000 Mbit/s tarmoqlaridagi o‘tkazuvchanlik cheklovlarini bartaraf etadi hamda masofaviy ta’lim, bulut resurslarini katta hajmda yuklab olish va kampus bo‘ylab videoni uzatish kabi yuqori yuklama va ko‘p foydalanuvchili holatlarda barqaror ishlashni ta’minlaydi. Ventilyatorsiz tabiiy sovitish dizayni tufayli kommutator mutlaqo shovqinsiz ishlaydi. Bu esa uni sinfxonalar, o‘quv zallari va laboratoriyalar kabi tinchlik talab qilinadigan muhitlar uchun ideal yechimga aylantirib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning diqqatini chalg‘itmaydi.

• Uzluksiz va yuqori unumdor simsiz aloqa tajribasi: AirEngine 5773-21 Wi-Fi 7 AP bir vaqtning o‘zida 2,4 GHz va 5 GHz diapazonlarida xizmat ko‘rsatadi. Bu ultra past kechikish bilan HD jonli translyatsiyalar, masofaviy ta’lim va hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni uzilishlarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Qurilmaga o‘rnatilgan aqlli antennalar simsiz tarmoqni “ko‘r zonalar”(blind spotlar)siz to‘liq qamrab oladi. Natijada o‘qituvchilar va o‘quvchilar mobil ta’lim hamda ish jarayonida kuchli va barqaror signalga ega bo‘ladilar. Bu har doim samarali o‘qitish va o‘qishni kafolatlaydi.

Huawei yechimi asosida ma’lumotlarning mahalliy saqlanishi transchegaraviy uzatish xavfisiz ularning xavfsizligini ta’minlaydi, intellektual va soddalashtirilgan ekspluatatsiya hamda texnik xizmat ko‘rsatish (O&M) esa samaradorlikni oshiradi. Vazirlik Huawei iMaster NCE-Campus platformasini mahalliy infratuzilmada joriy etdi. Platformaning barcha komponentlari va ma’lumotlari 100% mahalliy ma’lumotlar markazlarida joylashtirilgan. Bu transchegaraviy internetga bog‘liqlikni bartaraf etadi, ma’lumotlarning chet elga uzatilishi bilan bog‘liq xavflarni tubdan yo‘q qiladi hamda ta’lim ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlash bo‘yicha barcha talablarga to‘liq javob beradi. Xususan, iMaster NCE-Campus ilovalar, foydalanuvchilar, terminallar va tarmoqlarni yagona vizual ko‘rinishda boshqarish uchun raqamli xaritani taqdim etadi. Bu ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish murakkabligini sezilarli darajada kamaytiradi. Kam sonli mutaxassislar yordamida mamlakat bo‘ylab minglab kampuslarni markazlashtirilgan tarzda boshqarish mumkin. Bundan tashqari, shablonlarga asoslangan ommaviy boshqaruv qurilmalarni bir necha daqiqa ichida tarmoqqa ulash va konfiguratsiyalarni o‘zgartirish imkonini beradi, natijada ekspluatatsiya xarajatlari 70% gacha kamayadi. Shuningdek, iMaster NCE-Campus butun tarmoq bo‘ylab yagona autentifikatsiya va ruxsatlarni nozik darajada boshqarishni ta’minlaydi. Bu tarmoq xavfsizligi va barqarorligini yanada kuchaytirib, ta’lim xizmatlarining uzluksiz ishlashi hamda ta’lim ma’lumotlarining ishonchli himoyasini kafolatlaydi.

Umumiy kelajak sari birgalikda: yangi raqamli va intellektual ta’lim ekotizimini yaratish

Raqamli davr to‘lqini sharoitida Ozarbayjon ta’lim sifatini va samaradorligini oshirish, ochiq hamda inklyuziv rivojlanishni ta’minlash, shuningdek, malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida ta’limni raqamlashtirish jarayonini jadallashtirmoqda. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi hamda Huawei o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Bu nafaqat Ozarbayjonning ta’limni raqamlashtirish strategiyasini ilgari suradi, balki Huawei kompaniyasining raqamli texnologiyalar orqali butun dunyoda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan sodiqligini ham namoyon etadi. Kelgusida tomonlar Xinghe AI High-Quality 10 Gbps Campus Network Solution yechimidan hamkorlikni yanada chuqurlashtiruvchi ko‘prik sifatida foydalanib, ko‘p yo‘nalishli hamkorlikni kengaytirish va Ozarbayjon ta’lim tizimining rivojlanishini jadallashtirishni maqsad qilgan.

Manba: https://e.huawei.com/en/case-studies/solutions/enterprise-network/202606-azerbaijan-ministry-science-education